Ish joyi
- bu inson mehnat faoliyatini amalga oshirishga “Inson-mashina ishlab chiqarish
muhiti” tizimida ma'lumotlarni aks ettirish vositalari, boshqarish qismlari va yordamchi
jihozlar bilan jihozlangan joydir. Ish joylari yakka va kollektiv turlarga bo'linib, tikka, o'tirib
va “tikka-o’tirib” ishlashga mo'ljallanadi.
Egronomika ish joylarini loyihalashga talablarni ifodalab beradi. Asosiy va qo'shimcha
harakat zonalarni aniqlaydi, tegishlicha poldan balandlik bo'yicha, simmetriya o'qidan front
bo'yicha jihozlarning joylashish zonalarini aniqlab beradi.
2.1 -jadval
Boshqarish organlariga qo'yiladigan kuch kattaligi
№
Boshqarish qismlari
Kuch kattaligi(H)
I
Dasta me'yoriy maksimal
20-40
100
2
Knopka, tumbler, qo shgichlar, yengil turi og’ir turi
1400-1600
6000-12000
3
Oyoq pedallari kam ishlatiladigan tez-tez ishlatiladigan
500gacha
20-50
168
4
Qo'lda boshqarish dastaklari uchun
130-160
5
Davriy ishlatiladigan ko’p ishlatiladigan
20-40
Odam har xil ishchi holat (tik, o'tirgan, yotgan va engashgan)larining optimal va
chegaraviy o'lchamlarini aniqlash uchun ish joyini ratsional tashkil qilishda ishlatiladigan
zarur antropometrik ma’lumotlar tizimlashtiriladi.
Ishning va ishchi holatlarning harakteriga bog’liq hamda har xil turdagi ishchi stollar va
o'rindiqlarni konstruksiyalash bo'yicha umumiy tavsiyalar yaratiladi.
Ish joyini rejalashtirish va joylashtirishda quyidagi prinsiplarga amal qilish tavsiya
qilinadi: boshida to'liq rejalashtirish, key in qismlarini, oldin optimal holda, keyin amaliy
ruxsat qilinganini; ish jarayoni va jihozni rejalashtirishga yagona tizim talablari bilan
yondashish.
Ish joyini loyihalashda antropometriya ma'lumotlarini hisobga olish muhimdir.
Ergonomika bo'yicha manbaalarda maxsus ta'kidlanadiki, konstruktor o'zining antropometrik
va psixofiziologik tavsiflarini boshqa odamlar uchun ham namunaviy deb qaramasligi va shu
asosda narsalarni loyihalash jarayonini tashkil qilmasligi kerak.
Faqat inson tanasi o’lchamlari va a'zolari haqida, uning yoshi va jinsi o’rganilgan holda
keng to'rejagan tizimli tanlangan ma'lumotlarni jalb qilganda olcham standartlarini loyihalash
uchun mustaxkam ilmiy baza bo'lishi mumkin.
Ish joyini tashkil qilishda quyidagilarni ta'minlash maqsadga muvofiq:
- operatorning ma'qul ishchi holati (tik yoki o'tirgan holda);
- muhimligi va ko'rish maydoni doirasida foydalanish jadalligiga qarab boshqarish
qismlari va indiqatorlarini ratsional joylashtirish;
-operatorga harakatlanish va siljishda yetarli erkinlik berilishi;
- ish joyi elementlarining eng yaxshi ko'rinishi;
- insonning antropometrik, fiziologik va psixologik tavsiflarining ish joyi
konstruksiyasiga mosligi;
- mashinadan kelayotgan ma’lumotlar tezligi va hajmining inson oldindan qabul qilish va
ishlov berishi imkoniyatlariga mosligi;
- operatorlarning ish vaqtida qisqa muddatli dam olishlari uchunf sharoit bo'lishi;
- ishlovchilarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish.
Ish joyi o'zida ma'lumot (MAAV joylashgan bo'shliq) va motor (boshqarish qismlari
joylashgan bo'shliq) maydonlarini tashkil qiladi.
Ma'lumot maydonida bir-biridan farqli uchta zona mavjud: birinchi zonada -
ko'rsatkichlarni aniq va tez hisoblash talab qilingan MAAV joylashgan (rasmga qarang);
ikkinchi zonada ko'rsatkichlarni kamroqi aniqlik va tezlikda hisoblash talab qilingan MAAV
joylashgan; uchinchi zonada juda kam ishlatiladigan vositalar joylashadi.
Motor maydoni ham 3ta zonadan iborat: juda tez foydalaniladigan (bir minutda kamida 2
marta) va optimal yeta oladigan juda muhim: boshqarish qismlari joylashgan - birinchi zona;
tez ishlatiladigan boshqarish qismlari (1 soatda 2 martadan ko'pj va yengil eta oladigan kam
muhim vositalar joylashgan - ikkinchi zona; kam ishlatiladigan (1 soatda 2 martadan kam)
vositalar joylashgan -uchinchi zonalardan iborat.(2.1-rasm)
Ish joyining asosiy qismlaridan biri operatorning kreslosi (o'rindig'i) hisoblanadi. U
operatorga fiziologik jihatidan mehnat harakteri va sharoitiga binoan ratsional ishchi holat
(poza)ni ta'minlash va funksional shinamlikni ta'minlash mezoni bo'lishi lozim. Kreslo o'z
ichiga o'tirgich, suyanchiq va tirsak qo'ygichlar hamda qo'shimcha elementlar - bosh qo'ygich
va oyoq qo'ygichlardan iborat bo'ladi. Kresloning hamma qismlari vertikal va gorizontal
tekislikda, hamda ma'lum burchakka sozlanadigan bo'lishi kerak. Yana u polga nisbatan
fiksatsiyalanadigan moslama, hamda zarur bo’lgan hollarda vertikal o'q bo'yicha 180-360°
buraladigan moslamaga ega bo'lishi lozim. Harakatlanadigan texnikada kreslo xavfsizlik
tasmasi bilan jihozlanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |