YOLG‘ONCHINING IZZA BO‘LISHI
Kunlardan bir kuni bir kishi Mirzo Ulug‘bek huzuriga kelib arz qilibdi:
– Ey, podshohi olam! Men Samarqanddan Buxoroga safarga chiqqanimda hamyon-xaltamda ming tanga pulim bor edi. Shahardan chiqib bir daraxt soyasiga
– suv bo‘yiga dam olgani o‘tirdim. Men endi ovqatlanayotgan edim, shaharga ketayotgan bir do‘stim paydo bo‘lib qoldi. Uni dasturxonga taklif etdim. Birga ovqatlandik. Hamyonni haligi do‘stimga berib, shaharga borgach, uyga eltib berishni iltimos qildim. Safardan qaytib kelgach bilsam, o‘sha do‘stim hamyonni uyimga olib bormabdi. Uning oldiga borib omonatimni so‘rasam, u:
– Jinni bo‘ldingmi?! Men seni ham, hech qanaqa daraxt-paraxtni ham ko‘rgan emasman, – deb javob berdi. Mirzo Ulug‘bek o‘sha odam ni chaqirib keltiribdi. Ikki do‘st shoh huzurida ro‘baro‘ bo‘lishibdi. O‘sha odam: «Men u daraxt ni ham, bu odamni ham ko‘r maganman», – deb so‘zida qat’iy turib olibdi. Mirzo Ulug‘bek da’vogarga: «O‘sha daraxtdan uch-to‘rt barg keltirgin, men uning vositasida haqiqatni aniq layman», – debdi. Da’vogar yo‘lga tushishi bilan
shoh uning sherigiga bir hikoyatni ayta boshlabdi. Voqeaning eng qiziq joyiga bor-
ganda shoh: – Da’vogar o‘sha daraxtning oldiga yetib bordimikan? – deb savol tashlabdi. Hikoyani zavq bilan tingla yotib, g‘aflatda qolgan haligi kishi bexosdan:
– U daraxt shahardan ancha uzoqda, hali yetib bormagan bo‘lishi kerak, – debdi.
Mirzo Ulug‘bek kulib yuborib di va: – Axir sen: «Men bu odamni ham, daraxtni ham ko‘rmaganman», – demabmiding, qanday qilib do‘stingning u yerga yetib bormaganini bilding! Yaxshisi yolg‘on gapirmay, omonatni egasiga topshir, – debdi. U kishi aybiga iqror bo‘libdi va pulni egasiga qaytarib beribdi.
1. Da’vogar Mirzo Ulug‘bekdan nimani iltimos qildi?
2. Mirzo Ulug‘bek haqiqatni qanday aniqladi? Uning qaysi fazilati haqiqatni anglashga yordam berdi?
3. Rivoyatni yana qanday nomlash mumkin?
BAHOR TA’RIFIDA
Yusuf Xos Hojib
Sharqdan bahor nasimi esib keldi, olamni bezamoq uchun firdavs yo‘lini ochdi.
Oq rang ketib, bo‘z yerni alvon rang qopladi, olam o‘ziga oro berib bezanmoq taraddudiga tushdi. Zerikarli qishni bahor nafasi haydadi, musaffo bahor yana o‘z hukmiga kirdi. Uyquga kirgan daraxtlar yana yashil to‘n kiydi, oq, sariq, ko‘k, qizil rangli harir yopinchiqlar bilan bezandi. Bo‘z yer yuziga yashil parda tortdi, go‘yo Xitoy karvoni ipak matolarini har tomonga yoydi. Dala-tuz, tog‘, o‘nqir, past baland qirlar ko‘k va alvon rangga ko‘milib burkandi. Turli-tuman chechaklar qiyg‘os ochildi, olam ichi ifor va kofur isi bilan to‘ldi. Dimog‘larni chog‘ qiluvchi
sabo yeli ko‘tarildi, butun olamga mushk-anbar hidi taraldi. G‘oz, o‘rdak, oqqush, qilquyruqlar osmonni to‘ldirib qag‘illashib yuqori-quyi uchmoqda. Mag‘rur turnalar ko‘kda ovozini baralla yangratmoqda, tizilgan tuya karvonidek uchmoqda. Kaklik xushovoz bilan sayrab, qah-qah urib kulmoqda, uning tumshug‘i qon kabi qizil, qoshi esa qop-qora. Qora qarg‘a tumshug‘ini ko‘pirtirib qag‘illaydi, uning ovozi tantiq qizning ovozi kabi yoqimsizdir. Gulzorda bulbul ming ohangda navo qilmoqda, tunkun tinmasdan yoqimli sayramoqda... Osmonni bulut qoplagan, yomg‘ir yog‘moqda, gullar yuz ochib qah-qah urib kulmoqda.
1. O‘lkamizga bahor kelganini qayerdan bilamiz?
2. Matndan qushlar hayoti haqida nimalarni bilib oldingiz?
3. Bahorda janubdan qanday qushlar uchib keladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |