ALISHERNING YOSHLIGI
Oybek
I
Alisher katta bog‘ hovlining har bir burchagini tomosha qilib uzoq yurdi. Daraxtlarning novdalariga osil gan rangdor qafaslardagi to‘ti, bulbul, maynalarni maroq ila tomosha qildi. Ularning qafas ichra tinimsiz sakrashla rini, sayrashlarini uzoq kuzatdi. Qushlarga qa rab yuradigan maxsus xizmatkorga ergashib, unga bitmas-tuganmas savollar berdi. Bir payt qarshisida yetti yoshlardagi shahzoda Husayn paydo bo‘ldi. Uning boshida kichkina ipak salla, ustida yangi baxmal to‘n, oyoqlarida zarhal etik, kamariga oltin sopli kichik xanjar suqilgan. Husayn osmonga sapchishga tayyor, olovday shijoatli bola edi.
– Qullar, kanizlar oyog‘iga o‘ralib ne qilib yurursen? – deb so‘radi qah-qahlab Husayn.
– Qushlarni sayr eturmen, bir-biridan ko‘r kam... – deb javob berdi Alisher...
Shahzoda Husayn va Alisher ko‘chaga otildilar. Katta maydonda yigitlar o‘q uzish mashqi ila mashg‘ul edilar. Beklar, mirshablar ko‘p edi. Bolalar qiziqib tomosha qildilar. Bir tomonda ikki fil lopillab, qaydandir katta-katta xarilarni tashib kelardi. Fillar ustida o‘ltirgan bo‘z yaktakli ikki oriq chol
o‘zaro tinmay gaplashib, ba’zan kulib qo‘yar edi. Sovut kiygan, ot mingan yigitlar bir qo‘llarida yoy, bir qo‘llari bilan o‘q uzardilar. Ular bir marraga yetganda darhol qilich-qalqon tutib qilichbozlikka kirishar, shovqin-suron ko‘tarar, chuvvos-hayqiriq bilan maydon o‘rtasida yig‘ilib qolar edilar. Maydon chetida bir to‘da beklar «Yaxshi-yaxshi!», «Balli!», «Durust!», «Ofarin!» deb ularni rag‘batlantirib turardilar.
– Jasur yigitlar-a! – dedi Husayn kattalardek salmoqlanib, – Xudo xohlasa, men qilichboz bo‘lurmen,
ko‘zimga ko‘ringan yovning kallasini sapchadek uzurmen. Alisher indamadi. U maydonda chopib yurgan otlarning qaysi biri suluv, qaysi biri chopqirroq, degan xayol bilan band edi.
– Qara, kabutarlar raqsini ko‘r! – Alisherning yengini tortdi osmonga qarab Husayn... – Kabutarlar farishtalarga o‘xshaydi-ya! – dedi o‘ylanib Alisher. – Men xo‘b sevadurmen kabutarlarni, tomoshadan
charchashni bilmaydurmen, ishqim baland... Shu tobda Husayn oldida beo‘xshov o‘ralgan katta sallali, ko‘zlari hiylakor, o‘ttizlardan oshgan bir yi git, qo‘llari ko‘ksida, ta’zim ila to‘xtadi: – Shahzoda, kech bo‘ldi, ruxsat bersalar, ketaylik. – Shahzoda, xayr, yaxshi borsinlar, – dedi Alisher ham hayajonda. Alisher asta yurib, ichkariga kirdi. Bazm avjida edi. Mehmonlar oldiga yoyilgan dasturxonda qalashti-
rib tashlangan taomlar, rango-rang mevalar, qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib uchib yurgan kanizaklar toboqlarda yangi-yangi taomlar tortib, guloblar tashirdilar. Alisherning onasi shivirlab: – O‘tira qol, shovqin qilma, – deb o‘g‘lining oldiga u-bu taomlardan surib qo‘ydi. Musiqa tinmasdi, bir to‘da cholg‘uchilar xonaning bir chetida o‘tirib, tanbur, dutor, ruboblarni nihoyatda mohirlik bilan chertar edilar... Ko‘ngli shirin mavjlarga to‘lib, xayolchan o‘ltirgan Alisher onasining tizzasini sekin turtdi:
– Musiqa sehrli-ya, o‘yinlarni qarang, menga yoqadur... Gulbegim kulimsiragan holda mamnun shivirladi: – Tingla! Bazm oqshomga qadar davom etdi. Keyin malika boshliq mehmonlar hovliga chiqib bazmni tag‘in qizitdilar. – Yur, o‘g‘lim, ketaylik, – dedi Gulbegim past tovush bilan va Alisherning qo‘lidan ushladi. Ular qasrdan chiqqanda G‘iyosiddin Kichkina bog‘da bir bek bilan oyoq ustida turib suhbat qurar edi. Alisher sevinib, otasi oldiga yugurdi... Alisher cho‘zilib otasining bo‘ynidan quchib o‘pdi-da, chetda turgan onasi oldiga yugurdi, birga ko‘chaga chiqib ketdilar. – O‘g‘il chakki emas, tiyrak, begona ko‘zdan asrasin! – dedi zimdan bolani ta’qib qilib turgan bek. G‘iyosiddin Kichkina kamtarona ohangda: – Ilohim, mulla bo‘lsin, zehni yaxshi, – dedi. So‘ng o‘zi ham ichida: «Ha, Tangrim yomon ko‘zdan asrasin», – deb qo‘ydi.
1. Alisher bilan Husayn bog‘da nimalarni tomosha qilishdi?
2. Ularning suhbatiga qarab har ikkisining nimaga qiziqishini ayting.
II
Alisher o‘zi tengi ikki qo‘shni bola bilan hovlida soqqa o‘ynardi. Bolalarning ustida malla yoqa bo‘z
ko‘ylak, boshlarida kir oq takya, oyoqlari yalang. Alisher ham xiyla uringan, eskirgan etiklarini yechib, devor tagiga tashlagan edi. Soqqalarni uzoqqa uloqtirib, keyin halloslab yugurdilar. Alisher harakatchan, yugurik, soqqa ortidan chopganida o‘rtoqlaridan qolishmaydi.
O‘yindan zerikkach, soqqalarni yig‘ishtirib, devor soyasida bir lahza cho‘qqayib o‘tirdilar. Shu tobda daraxtlar orasidan otilib chiqqan kiyik Alisherni hidladi, erkalanib surkaldi. Alisher kiyikning bo‘ynidan quchib, boshini silab ulgurmagan ediki, jonivor bir zumda yo‘q bo‘ldi. – Seni tanir ekan, qurmagur, xo‘b o‘rgatibsan o‘zingga, – dedi bolalardan biri. – Rost, qoyilman! – deya ma’qulladi zavq bilan ikkinchi bola. – Hozir oldingda turgan kiyik otilgan o‘qdek uchdi-ketdi, zap ziyrak, chopqir bo‘ladida. Alisher kulimsirab, kiyikning xulqi, qiliqlari haqida jiddiy so‘zlay boshladi: – Tog‘am, ermak bo‘lsin, deb dashtdan olib kelgan edilar. U kishi usta merganlar. Hayvonlarning, ayniqsa, kiyiklarning xulq-atvori, qiliqlari haqida maroq bilan hikoya boshlasalar, kulli jahonni unutib yuboray deyman. To‘satdan yana paydo bo‘l gan kiyik halloslagancha Ali sherning pinjiga bosh suqdi. Sevinib ketgan Alisher: – Mu-mu, birpasgina jim tur, – dedi kiyikni erkalab. Na riroqdagi oppoq tovuqlarga ko‘ zi tushgan kiyik: «Bular kim bo‘ldi?» degandek, qop-qora ko‘zlarini yanada kattaroq ochdi, bir zum taajjubda tikilib boqdi-da, keyin bir sakrab hovlining qaysi tomonigadir g‘oyib bo‘ldi.
– Pok, ozoda, ajoyib suluv jonivor, – dedi zavq bilan tomosha qilgan bola. – Katta bo‘lganimda ovchi bo‘lgumdir, tog‘larda merganlik qilishning kayfi zo‘r, – dedi kiyik ketgan tomonga tikilganicha ikkinchi bola. – Bizning vatanimiz Hirot o‘lkasi jannatmakon desak lof bo‘lmas, do‘stlarim, – dedi Alisher cho‘p bilan yerga nelardir chizgan holda, boshini ko‘tarmasdan. –Meningcha, bo‘ri, yo‘lbars yanglig‘ vahshiy hayvonlarni ov qilmoq ma’qul. Kiyikday beozor maxluq, fahmimcha, dunyoda kamdur deyman.
– Qiyofasining suluvligini qaranglar! Go‘shti ham lazzatlidir-a? – dedi qoracha bola, soqqalarini sanay tu-
rib. Shirin xayollar zanjirini uzgisi kelmagandek, sukutda o‘ltirgan Alisher o‘rtog‘ining aytganini eshitmadi shekilli: – Ov qilmoq, merganlik – ermak narsa, lekin eng zo‘r zaruriyat maktabdir. Turmushning ko‘p sirlarini maktab o‘rgatadi. Suhbatning bunday keskin o‘zgarganidan shoshib, bir
on jim qolgan bolalarning kattarog‘i: – Kim o‘rgatdi senga bu gaplarni? – deb so‘radi Alisherga tik qarab.
– Bilaman-da, otam hamisha: «Olim odam xor bo‘lmaydi», – deydilar. Otamning oldiga olim odamlar
ko‘p keladi, turli gap-so‘z, ajoyib g‘azallarni bir chetda o‘ltirib tinglaymen, o‘zim ham xiylagina g‘azallarni yod bilurmen...
Alisher yaqinda maktabga borajagini, otasi ko‘pdan va’da qilib yurganini aytmoqchi edi, lekin aytmadi.
1. Alisher o‘rtoqlari bilan nima haqda suhbatlashdi?
2. O‘zingiz hikoya bo‘limlariga mos sarlavha toping
Do'stlaringiz bilan baham: |