V bo‘lim. Parazitologiyaning biologik asoslari ularning qaysi jinsga mansubligi, tashqi tuzilishidagi farqlariga alohida ahamiyat beriladi. Bulardan tashqari, otalangan tuxumlari, lichinkalaridan tayyorlangan doimiy mikropreparatlar yordamida ularning tuzilishi, rangi, shakli o‘rganiladi. Bitlarning qandalaning og‘iz apparatidan tayyorlangan doimiy mikropreparatlar o‘rganiladi. Bitlarning tuzilishi va taraqqiyotining davrlari aks ettirilgan o‘quv rasmlari va jadvallari yordamida taraqqiyoti puxta o‘zlashtirib olinadi. Vazifalar tekshirilib, talabalar bilimi baholanadi va keyingi mashg‘ulotga topshiriqlar tushuntiriladi.
Vaziyatga doir masalalar.
Suvaraklar ko‘p tarqalgan uyda bolalarda sababi noma’lum allergiyalar tez-tez kuzatilib turadi. Buning sababi nimada deb o‘ylaysiz?
Fuqarolar urushi yillarida askarlaming orasida qaytalama va toshmali terlama kasalliklari juda ko‘p tarqalganligi ma’lum. Buning sababini tushuntirib bera olasizmi?
Bitlarning kasallik qo‘zg‘atuvchilarni odamga qanday yuqtirishi mexanizmlarini aniqlash uchun olimlar o'zlarini bitlarga chaqtirib ko'rganlar. Sizning fikringizcha, bu tajribalarning natijasi qanday bo‘lgan?
Test topshiriqlari.
Bitlar qanday rivojlanadi?
A. To'liqmas metamorfoz yo‘li bilan . B. To‘liq metamorfoz yo‘li bilan. D. Xo'jayin almashtirib. E. A va В javoblar to‘g‘ri. F. В va D javoblar to‘g‘ri.
Obligat-transmissiv kasalliklar nima?
A. Faqat tashuvchilar orqali yuqadigan kasalliklar. B. Ta- shuvchilar orqali va boshqa usullar bilan yuqadigan kasalliklar.
Odam terisi orqali yuqadigan kasalliklar. E. Invazion shaklni yutib yuborganda yuqadigan kasalliklar. F. Har qanday usulda yuqadigan, og‘ir kechadigan kasalliklar.
Qov biti:
A. Qaytalama terlama qo‘zg‘atuvchisining tashuvchisi. B. Ek- toparazit. D. Toshmali terlama qo‘zg‘atuvchisining tashuvchisi.
Spiroxetoz qo‘zg‘atuvchisi. F. Rikketsioz qo‘zg‘atuvchisi.
Toshmali terlama odamga qanday yuqadi?
A. Zararlangan bit chaqishi orqali. B. Zararlangan bit axlati yaraga, tirnalgan joyga tushganda. D. Bitni yutib yuborganda. E. A va В javoblar to‘g‘ri. F. В va D javoblar to‘g‘ri.
Bosh biti qanday kasallikni qo‘zg‘atadi?
A. Qaytalama terlamani. B. Pedikulezni. D. Toshmali terlamani.
Qichima kasalligini. F. Tayga ensefalitini.
Qov biti:
A. Toshmali terlamani qo‘zg‘atadi. B. Qaytalama terlama qo‘zg‘atuvchisining tashuvchisi. D. Qaytalama terlamani qo‘z- g'atadi. E. Toshmali terlama qo‘zg‘atuvchisining tashuvchisi.
Kasalliklarni yuqtirmaydi.
Qaytalama terlama odamga qanday yuqadi?
A. Bitlar chaqishiorqali. B. Bitlar axlati yaraga, tirnalgan joyga tushganda. D. Bitlar ezib yuborilganda, gemolimfa yaraga yoki tirnalgan joyga tushganida. D. A va В javoblar to‘g‘ri. F. В va D javoblar to‘g‘ri.
Qaytalama va toshmali terlama:
A. Fakultativ-transmissiv kasallikka kiradi. B. Obligat- transmissiv kasallikka kiradi. D. Transmissiv kasalliklarga kirmaydi. E. Tabiiy-manbali kasalliklarga kiradi. F. Parazitotsenoz hisoblanadi.
Toshmali terlamaning qo‘zg‘atuvchisi:
A. Provachek rikketsiyasi. B.Obermeer spiroxetasi. D. Bosh biti. E. Kiyim biti. F. Qov biti.
Qaytalama terlamaning qo‘zg‘atuvchsi:
A. Provachek rikketsiyasi. B. Obermeyer spiroxetasi. D. Bosh biti. E. Kiyim biti. F. Qov biti.
mavzu: ODAM BURGASI (PULEX IRRITANS)
Tip: Arthropoda — Bo‘g‘imoyoqlilar.
Kenja tip: Tracheata — Traxeya bilan nafas oluvchilar.
Sinf: Jnsesta — Hashoratlar.
Turkum: Aphaniptera — Burgalar.
Tur: Pulex irritans — Odam burgasi, o‘lat va tularemiya kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilarining tashuvchisi.
Turkum: Diptera — Ikki qanotlilar.
Tur 1. Anopheles maculipennis — Bezgak chivini, bezgak kasalligi qo‘zg‘atuvchisining tashuvchisi.
Tur 2. Culex pipiens — Oddiy chivin, parazitar va infeksion kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining tashuvchisi.
Tur 3. Aedes aegypti — Sariq isitma chivini, parazitar va infeksion kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining tashuvchisi.
Tur 4. Phlebotomus pappatasii — Iskabtopar, leyshmanioz qo‘zg‘atuvchisining tashuvchisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |