92- rasm. Bezgak va oddiy aedes chivinlarining asosiy farqlovchi belgilari.
1—anofeles tuxumlarida havo pufaklari mavjudligi; 2—lichinkalar nafas teshiklari; 3—g'umbaklarning nafas naychalari; 4—mo'ylovchalari (antennalari); 5—pastki jag* paypaslagichlari; 6—xartum; 7—ko‘zi;
8—ko'krak bo'limi; 9—qorini.
Tuxumi shakli va tuxum qo'yishi bo'yicha farqlari. Anofeles avlodiga kiruvchi chivinlar tuxumlarining toza, oqmas yoki juda sekin oquvchi suvlarga qo‘yadi. Tuxumlari havo kameralariga ega, yakka-yakka suzib yuradi. Kuleks chivinlari tuxumlarini to‘plab qo‘yadi, ular qayiqchaga o'xshab suzib yuradi. Aedes chivinlari tuxumlarini bittadan, qurib qolayotgan suv havzalariga qo‘yadi. Kuleks va Aedes chivinlari tuxum qo'yishida suv tozaligining ahamiyati yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |