Ular:
- yangi kishilar bilan tez til topishadigan;
- bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda ko‘niqadigan;
- bir turda bajariladigan ishlarni yoqtirmaidigan;
- yangi sharoitga osonlik bilan o‘rganadigan;
- xushchaqchaq;
- harakatlari shiddatli;
- nutqi tez;
- kelajakka ishonch bilan qaraydigan;
- so‘zini aniq va ma’noli qilib, imo ishoralar bilan gapradigan kishilardir.
Sangviniklar tuyg’u (jo’shqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi
- Sangviniklar ish jarayonida kechgan ko'ngilsiz hodisalarni tezda esdan chiqarib yuboradilar. Ular o'z kuchi hamda qobiliyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga egadirlar.
- Rahbarlar ularning ishini salbiy baholashdan ko'ra ularga nisbatan qattiq qo'l va talabchan bo'lsalar ijobiy natijaga erishish mumkin.
- Sangviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar bo'ladilar.
Agar kishi tanasida shilliq hukmron o‘rin tutsa, unday kishilar og‘ir, tepsa tebranmas, kayfiyatlari va intilishlari ancha barqaror, voqealar va hayot taasurotlariga loqayd qaraydigan bo‘ladilar. Bunday xil kishilar flegmatiklar deb atalgan. qadimgi yunonlar shilliqlarni “Flegma” deyishgan. Flegmatiklar chidamliligi, matonati, o’zini tuta bilishi bilan ajralib turadi.
- ta’sirchanligi sust bo‘ladi;
- bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan ko‘chadilar;
- faolliklari kam;
- yangi sharoitda qiyinchilik bilan moslashadilar;
- harakatlari va nutqlari sust;
- ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar;
- sabr-toqatli chidamli bo‘lib, so‘zlaganda xotirjam, o‘zga shaxslar bilan hayajonlanmay gapiradilar.
- chidamliligi, matonati, o‘zini tuta bilishi bilan ajralib turadi.
Xoleriklar – ko‘tarinki ruhda ishlay oladigan, qarshiliklarni enga oladigan kishilar bo‘lib, ularning ishlash zavqi kayfiyatining bo‘zilishi bilanoq tez o‘zgarishi mumkin.
Ular:
- serjahl
- o‘zini yaxshi ko‘radigan
- tez gapiradigan
- boshqalardan gapining ohangi o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadilar.
Xoleriklarning vazminlik darajasi xuddi singviniklarnikidek bo‘ladi. Rahbar va boshqa kishilarga nisbatan o‘zini to‘g‘ri tutadi.
- o‘ta ta’sirlanuvchan xususiyatga ega;
- tez toliqadigan va o‘ziga ishonmaydigan;
- tashvishsiz, lekin jo‘da sezuvchan;
- nihoyatda arazchan;
- juda oz kuladigan;
- faolligi sust, tortinchoq, kam g‘ayrat;
- arzimagan sabablarga ko‘zlaridan yosh oqib ketaveradigan;
- yangi kishilar bilan qiyinchilik bilan til topishadigan kishilardir.
Melanxoliklar qulay sharoitda oldiga qo‘yilgan masalalarni muvafaqqiyatli bajaradi. Agar ishda sharoit, ya’ni vaziyat o‘zgarsa, qiyinchilik tug‘ilsa, ular o‘zlarini panaga olib turishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |