41
iborat. Ishlab chiqarish muhiti fizik va kimyoviy omillarning zarari hususida organizm uchun
yo’l qo’yiladigan daraja va miqdorlar belgilanishi lozim.
Sanitariya-Gigiyenik me’yorlar Mehnat Kodeksi asosida tashkil etib, ishlab chiqarishga
ilmiy asoslangan va jahon andozalariga javob beradigan ilg’or texnologiyalariga
asoslangandir. Yuqori mehnat unumdorligiga imkon beradigan sharoitlarni ta’minlash uchun
uskunalar, jihozlar, boshqarish pultlari va ish joyini tuzilishi, mehnat va dam olish
davrlarining davomiyligi, ish qobiliyatiga ta’sir qiladigan qator boshqa omillarga bo’lgan
talablarni fiziologik jihatdan asoslash zarur.
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning asosiy yo’nalishlari quyida keltiriladi:
-
Gigiyenik yo’nalishda
: salomatlik va ish qobilyatiga ta’sir qiladigan ishlab chiqarish
muhiti omillarini me’yorlash; ishlab chiqarish muhitidagi zararli omillarni kamaytirish va
yo’qotish yo’llari bilan mehnat sharoitlarini sog’lomlashtirish.
-
Fiziologik yo’nalishda
: ish joyi, asboblar, mashina va jihozlarni fiziologik talabalarga
muvofiq holda bo’lishga erishish; mehnat va dam olish rejimlarini joriy etish; mehnatning
jismoniy og’irligini kamaytirish, fiziologik jihatdan yetarlicha harakat faoliyatini ta’minlash;
mehnatning aqliy va emotsional toliqtirishni kamaytirish.
-
Psixologik yo’nalish
: pultlar va mashinalar, mexanizmlar tizimlarini boshqarish uchun
boshqa vositalar ixtiro qilishda ruhiyat talablarini hisobga olish (muhandislik ruhiyati); kasb
tanlashda va kasbiy talablarga muvofiq holda shaxsning ruhiy hususiyatlarini hisobga olish;
jamoalarda qulay ruhiy kayfiyat yaratish, ishlovchilarning mehnatdan va uning natijalaridan
yuqori manfaatdor bo’lishlarini ta’minlash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish va joriy qilish.
-
Estetik yo’nalish
: intererlarni bezatishda, uskunalarni joylashtirishda, ranglar bilan
bezatishda va boshqalarda ishlab chiqarish estetikasi talablariga rioya qilish; texnikaviy
estetika talablarini bajarish, mashinalar, asboblar, jihozlar, pultlar singari boshqaruv
vositalarini ixtiro qilish.
Qurilayotgan va loyiha qilinayotgan zavod, fabrika va boshqa ishlab chiqarish
obyektlarida Gigiyenik-sanitariya masalalari bo’yicha ma’lum talablar qo’yiladi. Mehnat
gigienasi bo’yicha muhandis va ularning yordamchilarini joylardagi havoning tozaligi,
mehnat fiziologiyasi talablarining bajarilishi, meteorologik sharoitlarga doir sanitariya
me’yorlari, ish joylarining yoritilishi, ishlab chiqarishda shikastlanishlarning oldini olish
bo’yicha choralar qo’llanishi ustidan nazorat qilib boradilar. Bu ma’lumotlar tahlili va
ishchilarning salomatligi to’g’risidagi ma’lumotlar asosida sog’lomlashtirish tadbir-rejalari
sanitariya nazoratining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Aksariyat sog’lomlashtirish tadbirlari mehnat sharoitlarini yaxshilash va shu tariqa kasb
kasalliklari paydo bo’lishining oldini olibgina qolmay, balki mehnat unumdorligini oshirishga
ham imkon beradi. Gigiena mutaxassislar tomonidan joriy qilingan sog’lomlashtirish
tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi so’mlarda hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |