313
rasm-32: 1-Xashaki sabzi poyasi
va guli
2-Ildizmevalari
Ildizmevalarni
saqlaydigan
xandakchalarga
o„rnatilgan shtabelning
balandligi 60 sm bo„lishi kerak. Ekishgacha ildizmevalar shamollatiladi va
saralanadi. Urug„lik ekiladigan maydoni tanlab olinadi, himoya zonasi 2000 metr
bo„lishi kerak.
Maydonga kuzda P
60
K
60
o„g„itlari solinib 30 sm chuqurlikda
haydaladi. Ekish oldidan maydon tekislanadi, traktorda qator oralari 60 yoki 70 sm
kenglikda egatlar olinadi. Ekish asosan sovuq va nam ob-havoda boshlanib, qo„lda
ariqlarga ekiladi va ildizmevasining usti 1,5-2,0 sm qalinlikda tuproq bilan
berkitiladi. Ekish oldidan urug„lik ildizmevalarning uch tomonidan 30%
kesish
tavsiya yetiladi. Bu usul urug„larning tez ko„karishini ta‟minlab urug„ hosilini
orttiradi.
Urug„lik navlarining yaxshi rivojlanishi uchun o„sib chiqqan ildizmevalarda
qatorlar hosil bo„lganidan so„ng bargning o„sish no„qtasi ochiladi. O„suv davrida
begona o„tlarga qarshi qator oralari traktorda kultivatsiya qilib yumshatiladi va
qo„lda chopiqqilinadi. O„simliklar gulpoyalar chiqara boshlash
davrida gektariga
N
100
P
150
K
90
kg mineral o„g„itlar bilan oziqlantiriladi, 6-7 marta sug„oriladi, urug„
yig„ishtirishga soyabonlari 60% pishganda kirishiladi. O„rilgan urug„liklar
314
xirmonga keltiriladi. U yerda yaxshi pishib yetiladi va quriydi. Sabzi va urug„larni
tikanaklaridan tozalash uchun (ypyg„ tozalagich, sabzi urug„i tozalagich) ishqalash
uskunalaridan o„tkaziladi, undan so„ng “Petkus-Gigant” yoki boshqa uskunalarda
tozalanadi.
Yem-xashak sabzining birinchi toifali urug„iga qo„yilgan ekish standarti nav
tozaligi 98%, ikkinchisi 96% va uchinchisi 85%, ekish sifati bo„yicha urug„ining
laboratoriyadagi unuvchanligi 70%, tozaligi 95%, tarkibidagi boshqa o„simliklar
urug„i 0,5%, ikkinchi klass 45,9 va 1,0 namligi 10% dan yuqori bo„lishi kerak
emas.
O„zbekiston Sabzavot va polizchilik ITI,
Kartoshkachilik ITIda sabzi
urug„ini ildizmevasidan ekib emas, balki yozda urug„ini ekib olish usuli ishlab
chiqilgan. Ekish me‟yori gektariga 4 kg, ekish muddati iyulning oxirgi o„n kunligi
hisoblanadi. Sovuq tushgunga qadar o„simliklar
chuqur kultivatsiya qilinadi,
qatorlar olinadi. Bunda urug„liklarning o„sish davri 8-10 kun oldin boshlanadi va
urug„lik o„simliklarning balandligi 15-20 sm, ildizmevadan ekilgan o„simliklarga
nisbatan yuqori bo„ladi. Traktorda ishlov berish, o„toq va oziqlantirish nazorat
bilan bir xilda olib boriladi. Bunda urug„lar ildizmevadan ekilgan urug„larga
nisbatan 6-8 kun oldin pishadi va urug„ hosildorligi yuqori bo„lib, tannarxi esa past
bo„ladi (bu usulda gektaridan 9 sentner va ildizmevadan ekilganda esa 4,3 sentner
urug„ hosili olingan).
Do'stlaringiz bilan baham: