Mehnat gigiyenasi
- tibbiyot fanining insonning ishlab chiqarish sharoitidagi mehnat
faoliyatini o‘rganuvchi bir qismi bo‘lib hisoblanadi. Mehnat gigiyenasi ishlab chiqarish zararli
omillarining ishlovchilarga ko‘rsatadigan ta’sirini oldini olish yo’zasidan sanitariya-gigiyena
va davolash yoki kasb kasalliklarining oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi.
Ishlab
chiqarishda ishchilar uchun ish vaqtining belgilanishi, dam olish vaqti, ta’til vaqti va shunga
o‘xshash vaqt meyorlarini mehnat gigiyenasi o‘rganadi. Bular qonunchilik asosida ishlab
chiqarish sanitariyasi bilan birgalikda o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |