Neyronlar fiziologiyasi.
Neyronlarning morfofunksional sinftanish va ulaming tuzilishi. Markaziy nerv tizimining struktura va funksional birligi bu nerv hujayrasi - neyrondir. Neyronlar - ixtisoslashgan hujayralar bo'lib, ular informatsiyalarini qabul qilish, qayta ishlash, kodlash, saqlash va uzatish hamda ta’sirlarga beriladigan reaksiyalami tashkil etish, boshqa neyronlar bilan o‘zaro aloqa o‘matish xususiyatlariga egadirlar. Neyronlarning yana o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular elektrik impulslami hosil qiladi va axborotlami nerv oxirlari maxsus tuzilmasi - sinapslar yordamida ijrochi a’zogauzatib beradi.
Neyronlar kattaligi 6 mkm dan 120 mkm gacha bo'ladi. Insonmiyasidaesa 10" ta gacha neyronlar bo'ladi. Bitta neyronda 10000 tagacha sinapslar bo'lishi aniqlangan. Agar shu elementlarni axborotlami saqlovchi yacheykalar deb hisoblasak, insonning markaziy nerv tizimi 1019birlikdagi axborotni saqlashi mumkin, buningma’nosi shuki, insoniyatyiqqan barchabilimnio‘zida saqlash imkoniyatiga ega, biroq inson miyasi bu axborotlaming barchasini xotiradan chaqirib olish yoki eslay olish qobiliyatiga ega emas.
Neyronning tuzilishi neyronda funksional jihatdan quyidagi qismlari tafovut qilinadi: qabulqiluvchiqism-dendritlar, neyron tanasiningmembranasi; integrativ qism - soma, akson bo‘rtig‘i, akson; uzatuvchiqism - akson bo'rtig'i va akson.
Neyron tanasi - soma, axborot ftinksiyasidan tashqari, trofik funksiyani ham amalga oshiradi. Agar somadan dentrit yoki aksonni qirqib qo‘yilsa, bu qirqilgan sohadan quyidagi joylashgan o’simtalar sinapslar bilan birgalikda halok bo'iadi. Soma, shuningdek, dendrit va aksonni o'sishini ta’minlaydi.
Somaning ko‘p qavatli membranasi bo‘ lib, membrana elektrotonik potensialning hosil bo'lishi va akson bo‘rtig‘i tomon tarqalishini ta’minlaydi. Neyronlar o'zining axborot funksiyasini bajarishida, membranasining o'ziga xos tuzilishga ega ekanligi bilan katta ahamiyatga ega. Neyron membranasiningqalinligi 6 nm ni tashkil qiladi va ikki qavat lipid molekulalaridan tashkil topgan. Membrana oqsillari bir necha funksiyalami amalga oshiradilar, oqsil-nasoslar«hujayrada ion va molekulalami» konsentratsion gradiyent (tafovut)ga qarshi o‘tishini ta’minlaydi, ion kanallarini hosil qiladi va membranani tanlab o'tkazuvchanligini ta'minlaydi. Retseptor oqsillar
26
kerakli molekulalarni taniydi va ulami qayd qiladi. Membranada joylashgan fermentlar neyron yuzasida ketadigan kimyoviy reaksiyalami tezlashtiradi. Ko‘p hollarda bir oqsil ham retseptor, ham ferment va nasos vazifasini bajarishi mumkin. Ribosomalar - yadro yaqinida joy lash ib, t-RNK matritsalarida oqsilni sintez qiladi. Ribosomalar plastinkali kompleks (Golji apparati)ni endoplazmatik turi bilan birgalikda bazofil moddani hosil qiladi.
7-rasm. Neyron va uning tarkibi:
A - nerv hujayrasi, akson, muskul: I - sinaps: 2 — neyron tanasi; 3 - dendrit:
4 - afferent tola: 5 - akson, 6 - mielin qobig ‘i; 7 - Ranv bo ‘g 'ig 7; 8 - muskul:
9 - motoneyron oxiri. В - nerv lolasining tuzilishi: I -Shvann hujayrasi; 2 — membrana, 3 mitoxonndriya: 4-neyrojibrillalar: 5 -aksoplazma.
Do'stlaringiz bilan baham: |