Ikkinchi sinf o'quvchilarining reja bilan ishlashidagi asosiy talab ularning savollarni to'g'ri o'qishi va ulami matn qismlari bilan bog'lay olishidir. Bayon yozishga o'rgatish va uni yozishda quyidagi ish usullaridan foydalanish mumkin. Ikkinchi sinfda o'quvchilami matn bilan tanishtirishda ishni tayyorgarlik mashqlaridan boshlash (matn o'quvchilar ko'z oldida bo'Iadi) maqsadga muvofiqdir. Chunki bu ish keyinchalik bayon yozishdagi qiyinchiliklarning oldini oladi. Shuningdek, o'qituvchi o'quvchilami matnni asta-sekin o'qiganda eshitishga, uning mazmunini o'zlashtirishga o'rgatadi. 2-sinfda bajariladigan barcha mashq turlari reja bilan alohida ishlashni talab qilmaydi. Chunki reja tayyor holda beriladi. (Sarlavha tanlanadigan mashqlar bundan mustasno.) Ikkinchi sinfda gap ustida ishlashga katta ahamiyat-berish talab qilinadi. Matnni tahlil qilish yo'li bilan sodda gaplarni tuzish ko'nikmasi mustahkamlanadi, Matnni tahlil qilib, reja savollari ustida ishlash zarur. Bu sohadagi asosiy ishlar quyidagilardan iborat: -Hikoya yoki uning qismlaridagi gaplar sonini aniqlash; ba'zi gaplarda nima va kirn haqida gapirilganini ko'rsatib berish. -O'qilgan reja savollari nechta gapga tegishli ekanini aniqlash. -Gapdagi so'zlar sonini hisobga olish; tarkibidagi so'zlarni eslab qolish. -Savolda uchramagan so'zlarni gapdan topish.