116
C
– Bemorning tomir urishi (puls) ni tekshirish. Buning uchun jabrlanuvchining bilak va
uyqu arteriyalaridagi tomir urishi tekshiriladi. Sog‘lom odamning tomiri 1 daqiqada 70-80
tagacha uradi.
12.11-rasm. Qo‘l kaftini to‘shga qo’yish
.
Katta yoshlilarda yurak-o‘pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o‘tkazish
Agar voqea sodir bo‘lgan joyda xavf-xatar bo‘lmasa, birlamchi ko‘zdan kechirish
o‘tkaziladi. Jabrlanuvchining hushi joyidaligini aniqlash uchun, "Sizga yordam kerakmi?” deb
baland ovoz bilan so‘rab, chapak chalib, trapetsiyasimon muskuli siqish lozim. Jabrlanuvchi
hushsiz bo‘lsa jabrlanuvchini asta orqasiga aylantiriladi (zarur bo‘lgan taqdirdagina).
Nafas yo‘llarini ochib, nafas bor-yo‘qligi tekshiriladi. Buning uchun boshini orqaga
egib, iyagi ko‘tariladi. Nafas bor-yo‘qligini aniqlash uchun 5 sekund davomida ko‘rish,
eshitish va sezish nazoratidan foydalaniladi.
Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa, jabrlanuvchini qattiq joyga orqasi bilan yotqizib,
"Og‘izdan-og‘izga" ikki marta to‘la puflab, jabrlanuvchining burun kataklari qisiladi. Lablar
bilan jabrlanuvchining og‘zini zich tutib, 2 marta to‘la puflanadi. Havo o‘pkasiga
o‘tayotganiga
ishonch hosil qilish uchun ko‘krak qafasi ko‘tarilishi kuzatiladi.
Tomir urayotgan-urmayotganligini tekshirish uchun 10 sekund davomida tomir urishi
tekshiriladi.
Yurakni yopiq massaj qilish uchun
:
• Barmoq bilan to‘shning quyi chekkasidagi chuqurchani topib, barmoq shu yerga
qo‘yiladi. Jabrlanuvchining tovoniga yaqin bo‘lgan qo‘lni ishlatish zarur.
• Boshqa qo‘lning kaftini jabrlanuvchining to‘shiga, barmoqlar turgan joydan
yuqoriroqqa qo‘yiladi.
• Barmoqlarni chuqurchadan olib, birinchi qo‘lning kaftini boshqa qo‘ldan yuqoriroqqa
qo‘yiladi.
• Barmoqni ko‘krak qafasiga tekizmaslik kerak.
To‘shni 15 marta bosiladi. Bosishda qutqaruvchining yelkasi kaftlari ustida turishi
lozim. To‘sh 4 sm dan 5 sm gacha chuqurlikda 10 sekund ichida taxminan 15 marta bosiladi
(1 minutda 80 dan 100 martagacha) bosiladi. Bir maromda, tikka, qo‘lni doimo to‘sh ustida
tutgan holda bosish kerak. Muolajani o‘tkazayotganda tebratuvchi harakat qilmaslik lozim.
Bu bosishning ta’sirini kamaytirib, kuchning bexuda sarflanishiga olib keladi. Navbatdagi
bosishni boshlashdan oldin ko‘krak qafasi dastlabki holatiga qaytishiga yo‘l qo‘yib berish
kerak.
"Og‘izdan-og‘izga" 2 marta to‘la puflanadi. Buning uchun boshini orqaga egib, iyagini
ko‘tarib, nafas yo‘llari ochiladi. Jabrlanuvchining burun kataklarini qisib, ikki marta to‘la
puflanadi, har biri 1,5-2 sekund davom etishi kerak. havo o‘pkaga o‘tayotganiga ishonch hosil
qilish uchun ko‘krak qafasi ko‘tarilayotgani kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |