126
Burun, odatda, zarbadan shikastlanadi. Natijada qon oqadi. Yuqori qon bosimi yoki
dengiz sathidan balandlikning keskin o‘zgarishi ham burun qonashiga olib kelishi mumkin.
Burun qonaganda birinchi yordam ko‘rsatish:
1. Jabrlanuvchidan o‘tirib, boshini bir oz oldinga egishni va ayni mahalda burun
kataklarini 10-15 minut siqib turishni iltimos qilinadi.
2. Qon oqishi to‘xtashi bilan, jabrlanuvchiga qayta qonamasligi uchun burnini
ishqalamaslikni, kavlamaslikni va qoqmaslikni tayinlanadi.
3. Sanab o‘tilgan choralar yordam bermasa, qon oqishi qaytalasa yoki u yuqori qon
bosimining oqibati bo‘lsa, vrachga murojaat qilish zarur.
4. Jabrlanuvchi hushdan keta boshlasa, qon erkin oqib chiqishi uchun uni yonboshlatib
yotqizb, zudlik bilan tez yordam chaqiriladi.
Qon ketishining klinik ko‘rinishlari
.
Qon ketishida mahalliy va umumiy simptomatik
o‘zgarishlar yuz beradi. Qon ketishining umumiy belgilari qon ketishi turlaridan qat’i nazar,
bir xil kechadi. Qon ketishining xususiy (subyektiv) alomatlari sovuq ter, kamquvvatlik, bosh
aylanishi, nafas yetishmovchiligi, og‘iz qurishi ko‘rinishida kechadi. Yana quloqlarda
shang‘illash, ko‘z oldi tinishi va badanda «chumolilar o‘rmalashi» kabi alomatlar kuzatilishi
mumkin. Yuqoridagi alomatlar va bemor shikoyatlarining ko‘payib borishi qon ketishining
qanday tezlik va hajmda o‘sib borishiga bevosita bog‘liqdir. Katta miqdorda qon ketishi,
o‘tkir kamqonlik, ya’ni gemmoragik shok klinikasining har xil og‘irliklarida kechishi
mumkin.
Masalan, butun qon aylanish doirasida aylanayotgan qon hajmining 20–25 % (1000–
200
ml
) miqdorida qon yo‘qotilganda, bemorlarda sovuq ter, keskin kamquvvatlik, og‘iz
qurishi va tomir urishining bir minutda 100 tadan oshib ketishi kuzatiladi. Bunday hollarda
arterial qon bosimi me’yorida yoki bir oz pastroq bo‘lishi ham mumkin. Umumiy qon
aylanish doirasidagi qonning 30–35 % (1500– 1750
ml
)ga yaqini yo‘qotilganda, bemorlarda
o‘ziga bo‘ysunmagan holdagi harakatlar, notinchlik, teri va shilliq pardalarining oqarib
ketishi, lablarning ko‘karishi, tananing uvishishi va tomir urishining 120 tadan oshib, arterial
bosimning 70–90
mm
simob ustunigacha tushib ketishi hamda siydik ajratishning kamayishi
(oliguriya) kuzatiladi. Umumiy qon aylanish doirasidagi qon hajmining 35–40 % (1750– 2000
ml
)ni yo‘qotgan bemor ahvoli ancha og‘ir, yuz ifodalari mungli, tanasi sovuq ter bilan
qorejagan, terisi oqimtir-ko‘kish rangda, tanasining ochiq joylarida haroratning tushib
ketganligi va tomirning ipsimon va teztez urishi aniqlanadi.
Umumiy qon aylanish doirasidagi qon hajmining 50 % (2500
ml
) ni yo‘qotgan
bemorning ahvoli keskin og‘irlashadi, arterial bosim aniqlanmaydi, tomir urishi minutiga 160
tadan ortib ketadi, yurak asistoliyasi (yurakning to‘xtab qolishi) sababli qisqa vaqt ichida
o‘lim holatiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |