h—qov biti tu-
xumi. 1—tuxum;
qopqoqchasi;
yopishtiruvchi
modda.
Bitlar qo‘zg‘atuvchilar bo‘lmaydi. Toshmali terlama
chaqib yuqtirmaydi, chunki
amalga oshiriladi. ularning so‘lagida qo‘zg‘atuvchilari (rikketsiyalar) bitlar ichagidan axlati bilan odam terisiga chiqariladi. Hashoratning axlatini chaqish natijasida hosil bo‘lgan yaralarga yoki tirnalgan joylarga surtilishi natijasida kasallik qo‘zg‘atuvchi rikketsiyalar odamga yuqadi.
Qaytalama terlama qo‘zg‘atuvchilari (spiroxetalar) bitning gemolimfasida yashaydi. Bitlar ezib yuborilganda gemolimfa yaralarga va tirnalgan joylarga tushishi natijasida spiroxetalar odamga yuqadi.
Qov biti ektoparazitdir. Ularning kasallik qo‘zg‘atuvchilarini odamga yuqtirishi aniqlanmagan.
Profilaktika choralari. Tanani, kiyim-kechaklarni toza tutishga bog‘liq. Odamlar ko‘p to‘planadigan joylarning, transport vositalarining sanitariya holatini yaxshi saqlash, bitlar tarqalishini oldini olishda muhim choralar hisoblanadi. Bitlar bolalar muassasalarida keng tarqalishi mumkinligini e’tiborga olib, tez-tez bolalarni tibbiyot ko'rigidan o‘tkazib turish lozim. Bitlarni yo'qotish uchun maxsus insektitsidlar qo‘shilgan malham moylari, shampunlar, dori preparatlaridan foydalaniladi.
Mashg‘ulotning maqsadi.
Yuqorida qayd etilgan hashoratlarning tuzilishini, hayot siklini, kasallik qo‘zg‘atuvchilarining yuqish yo'llarini, ko‘payishini va tibbiyotdagi ahamiyatini, ularga qarshi kurash choralarini o'rganish.
Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqlar.
Mavzuni o‘rganing va quyidagi savollarga javob toping.
Hashoratlar sinfining xarakterli belgilari.
Suvaraklarning tibbiyotdagi ahamiyati.
Suvaraklarga qarshi kurash choralari.
O‘rin-ko‘rpa qandalasining parazit hayot kechirishga moslashganligi.
O‘rin-ko‘rpa qandalasining tibbiyotdagi ahamiyati.
Har xil turlarga mansub bo‘lgan bitlarning morfologik farqlari.
Toshmali terlama qo‘zg‘atuvchisi odamga qanday yuqadi?
Qaytalama terlama qo‘zg‘atuvchisi odamga qanday yuqadi?
Qaytalama va toshmali terlama nega obligat-transmissiv kasalliklarga kiritiladi?
Bolalar orasida pedikulezga qarshi qo‘llaniladigan chora va tadbirlar.
Vaziyatli masalalarni yeching va test topshiriqlarini bajaring.
O‘quv jihozlari.
Suvarak va qandalalar, bosh, kiyim-kechak va qov bitlarining yetuk shakllaridan, tuxumi, lichinkasidan tayyorlangan doimiy mikropreparatlar, qandalaning, bitning og‘iz apparatidan tayyorlangan doimiy mikropreparatlar, suvaraklar, qandalalar, bitlarning barcha turlarining tuzilishi, hayot sikli aks ettirilgan o‘quv rasmlari va jadvallari, mikroskop.
Mashg‘ulot rejasi.
Amaliy mashg'ulotda qandala va bitlardan tayyorlangan preparatlar vositasida ularning tashqi tuzilshi o‘rganiladi. Bunda