2-oraliq javoblari Dengiz sathidan yuqoriga kotarilgan sari umumiy iqlim sharoitlari qanday o`zgara boradi?


Botqoqlik qanday vaziyatlarda hosil bo`ladi?



Download 52,15 Kb.
bet8/26
Sana24.07.2021
Hajmi52,15 Kb.
#127126
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
2 5461139530629254092

6. Botqoqlik qanday vaziyatlarda hosil bo`ladi?

- Botqoqliklar odatda ikki xil vaziyatda: 1) dastlab quruq o’rmonlarning va 2) suv xavzalari (kullar va eski daryo oqimlari) ning botqoqlana borishi natijasida hosil  bo’ladi.

Dastlab quruq o’rmonlar o’sgan joylarning botqoqlanishiga asosan, o’rmonlarning qirqilishi, yong’inlarning sodir bo’lishi, tuproq tarkibida loy tuproqli qatlamning hosil bo’lishi va kakkuzig’ir moxi kabi ba’zi o’simliklarining o’sishi sabab bo’ladi. Natijada bu joylarda bug’lanish kamayadi. Yer osti suvlari esa yuqoriga ko`tarila boradi va tuproqni ortiqcha namlanishga olib keladi. Tuproqning kun sayin namlana borishi unda kislorod miqdorini kamayib ketishiga (anaerob sharoitni yuzaga kelishiga) olib keladi. Bu hol tuproqda yashaydigan bakteriyalar hayotiga yomon ta’sir etib, chirish jarayonini deyarli to’xtashiga sabab bo’ladi. O’simlik qoldiqlari to’liq chirib ulgurolmaydi. Buning ustiga ba’zi organik kislotalar xosil bo’lib bakteriyalar hayotini so`ndiradi. Chala chirigan o’simlik qoldiqlari to’plana borib, bir qancha vaqt ichida bu joylarda torf qatlamini vujudga keltiradi. Bunday qatlam hosil bo’lgan joylarda oq moxlar (torf moxlari) o’sa bosh­laydi va ular suvning ko’p miqdorda yig’ila boshlashiga sabab bo’ladi. Oq moxlar tanasida ko’p miqdorda suv to’planadi.



  1. 7. O`t bosish davri qanday boradi.

- O`t bosish davri. Ko’l va daryo oqimining uzilib qolgan joylarida dastlab har xil suvo`tlar (yashil, ko’k-yashil diatom), gulli botqoq o’simliklari ko’p uchraydi. Bunday joylarda turli o’simliklar bir necha yarus hosil qiladi.

1) Mikrofit yarus. Ko’l va oqmaydigan daryo suvlari ostida ko’k-yashil diatom, yashil suvo’tlar va mayda hayvon organizmlari birinchi mintaqani tashkil qiladi. Zoobentos organizmlarning qoldiqlari suv tagida 10—15 sm qalinlikda chirindi qatlamini hosil qiladi. Bunday qatlam sapropelit deyiladi.

2)  .Makrofit yarus. Qirg’oqqa yaqin joylarda yashil suv o’tlarning yuksak vakillaridan xara va nitella suvo’tlari, gulli o’simliklardan shoxbarg (Ceratophyllum demersum), g`ichchak (Pota-mogeton freisii P. obtusifolius, P. pusillus) bilan birga o’sadi.

3)  Keng bargli g`ichchak yarus. Suvning chuqurligi 4-5 m ga yetadigan joylarda keng bargli g’ichchak (Potamogeton perfolia-tus, P. lucens), miriofillum, sparganium o’sadi.

4)  «Suvnilfiyasi» yarusi. Suv nilfiyasi bilan birga nulufar va suzuvchi g’ichchak o’sadi. Uchinchi va to’rtinchi yarusni tashkil qiluvchi o’simliklarning qoldiqlari sapropelitli torf qavatidan iborat cho’kma hosil qiladi.

5)  2-3 m chuqurlikdagi joylarda qamish, ko’l qiyog’i (Scirpus lacustris) kabilar o’sadi.

6)  Suvning 1 m chuqurlikdagi joylarida turli xil o’tlar, qiyoqlar (Sagex gracilis), nayzabarg, alisma, suvayiqtovon, susak kabilar o’sadi.

Shunday qilib, bir qancha vaqtdan keyin bunday ko’llar va daryo uzilmalarida o’simlik qoldiqlaridan cho’kmalar hosil qilib, sayozlanib boradi va ko’milib qoladi.



  1. 8. Ko`milish ko`tarilish davri qanday boradi.

- Ko’llar va daryo oqimi uzilib qolgan qirg’oqlarning yo’qola borishi natijasida Sabelnik, vaxta, bslokrilnik, qiyoq, kabi ildizpoyali botqoq o’simliklari avval qirg’oqda, so’ngra o’rtaroqda o’sa borishi natijasida bunday joylar kichraya boradi va ko’mila boshlaydi. Ayni paytda pushitsa, klyukva, bagulnik, andromeda kabi botqoq o’simliklari o’sa boshlaydi. Bunday ko’llar atrofida qayin, qarag’ay, veresk, morshka kabi o’simliklar ham o’sadi.

O’rmon zonasidagi botqoqliklar unda o’suvchi o’simliklarning tarkibi va suv bilan ta’minlanishiga ko’ra ikki gruppaga: tepalik va pastqam botqoqliklarga bo’linadi. Gruppalar shartli bo’lib, ular to’liq bir jarayonning ikki etapi hisoblanadi. Shuning uchun ular genetik jihatdan o’zaro bog’liqdir.

Tepalik botqoqliklarida chirish jarayoni to’xtagach u yerda mineral oziqlar kamayadi. Shu sababli bu xildagi botqoqliklarda o’suvchi ayrim o’simliklar hasharotlar bilan ovqatlanishga majbur bo’lgan. Bunday o’simliklar hasharotxo’r o’simliklar deyiladi. Hasharotxo`r o’simliklardan rosyanka, pashshaqopqon (Dioneae), aldrovanda, puzirchatka, Shimoliy Amerika botqoqliklarida uchraydigan sarratseniyani ko’rsatish mumkin. Yevropa va G’arbiy Sibir yerlarida quyidagi o’simliklar o’sadi.


Download 52,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish