Mavzuning mazmuni.
Burgalar ( Aphaniptera) turkumi.
Burgalar qanotsiz qon so‘ruvchi ektoparazitlardir. Ular hamjna joyda tarqalgan. Bosh qismida mo‘ylovlari, oddiy ko‘zlari, sanchib- so'ruvchi og‘iz apparati mavjud. Jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Orqa juft oyoqlari kuchli taraqqiy etgan (91- rasm).
Burgalar to'liq metamorfoz yo‘li bilan rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar organik moddalarga boy joylarda rivojlanib, g'umbakka aylanadi. G‘umbak esa yetuk shaklga aylanadi. Burgalar nospetsifik parazitlardir. Har bir tur ma’lum xo‘jajinda yashasa ham, qon so'rish ucliun bir issiqqonli hayvondan ikkinchisiga bemalol o‘taveradi.
Burgalar odam kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining tashuvchilari va ektoparazitlar sifatida tibbiyot ahamiyatiga egadir.
2
Do'stlaringiz bilan baham: |