169
Ish joyida odamning kompleks harakatlarini loyihalashda quyidagi qoida va nizomlarni
bilish foydali:
- harakat trayektoriyasi va sonini minimumgacha;
- harakatning oddiy va ritmik bo’lishi;
- har bir harakat keyingi harakatni boshlash uchun qulay holda tugashi;
- o'tgan va bo’lajak harakatlar bir-biri bilan tekis bog'langan bo'lishi;
- harakatni boshlash va tugatish uchun zarur bo'lgan vaqt taxminan doimiy va yo’l
uzunligiga bog’liq bo’lmasligi;
-qo'lning egri chiziqli uzluksiz harakati to'satdan yo'nalishini o'zgartirgan yakka
harakatdan tez bo'lishi;
- aylanma harakat ilgarilama harakatdan tez bo’lishi:
-qo'lning gorizontal harakati vertikalga nisbatan aniq va tez bo'lishi;
-agar harakatda ikkala qo'l qatnashsa, ular vaqt bo'yicha simmetrik va sinxron (tekis)
bo'lishi (bir vaqtda boshlanishi va tugashi kerak).
- aniq harakatlarni hardoim o'tirib amalga oshirish lozim.
Tizimlarning muvaffaqiyatli ishlab turishini ta'minlash uchun ergonomika sohasidagi
mutaxassislla uni 5 xil jihati (moslik)ka ajratadilar: ma'lumot, biofizik, energetik, fazoviy -
antropometrik va texnikaviy estetik jihatlar.
Ma'lumot jihatining maqsadi - mashinaning barcha tavsiflarini aks ettirish va
operatorning bu ma’lumotlarni xatosiz qabul qilish va ishlov berish, uni va xotirasini
zo'riqtirmaslik demakdir. Natijada operator mehnatining xavfsizligi, aniqligi, sifati va unumi
ta'minlanadi. Biofizik jihatiida - shunday atrof-muhitni tashkil qilish tushuniladiki, bunda
operator uchun normal fiziologik holat va zarur ish qobiliyati ta'minlab beriladi. Misol:
mashinalarni yaratayotganda muhitning shovqin, titrash, yorug’lik va havo muhitining
ko'rsatkichlarini maxsus izlanish zaruriyati paydo bo'ladi.
Energetik jihatidan mohiyati- mashinaning boshqarish qismlari bilan operator optimal
imkoniyatlarining kelishuvi ko'riladi. Bunda operator tomonidan qo'yilgan kuch, sarflangan
quvvat hamda mashina harakatining tezligi va aniqligi nazarda tutiladi.
Fazoviy-antropometrik jihatida - ish jarayonida odam tanasining o’lchamlarini, tashqi
fazoning ko'rinish imkoniyati va operatorning holatini hisobga olish nazarda tutiladi. Bu
masalani yechish uchun ish joyining hajmi, operatorning yeta olish qobiliyati va uning
pultgacha bo'lgan masofasi va boshqalar aniqlanadi.
Ergonomikaning texnikaviy-estetik jihatilari - mehnat jarayonida insonning mashina
bilan muloqotda bo'lishi natijasida qay darajada qanoatlanganligining ta'minlanishini
ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |