Talabalar mustaqil ravishda doimiy preparatlar yordamida tuxumdon va urug‘dondagi gametogenez bosqichlari. bilan tanishib chiqadilar. Baqa urug'donidan tayyorlangan vaqtincha. preparat yordamida tirik spermatozoidlarning tuzilishi va harakatini o'rganadilar. Ovogenez va spermatogenez sxemalarini, gametalarning tuzilishini albomga yozib olinadi. Mashg‘ulot oxirida albomlar tekshirilib, talabalar bilimi baholanadi va keyin mashg‘ulotga topshiriqlar beriladi.
Erkak va urg‘ochi gametalarning farqi:
A. Funksiyasi va tuzilshi bilan farqlanadi. B. Faqat morfologiyasi bilan farqlanadi. D. Tuzilishi bir xil. E. Irsiy axborot hajmi jihatidan somatik hujayralardan farqlanmaydi. F. Irsiy axborot hajmi jihatidan bir-biridan farqlanadi.
Тихит hujayrada ozuqa moddalari qayerda sintezlanadi:
A. Tuxum hujayrada, endoplazmatik to'rda. B. Tuxum hujayralar, Golji kompleksida. D. Tuxum hujayra mitoxondriyasida. E. Gepa- totsitlarda. F. Hamma javoblar to‘g‘ri.
Ontogenez davrlari:
A.
Ona qornida, prenatal. B. Prembrional, embrional, postem- brional. D.
Lichinkali, lichinkasiz. E. Gastrula, organogenez. F. Hamma javoblar to‘g‘ri.
Ooplazmatik segregatsiyada kuzatiladi:
A. Sitoplazmaning notekis taqsimlanishi, qutblanish. B. Gen- lar amplifikatsiyasi. D. Yadro sitoplazma munosabati o'zga- rishi. E. Ozuqa moddalarining jamg'arilishi. F. В va E javoblar to‘g‘ri.
mavzu. ONTOGENEZNING EMBRIONAL DAVRI
Mavzuning mazmuni.
Embrional davr tuxum hujayrasining spermatozoid bilan otalanishi, ya’ni zigota hosil bo‘lishi bilan boshlanadi (embriogenez davri). Embrional davrning tugash vaqti ontogenezning turiga bog‘liqbo‘lib, lichinkali turda lichinkaning tuxumdan chiqishi bilan, ona qornida kechuvchi turda tug‘ilish vaqti bilan tugaydi.
Embrional davr zigota, maydalanish, blastula, gastrula, gisto va organogenez davrlariga bo'lib o'rganiladi (34- rasm).
Zigota jinsiy hujayralarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan, yangi sifatga (irsiy axborotga) ega bo‘lgan ko‘p hujayrali organizmlarning bir hujayrali organizm davridir. Zigotaning keyingi rivojlanishi uning mitoz yo‘li bilan bo‘linishidan boshlanadi. Bo'linishdan hosil bo‘lgan hujayralar bir-biridan uzoqlashmaganligi va o‘smaganligi sababli, bu jarayon maydalanish deb ataladi.
Maydalanish natijasida hosil bo‘lgan hujayra blastomera deb ataladi. Maydalanish jarayoni otalangan tuxum hujayrasining turiga bog‘liq. Izoletsital tuxum hujayrasidan hosil bo'lgan zigotada (lansetnik, sutemizuvchilar, odam) maydalanish to'liq va notekis kechadi.