106 II bo‘lim. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik
Gen daktiloskopiyasi — insonlarda o‘ta o‘zgaruvchan DNK qismlarini aniqlashga asoslangan.
Gen daktiloskopiyasini amalga oshirish uchun tekshirilayotgan shaxs to‘qimalaridan oz miqdorda DNK ajratib olinib, murakkab molekular genetik usullarda o‘ta-o‘zgaruvchan DNK qismlari tahlil qilindi.
Gen daktiloskopiyasi quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi:
Shaxslarni aniqlashda.
Egizaklar zigotaligini. aniqlashda.
Genning ota yoki onaga tegish 1 i 1 igi n i aniqlashda.
Ota-onalarni aniqlashda.
Odam genlarini xaritalashtirishda.
Mashg‘ulotnmg maqsadi.
Dermatoglifika, populatsion — statistik, molekular genetik usullarining mohiyatini, odam genetikasini o'rganishdagi ahamiyatini, ularni amalga oshirish bosqichlarini o'zlnshtirish. Dermatoglifika usuli yordamida qo‘l barmoqlarida pa pi liar chiziqlar shaklini, ularning sonini o‘rganish, populatsion statistik usulidan foydalanib populatsiyaning genetik strukturasini o‘rganishga oid masalalar yechish.
Mustaqil tayyortanish uchun topshiriqlar.
Mavzuni o‘rganing va quyidagi savollarga javob bering:
Dermatoglifika usulining mohiyatini tushuntiring. Uning qanday turlarini bilasiz?
Dermatoglifika qanday amalga oshirilishini tushuntiring.
Dermatoglifika usullarining tibbiyotdagi ahamiyatini tushuntiring.
Populatsion-statistik usulni amalga oshirish bosqichlarini bilasizmi?
Xardi-Vaynberg qonunining mohiyatini tushuntiring.
Populatsion-statistik usulning ahamiyatini aytib bering.
Sekvenirlash nima, qanday maqsadlarda foydalaniladi?
DNK zondlari usuli mohiyatini, afzalliklari va kamchiliklarini bilasizmi?
DNK zondlari usuli qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?
Gipervariabel qismlar nima?
Genotiposkopiya qanday maqsadlarda amalga oshiriladi?
Vaziyatga oid masalalarni yeching va test topshiriqlariga javob toping, ularni isbotlashga harakat qiling.
O‘quv jihozlari.
Dermatoglifika, populatsion-statistik, molekular genetik usullari aks ettirilgan o‘quv jadvallari, dermatoglifika usulini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tipografiya bo‘yog‘i, uni surkash moslamalari, lupalar, burchak o‘lchovi asboblari, bo‘yoqni yuvish uchun eritmalar, kalkulatorlar.
Mashg‘ulot rejasi.
Awal dermatoglifika usuli mohiyati, ahamiyati. o‘zlashtiriladi. Talabalar tipografiya bo‘yoqlaridan (boshqa bo‘yoqlarni ham bu maqsadga moslashtirish mumkin) foydalanib qo‘l kafti barmoq izlarini albom varag'iga tushiradilar va hi pa yordamida kaft chiziqlari, triradiuslari, barmoq izlari shakllarini, papillar chiziqlar sonini o‘rganib, natijalarini yozadilar.
Keyin Xardi-Vaynberg tenglamalari yordamida populatsiyaning genetik strukturasini aniqlashga oid inasiilnlar yechiladi va albomga yozib olinadi. Mashg'ulotning uchinelii qismida molekular genetik usullar, ularning xillari, o'tkazilish tartibi, ahamiyati batafsil muhokama qilinadi.
Mashg'ulot oxirida vazifalar tekshirilib, talabalar bilimi baholanadi va keyingi mashg‘ulotga topshiriqlar tiishuntiriladi.
Vaziyatga doir masalalar.
Genetik vrach qabuliga kelgan shaxsning bo‘yi pastligi, qo‘l kaftlari kalta, yapaloq ekanligi, atd triradiuslari burchagi 70 ekanligi aniqlandi. Shu aniqlangan belgilar asosida tekshirilayotgan shaxsda irsiy o‘zgaruvchanlik haqida shubha tug‘ilishi mumkinmi?
Kelib chiqishi bir xil, lekin har xil sharoitda yashovchi ikki populatsiyada ma’lum kasallikning uchrash chastotasi keskin farq qiladi. Ularning bittasida kasallik 1 : 5000, ikkinchisida esa 1 : 50000 chastotada uchraydi. Buni qanday tushuntirish mumkin?
Tug'uruqxonada ikkita chaqaloq almashtirib qo'yildi. Ularning ota-onalarini aniqlash uchun chaqaloqlar va ota-onalarning qon guruhlari, HLA antigenlari tekshirildi. Shu o‘tkazilgan usullar yetarlimi?
Test topshiriqlari.
1. DNK zondlari usuli qo‘llaniladi:
A. Gen mutatsiyalarini aniqlashda. B. Sud tibbiyotida. D. Xromo-
Do'stlaringiz bilan baham: |