Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari:
• Vatanga muhabbat va insonparvarlik.
• Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish.
• Jismoniy barkamollik (sog‘lom avlod uchun).
• Ota-onalar bilan ishlash.
• Ma’naviy tarbiya (odob-axloq).
• Go‘zallik tarbiyasi.
• Iqtisodiy tarbiya.
• Ekologik tarbiya.
Bu ishlarni rejalashtirishda tanlanadigan mavzular quyidagi talablarga javob berishi kerak:
^ Tarbiyaviy tadbirlar rejasi va undagi mavzular davr talabiga javob berishi.
^ Tanlangan mavzular milliy va umuminsoniy qadriyatlar qamrovida bo‘lishi.
^ Tarbiyaviy tadbirlar uzviylik qoidasiga amal qilingan bo‘- lishi.
^ Mavzular o£quvchilarning yoshi va bilim saviyasiga mos bo‘lishi.
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish bosqichida o‘qituvchi- ning mas’uliyatli lahzalari talaygina. Birinchidan, dasturda ko‘zda tutilgan ishlarni tayyorlangan ssenariy asosida uning borishiga tuzatishlar kiritib, vazifasini amalga oshiradi va kuzatib boradi. Ikkinchidan, o‘qituvchi butun jamoa va ayrim tarbiyalanuvchi- larni kuzatib boradi, chunki u biladiki, tarbiyaviy ishlar tarbi- yalanuvchilarda muayyan fazilatlarni rivojlantiradi, bu fazilat- larning shakllanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi. Uchin- chidan, o‘qituvchi tashkiliy masalalarning aniq hal etilishini kuzatib boradi. Umuman, bu bosqichdagi boshqaruv faoliyati darsdagi ayni shunday faoliyatdan kam farqlanadi, ammo u murakkabroq, chunki hisobga olish, nazorat qilish va ko‘plab omillarga tuzatish kiritish lozim bo‘ladi:
— tarbiyalanuvchilarni o‘zining ishtiroki bilan chegaralab qo‘ymaslik kerak.
— tarbiyalanuvchilarga o‘z fikrlari va hissiyotlarini erkin ifodalashlari uchun xalaqit bermaslik lozim.
— hodisalarning rivojini diqqat bilan kuzatish va uning nazoratdan chekkaga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
— nomaqbul harakatlarni oqilona va o‘z vaqtida tuzatish.
— bo‘lib o‘tayotgan jarayonni sezdirmasdan qayd etib bo- rish lozim.
— natijalarni e’lon qilish.
— jamoaviy muhokama yoki individual pedagogik tahlil ham- da yutuq va kamchiliklarning sabablarini ochish maqsadi qo‘- yiladi.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va rejalashtirish
Tarbiya jarayonining mazmunini bolalarga beriladigan ma’- naviy-axloqiy bilimlar tizimi, ishonch, e’tiqod, intizom, xulq- atvorning bir butun holati tashkil etadi. Mustaqil O‘zbekiston- ning istiqlol va istiqboli uchun fidoyilik ko‘rsatuvchi avlodni tarbiyalash mazmuni tamoman o‘zgacha xarakter kasb etmoqda:
— fuqarolik demokratik jamiyatini barpo etish mohiyatini anglab oluvchi;
— vatanini har doim turli oqimlardan himoya etuvchi;
— diniy bag‘rikenglik va mehr-muravvatli bo‘lish;
— davlat siyosatini tushunish, unga fidoyi bo‘lish;
— o‘zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash;
— yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalash;
— maqsadning aniqligi, uni to‘g‘ri yo‘naltirish madaniyati;
— tarbiyachi-o‘qituvchi va tarbiyalanuvchining hamkorlik faoliyati;
— o‘zini anglash, mustaqil fikrlovchi, e’tiqodlilik.
Ta’lim muassasasi tarbiyachilarining tarbiyachilik faoliyati va
uni amalga oshirish metodikasini „Uchinchi ming yillikning bolasi“ qo‘llanmasidan foydalanishni tavsiya etamiz. Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maq- sad — „Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari dasturi“dagi g‘oyalarni bolalarning ongida o‘ziga xos va mos ra- vishda singdiradi:
— xalqimizning boy an’ana, udum, urf-odatlari va ajdodla- rimiz merosidan foydalanish.
— O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yil- gan adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e’tiqodni tarbiyalash.
— yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash.
— mehr-muruvvatlilik va bag‘rikenglik.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim jarayonida tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish o‘ziga xos qoidalarga ega:
a) sinf jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o‘rganish.
b) o£quvchilarning oilavny hayoti, ota-onaning farzand tar- biyalashdagi burchi va vazifasini o‘rganish.
d) kundalik o‘zgarishlarga o£quvchilarning munosabati.
e) o‘quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an’analar haqidagi bilim darajasi.
f) qomusiy ma’rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi za- mon shoir, yozuvchilarning ijodiyotidan namuna bilishlari.
Yuqoridagilarni aniqlashda suhbat, anketa usullaridan foydalanish o‘rinlidir. Shundagina har bir o‘qituvchi-tarbiyachi- larning betakror, bir-biriga o‘xshamagan tarbiyaviy tadbir reja- lari bunyodga keladi. Bunday rejalar tarbiyaviy ta’sirga ega bo‘lib, ko‘zlangan maqsadga erishtira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |