Shuning uchun 1-4-sinf o'quvchilariga dars berish jarayonida bir turdagi yozma ishlar bilan chegaralanib qolmay, balki yozma ishning barcha turlari ustida mashg'ulot olib borish, o'quvchilarda fikmi keng ko'lamda va xilma-xil ravishda bayon eta bilish qobiliyatini o'stirish lozim.
Yozma ish turlaridan biri bayondir. Bayon o'qib berilgan namunaviy matn mazmunini ma'lum tayyorgarlikdan so'ng yozma ravishda qayta hikoyalashdir. Birinchi sinf dasturiga ko'ra matnni qayta hikoyalash mashqlari berilmaydi. Faqat aniq bir mavzuda rasmlarga qarab gap va kichik hikoya tuzish (inshoga tayyorgarlik mashqlari) o'rganiladi.
Tayyorgarlik mashqlarini o'tkazish o'quvchilarda sodda gap tuzish ko'nikmasini hosil qiladi. O'quvchilar gapda so'zlarning tartibini, gap oxirida nuqta qo'yishni, birgapni ikkinchi gapdan ajratishni o'rganadilar.
Tayyorgarlik mashqlarini o'tkazish o'quvchilarda sodda gap tuzish ko'nikmasini hosil qiladi. O'quvchilar gapda so'zlarning tartibini, gap oxirida nuqta qo'yishni, birgapni ikkinchi gapdan ajratishni o'rganadilar.
Ikkinchi sinf ona tili dasturida o'quvchilami o'qituvchi rahbarligida hajmi uncha katta be'lmagan (40-50 so'zli) matnlardan' savollar yordamida bayon yozishga o'rgatish tavsiya etiladi.
O'qituvchi ning oldida ikkinchi sinf o'quvchi larini berilgan tayyor reja asosida bayon yozishga o'rgatish vazifasi turadi. O'quvchilar yozuv taxtasiga yozilgan savollarni to'g'ri o'qishi va ularning ma'nosini tushunishi, rejadagi savolga aniq javob berishi, qayta hikoyalashda va yozma bayonda o'zining javoblarini rejadagi savollar tartibida berishi lozim.
Yozma nutq malakalarini mustahkamlash uchun o'quvchilami bayonda o'zlari yoza oladigan so'zlardan foydatanishga o'rgatish lozim. Shuni nazarda tutib, to'plamda tayyor reja asosida bayon yozish uchun matnlar berilgan.
Matnlar asosida bayon yozishda uning mazmunini ochuvchi savollar orqali tahlil qilish kerak. Hikoya mazmunini tahlil qilish o'quvchilaming hikoyadagi asosiy fikmi va hikoya qismlari o'rtasidagi bog'tanishni bilib olishiga yordam beradi. Bu esa mazmunni tushunmasdan shunchaki eslab qolishning oldini oladi.