317
Yetishtirish texnologiyasi
O„tmishdosh
. Tuproqni ekishga tayyorlash, ishlov berish xashaki lavlagi va
sabzi ekinlarini yetishtirish bilan bir xil. Almashlab ekishda xashaki sholg„omni
g„o„za, makkajo„xori, yozda oraliq va kuzgi g„alla ekinlaridan so„ng ekish
mumkin. Xashaki sholg„omdan 1 t. hosil olish uchun yerga: 2, 5 kg azot, 1 kg
fosfor va 4 kg kaliy o„g„itlari solish tavsiya yetiladi. Yerni shudgorlashdan oldin
har gektar yerga 20-30 t chirigan organik o„g„it, 60-80 kg fosfor va kaliyli mineral
o„g„itlar (sof holda) solinadi.
Bahorda yer chizellanib, boronalanib, tuproqdagi
namni saqlab qolish va urug„ni tuproqqa bir xilda tushishi uchun, engil tekislanib,
ekishga tayyorlanadi.
Erta bahorda xashaki sholg„om tez rivojlanadi va zararkunandalar bilan kam
zararlanadi. Ekin sabzavotlar ekiladigan SO-4, 2
yoki boshqa seyalkalar
yordamida ekiladi.
1 gektar yerga 3-4 kg ekiladi, ekish chuqurligi 1,5-2,0 sm. Urug„ni yerga bir
tekisda tushishi uchun ekish oldidan uruqqa superfosfat (ammofos) yoki chirindi
aralashtirilib ekiladi. Qator orasi 60-70 sm, eng ma‟qul ko„chat soni 1 gektar yerga
90-100 ming o„simlik hisoblanadi.
Erta bahorda yomg„irdan so„ng urug„ning unib chiqishiga to„sqinlik
qiladigan qatqaloqqa qarshi engil borona qilinadi. Nihollar to„liq unib chiqqandan
so„ng, begona o„tlarni kesadigan va tuproqni yumshatadigan ishchi organlari
o„rnatilib traktorda kultivatsiya qilinadi. Xashaki sholg„om 2-3
juft chinbarg
chiqarganda yagana qilinadi va har bir pog. metrda 6-7 tadan o„simlik qoldiriladi.
Bir gektar yerda xashaki sholg„omda 90 ming tup o„simlik qoldiriladi.
Yaganalashning kechiktirilishi tufayli o„simliklar nimjon bo„lib, hosildorlik keskin
kamayib ketishiga olib keladi. Ekinni begona o„tlardan 1-2 marta tozalab, qator
oralariga ishlov beriladi. May oyining oxiri va iyunning boshlarida ekinlar 1 gektar
hisobiga 60-80 kg azot bilan oziqlantirilib, keyin sug„oriladi.
Yozda ekilganda o„tmishdosh ekinlar yig„ishtirib olingandan so„ng ep
sug„oriladi. 25-30
sm chuqurlikda haydaladi, chizellanadi, boronalanadi va mola
318
bostirilib, keyin ekiladi. Ekish sxemasi va ko„chat
qalinligi yuqorida
ko„rsatilganidek bo„ladi. Yozda ekinlarga ishlov berish: 2 marta kultivatsiya,
yagana, 1 marta chopiq, 1 marta azot va kaliy (N
100
K
60
) o„g„itlari
bilan
oziqlantiriladi va 3-4 marta egatlardan sug„oriladi. Zararkunandalarga qarshi may
oyining oxirida fosfamid preparatlari bilan ishlov beriladi.
Bahorda ekilgan xashaki sholg„omni qo„l kuchi bilan iyulda ildizmevalari
qotib qolmasdan hayvonlarga emish uchun yig„ishtirib olinadi. Yozda ekilgan
xashaki sholg„om kuz va qishda chorva mollariga yedirishuchun xandaklarda
saqlanadi. Lekin, ildizmevasi tarkibida quruq modda va qand kam bo„lganligi
uchun saqlanish xususiyati past, shuning uchun birinchi navbatda chorva mollariga
berish tavsiya yetiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: