1. Psixologik yuklanishni kamaytirish:
.
- nazorat tizimlarini avtomatlashtirish;
- ishlab chiqarish jarayonlarini stabillashtirish;
- ish xavfsizligini ta'minlash;
- jihozlar ishining ishonchliligini ta'minlash;
- me'yoriy darajagacha ma'lumotlar hajmini kamaytirish;
- sozlash va nazoratning qulay (ratsional) tizimlarini tashkil qilish;
166
- nazorat va sozlash tizimlarini markazlashtirish.
2. Shinam ishchi muhitini ta' minlash
- ishlab chiqarish ziddiyatini yaxsxilash.
3. Ishning qulayligini ta’ minlash
- bunda qulay bo'lgan jihoz, mebel, asbob, maxsus
kiyimlarni yaratish va ishiatish, hamma jihozlarni badiiy konstruksiyalarini yaxsxilash kiradi.
4. Ishlab chiqarishni ratsional tashkil qilish:
- jihozlarni ratsional joylashtirish;
- ishchi zonani to'g'ri tashkil qilish;
- tashish va o’tish ishlarini kamaytirish;
- ishlash va dam olishni to' g' ri tashkil qilish;
- maishiy xizmat qilishni to’ g’ ri tashkil qilish.
5. Kadrlar bilai ishlash:
- bunga kasbiy tanlash, instruktaj o’tkazish, tajriba almashish, kasbiy o'qitish va malaka
oshirish kiradi.
6. Fiziologik yuklanishni kamaytirish:
- shinam havo iqlimini va yorugligini yaratish;
- shovqin va titrashga qarshi kurash tadbirlari;
- iarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash hamda jihozlarni yaratish;
- ish joyini to’g’ri tashkil qilish;
- ishchi zonani to'g'ri ta'minlash;
- ratsional harakatlanishni tanlash;
- boshqarish qismlarini to’g'ri tanlash va joylashtirish;
- boshqarishni markazlashtirish.
Ma’lumotlani aks ettiruvchi vositalar (MAAV) ishlab chiqarish jarayonining, hamda
alohida jism va mexanizmlar ish rejimining borishi haqida ma’lumotlar qabul qilib turish
uchun xizmat qiladi. Bu vositalardan inson agar texnologik jarayonni bevosita o’zi kuzata
olmaganda yoki uning sonli va sifatli holatini mustaqil baholay olmaganda foydalanadi.
Operatorning sezgi a’zolariga ta’sir qilishga qarab MAAV quyidagi: vizual, akustik va
taktik turlarga bo’linadi.
MAAVlarga quyidagilar: yozuvli yoki simvolli taxtani yorituvchi cho’g’lanuvchi
lampalar, strelkali-shkalali o’lchov asboblari, har xil ko’rsatkichlar, hisoblagichlar, ovozli
ohanglar, sirenalar, ekranlar, sxemalar va hokazolar kiradi.
Ular o’z prinsipiga ko’ra quyidagi ha- yoq’ degan ma’lumotni berishi mumkin (ya’ni
mashina ishlayapti yoki yo’q; birorta o’lcham me’yorida yoki yo’q), ba’zan o’lchamning sonli
o’zgarishini ko’rsatadi.
Tovush signallari avariya (800-5000Gs chastota, tovush bosimi darajasi 90-100 dB
oraliqlarda), ogohlantiruvchi (200-80 Gs, 80-90 dB) va xabar beruvchi (200-400 Gs, 30-80
dB) signallarni berish uchun ishlatiladi.
Ogohlantiruvchi va avariya signallari uziluvchan qilib amalga oshiriladi va alohida
signallarning eshitilish uzunligiga teng va ular oralig’idagi interval kamida 0,2 sekundgacha
bo’ladi. Signal tovushini bosimining darajasi ishlab chiqarish jarayoni shovqin darajasidan
kamida 10-16 dB ga baland bo’lishi lozim. Traktorlarda tovush signalining darajasi traktor
shovqinidan kamida 6 dB ga kabinasida va traktordan 1 metr masofada 8 dB ga baland bo’
lishi kerak.
Ergonomika boshqaruv turadigan post (joy)ini ratsional tashkil qilishning umumiy
prinsiplarini, ularda asosiy va qo’shimcha jihozlarning joylashishini belgilaydi. Bu masaladar
turkumiga boshqarish joyining tashqi (masalan, alohida qism va devorlarning bo’yalishi)
psixologik, fizologik - gigiyenik va estetik talablarni hisobga olgan holda bezatilishi kiradi.
Avtomatlashgan boshqarish tizimlarida operator ish joyining asosiy elementiga panel
kiradi. U shunday joylashishi kerakki, undagi asboblarning yuza tekisligi operatorni qarash
chizig’iga perpendiqo’lyar bo’lishi kerak. Boshqarish pultidagi boshqarish qismlari qulay va
qo’l yetadigan bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |