2 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti mehnat ta’limi kafedrasi


Ezilish sindromida birinchi yordam ko‘rsatish



Download 4,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet168/348
Sana06.07.2022
Hajmi4,8 Kb.
#746563
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   348
Ezilish sindromida birinchi yordam ko‘rsatish: 
1.
Jabrlanuvchini bosib turgan kuch ostidan imkoni boricha tezroq chiqarib olishga 
harakat qilish, lekin bundan oldin bosilgan joydan yuqoriga albatta bog‘lam qo‘yish kerak; 
2.
Qattiq qon ketishini to‘xtatiladi; 
3.
Shokka qarshi chora qo‘llanadi; 
4.
Singan bo‘lsa, tananing shikastlangan qismi immobilizatsiya qilinadi; 
5.
Singan joy mustahkamlangach, bog‘lam yechib olinadi. 
3. Suvga cho‘kkan odamga, muzlagan, elektr toki urgan insonlarga tibbiy yordam 
ko‘rsatish. 
Nafas yo‘llariga suv g‘ayriixtiyoriy kirsa, cho‘kish xavfi tug‘iladi. Bu hol ko‘pincha 
o‘smirlarda, bolalarda hamda mast holdagi katta yoshlilarda sodir bo‘ladi. Qurbon suv ostiga 


139 
 
tushib qolsa, nafas to‘xtashi ro‘y beradi, keyin bu hol beixtiyor nafas olishga aylanadi. 
Baxtsiz hodisalarning 15 foizida suv o‘pkaga tushmaydi, biroq jabrlanuvchi bo‘g‘ilib o‘ladi. 
Cho‘kishni oldini olish maqsadida oila a’zolarning hammasi suzishni o‘rganib olishi 
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, kichkina bolalar chuqurligi 10 sm bo‘lgan joydagi suvda ham 
cho‘kishi mumkinligini hisobga olgan holda ularning qarovsiz cho‘milishiga hech qachon 
ruxsat bermaslik, sho‘ng‘ishdan oldin suvning chuqurligini hamda tubining holatini 
tekshirish, oqim tez joyda bo‘lmaslikka va cho‘milmaslikka harakat qilish, yolg‘iz 
cho‘milmaslikka harakat qilish, daryo kemalari qatnovi qizg‘in bo‘lgan joylarda 
cho‘milmaslikka harakat qilish, agar uzoqqa suzib borish mo‘ljallangan bo‘lsa, bironta odam 
qayiqda, qutqarish uchun zarur bo‘lgan barcha zarur narsalarni olgan holda, kuzatib borishi, 
mast holda hech qachon suvga tushmaslik va qayiqda suzmaslik, katta bo‘lmagan qayiqda bor 
bo‘y bilan tik turmaslik, qayiqda, ayniqsa sovuq kunlarda suzayotganda doim qutqarish 
nimchasini kiyib olish, biron-bir qutqaruvchi vositani tayyor tutish kerak. 
Suzishni yaxshi bilmaydigan, jismoniy jihatdan quvvatsiz yoki charchagan, kasal yoki 
jarohatlangan odam, shuningdek sovuq suvda turgan yoki tasodifan suvga tushib ketgan odam 
cho‘kishi mumkin.
Cho‘kayotgan odam ongsiz va instinktiv ravishda harakat qilishini tushunib olish kerak. 
Shuning uchun ham, cho‘kayotgan odamga yordam berishga harakat qilinar ekan, hech 
qachon unga darhol yaqin suzib bormaslik kerak.
Cho‘kish
 
– o‘tkir patologik holat bo‘lib, insonning tasodifan yoki ko‘zlangan holda 
suyuqlikka (asosan suvga) botishi natijasida rivojlanadi va bu atrof muhit bilan gaz 
almashinuvini hamda nafas organlariga havo tushishini qiyinlashtiradi yoki butunlay 
to‘xtatadi. Cho‘kishning terminal holatga o‘tishi suvda sovqotishning oxirgi bosqichida 
rivojlanadi, bunda gaz almashinuvining va yurak faoliyatining hamda muskul harakatlarining 
buzilishi organizmni stupor holatga va hushning yo‘qotilishiga olib keladi. Asfiksik va 
haqiqiy cho‘kish tafovut qilinadi. Asfiksik cho‘kishda to‘satdan kuchli sovqotish natijasida 
yurak faoliyati va nafas olishning reflektor to‘xtashi kuzatiladi. Bunga bog‘liq cho‘kish juda 
tez sodir bo‘ladi. O‘pkalar suv bilan to‘lmagan, teri qoplamlari esa oqish rangda bo‘ladi. 
Jabrlanuvchini suvdan olib chiqqandan keyin yuqori nafas yo‘llaridan ko‘piksimon moddalar 
ajraladi.
Haqiqiy cho‘kishda esa jabrlanuvchi asta-sekin cho‘kadi, suv sekinlik bilan o‘pkaga 
tushadi, bemor ko‘karadi, ko‘pincha og‘iz va burnidan pushti rangdagi ko‘piksimon 
moddalarning ajralishi kuzatiladi. Yurakning yopiq massajini o‘tkazganda va ko‘krak 
qafasiga bosilganda ko‘pik miqdori nisbatan ko‘payadi. 

Download 4,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish