Qarag’ay-chalabuta-sfagnum moxlaridan tashkil topgan botqoqlarda daraxtlardan qarag’ay, butalardan bagulnik, kassandra, golubika, agdromeda, moroshka, brusnika va moxlardan oq mox (Sphagnum angustifolius, Sph. medium) uchraydi.
Qarag’ay-buta-pushitsa o’simliklaridan tashkil topgan botqoqlarda yuqorida ko’rsatilgan o’simliklardan tashqari pushitsa ham o’sadi.
9. Amerikada botqoqliklarda qanday o`simliklar o`sadi?
- Shimoliy Amerikaning shimoli-sharqida oq moxlar o’suvchi botqoqliklar uchraydi. Bu yerlarda Yevropadagidek veresklar emas, balki moxlar, vodyanika (Empetrum nigrum) va tilog’och o’sadi.
Janubiy Amerikadagi moxli botqoqliklar And tog’larida, Olovli yerda va Yangi Zelandiyada uchraydi.
10. O`rta osiyo botqoqliklarida o`suvchi o`simliklarga qaysilar kiradi.
- O’rta Osiyodagi botqoqliklar daryolarning ko’pi oqimidan yuqori oqimigacha bo’lgan maydonlarda qisman yaylov (yuqori tog’) mintaqasidagi o’tloqlarda uchraydi.
O’rta Osiyodagi botqoqliklar shimoliy kenglikdagi botqoqliklardan o’simlik qoldiqlarining tezda parchalanishi, torf qatlamining yo`qligi bilan farqlanadi.
O’rta Osiyoda asosan qamishli botqoqliklar mavjud bo’lib, ular daryolarning quyi oqimida (cho’l zonasida) tarqalgan. Bunday botqoqliklarda ko’pincha qamish, qo’g`a, suvpiyoz va qiyoq o’sadi. Qiyoqli botqoqliklar esa daryo-vodiylarining o’rta va yuqori qismida (adir va tog’ mintaqalarida) hamda yaylov mintaqasida uchraydi. Bu xildagi botqoqliklarni tashkil qilishda ilotsning ba’zi turlari (Carex divisa, S. songorica), sherolchin (Pedicularis songorica), erbahosi (Gentiana aurea), desxampsiya (Deschampsia koeleroides) qatnashadi.
11. Botqoqlik o`simlikl;arining ahamiyati to`g`risida gapirib bering?
- Botqoqliklarda o’simlik va xayvon qoldiqlarinnig nihoyatda sekin parchalanishi va chirishi torf tarkibida mavjud bo’lgan va uni tashkil qilgan o’simliklar hamda xayvonlarning turlarini aniqlash imkonini beradi. Bunday torflar tarkibida daraxtlarning gul changlari juda uzoq vaqtgacha o’zgarmay saqlanadi. Torf ba’zi elektr stantsiyalar uchun asosiy yoqilg’i, shuningdek, u organik o’g`it hisoblanadi, meditsinada esa bod, asab va ba’zi ginekologik kasalliklarni davolashda (torfoterapiyada) ishlatiladi.
Keyingi yillarda tarkibida sfagnum moxlari bo’lgan torflarni gidroliz (haydash) qilish yo’li bilan spirt (1 tonna quruq torfdan 120 litr spirt) olina boshlandi.
Botqoqlik o’simliklari yem-xashak sifatida muxim emas, ammo butalarning mevasi oziq-ovqat sifatida foydalanilishi mumkin. Xozirgi vaqtda botqoqliklarni quritish va u yerlarda sifatli yem-xashak o’simliklarini ekish, ba’zi joylarda esa sabzavot va g’alla ekinlarini yetishtirish ishlari keng ko’lamda olib borilmoqda.
12. Qanday joylarga to`qayzor deyiladi va ular qayerlarda tarqalgan.
- To’qayzorlar daryo bo’ylariga yaqin joylashgandir. To’qayzorlarda daraxt-buta va o’tlar birgalikda o’sadi. Bu yerlarda liana holidagi o’simliklarni ham uchratish mumkin. To’qayzorlar O’rta Osiyodagi Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon bo’ylarida keng tarqalgan.
To’qayzor o’simliklari O’rta Osiyoning cho’l zonasidan tog’ mintaqasigacha bo’lgan daryo bo’ylarida uchraydi. Daryolarning quyi oqimida qalin o’tzorlar (Zarafshonning quyi oqimida, Tajang hamda Mypg’ob daryosi bo’ylarida) mavjud bo’lib, ularni adoqlar deb yuritiladi.
O’zbekiston territoriyasidagi to’qayzor o’simliklarini tashkil qilishda teraklarning bir necha turi, jiyda, yulg’un, qizilmiya, qandim, qamish, savag’ich ajriq, sho’rajriq, ilonchirmoviq, oqbosh, shirinmiya, yantoq kabi juda ko’p o’simliklar qatnashadi.
To’qayzor o’simliklarining 40% ga yaqini vaqt-vaqti bilan suv toshib turishiga va sho’rlangan sharoitda o’sishga moslashgan o’simliklardir.
13. O`rta Osiyo jumladan o`zbekiston to`qayzorlarida o`sadigan o`simliklar to`g`risida nimalarni bilasiz?
- O’rta Osiyo, jumladan O’zbekistondagi to’qayzorlarda o’suvchi o’simliklar asosan 200 turdan iborat bo’lib, 10 tur daraxtlar, 13 tur butalar, 7 tur chalabutalar va chala butachalar. 100 tur ko’p yillik o’tlar, 70 tur ikki yillik va bir yillik o’tlardan tashkil topgan; ular 35 oilaga va 105 turkumga mansubdir.
To’qaylarni tashkil etishda daraxtlardan turanga (Populus diversifolia), turang`il (Popuulus pruinosa) va boshqa har xil bargli teraklar, shumtol Fraxinus potomophila), qisman jiyda (Elaeg-nus oxusagra)—Balxash va Sirdaryoda; Elaegnus turkomanico—Amudaryoda va Elaegnus songorica—Zarafshonda) qatnashadi.
Butalardan yulg’in, tol, bolqish (Myricaria) changal, oq va qora chingil (Lycium ruthenicum, L. turkomanicum) kabilarni ko’rsatish mumkin. Shuningdek, o’tlar savagich, sho`rajriq, qamish, yakan, yantoq, shirinmiya, ilonchirmoviq, pechak, jinjak, qandim, oqbosh va hokazolar uchraydi.
To’qayzorlarda o’suvchi o’tlarni biologik xususiyatlariga ko’ra 3 gruppa (ildizpoyali, chimli va ildizbachkili o’simliklar) ga bo’lish mumkin.
To’qay o’simliklari yorug’sevar va sho`r muhitga chidamli o’simliklardir. To’qaylarning nomi edifikator o’simlik nomi bilan ataladi. Masalan, tolli, terakli, yulg’unli, jiydali chakalakzorlar (to’qayzorlar) changalli, shirinmiyali to’qaylar va hokazo.
To’qayzorlar muhim xo’jalik ahamiyatga ega. Turang’il, jiyda, tol kabi daraxtlar o’rmon xo’jaligida mahalliy sharoitda o’tin va qurilish materiali sifatida ishlatiladi.
To’qayzor o’simliklari daryo qirg’oqlarini mustaxkamlashda, yog’in-sochin suvlarining harakatini boshqarishda muhim rol o’ynaydi. Yulg’un va changal o’tin sifatida ishlatiladi. Ko’pgina o’t o’simliklardan chorvachilikda yem-xashak sifatida foydalaniladi. Qamish esa gidroliz va ximiya sanoatida ishlatilib, ondatra, nutriya, bo’rsik., yovvoyi cho’chqa, suvda suzuvchi qushlar va tustovuqlar uchun boshpana hisoblanadi.
To’qayzorlarning bir qismi dehdonchilik maqsadlari uchun o’zlashtirilib, u yerlarda paxta, kanop, beda kabi ekinlar ekilmoqda.
14. Voha deb nimaga aytiladi vohada osuvchi o`simliklar haqida gapirib bering.
- Voxa deganda kishilarning mehnati bilan o’zlashtirilgan yerlar tushuniladi.
Yer sharidagi barcha zonalarda qisman adir hamda tog’ mintaqalarida o’ziga xos vohalar bor. Har bir vohaning umumiy iqlim sharoiti shu zonaning yoki mintaqaning iqlim sharoitiga o’xshash bo’ladi. Vohalar haqida gapirilganda, O’rta Osiyo vohalari misolida qo’yidagi ma’lumotlarni keltirish kifoya. O’rta Osiyo sharoitida irrigatsiya va gidrotexnika ishlarining rivojlantirilishi bu yerdagi voxalarning qiyofasini tubdan o’zgartirib yubormoqda.
Vohada cho’lga nisbatan (yoz faslining ertalabki va kechki soatlarida) havoning nisbiy namligi 1,5 marta ortib, temperatura 8-12° past bo’ladi. Cho’l va voha iqlim sharoitlari o’rtasidagi umumiy tafovut bahor hamda kuz faslida sezilmaydi.
O’rta Osiyo vohalaridagi o’simliklar asosan quyidagi gruppalarga bo’linadi.
1. O’rmon-park o’simliklari. O’rmon-park o’simliklariga maxalliy daraxtlardan qayrag’och, oqtol, oq tut, ko’k terak, oq terak, turanga, mirzaterak, jiyda, shumtol, yong’oq, chinor kabilar kiradi. Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyodan keltirib iqlimlashtirilgan daraxtlardan esa sarv daraxti, magnoliya (Magnolia acuminata), lola daraxti, tuxumak, albitsiya, katalpa, maklyura, soxta akatsiya, eman (Quercus robur, Q. castanaciefolia), kashtan (Cas-tanea crenata, C. sativa) shuningdek bir necha tur ninabargli doim yashil daraxtlarni misol tariqasida ko’rsatish mumkin.
Tola beruvchi ekinlarga asosan, g’o’za, zig’ir, kanop, kandir, tut va kanakunjut kiradi.
Moy va efir moyli o’simliklarga kunjut, ko’knori, kungaboqar, yeryong’oq, dolchin, sedana, rayhon, indov, shivit va marmarak kabi o’simliklarni ko’rsatish mumkin.
Sabzavot va poliz ekinlariga piyoz, sabzi, pomidor, baqlajon, turp, sarimsoq, lavlagi, karam, ukrop, kartoshka, tarvuz, qovun, qovoq., kabachka, bodring kiradi.
Sholi, bug’doy, tariq, arpa, makkajo`xori, qo’qonjo`xori suli, mosh, loviya, no`xat va soya kabilar donli va dukkakli ekinlarga mansubdir.
Bo’yoqbop o’simliklarga ruyan, maxsar, shirinmiya kabilarni ko’rsatish mumkin.
Dorivor o’simliklarga asosan, ko’knor o’simligi kiradi.
Yuqorida ko’rsatilgan madaniy o’simliklar bilan birga begona o’tlar ham o’sadi. Begona o’tlar madaniy ekinlar bilan birga o’sib, ularning hosilini kamayishiga sabab bo’ladi. Respublikamizda taxminan 500 dan ortiq begona o’t turlari bor, ulardan 100 ga yaqin tur juda ko’p uchraydi. Bunday begona o’tlardan g`umay, ajriq, kakra, salomalaykum, sachratqi, qo’ypechak, oqbosh, takasoqol, qamish kabi ko’p yilliklarni va ituzum, sho`ra, machin, semizo`t, itqo`noq, shamak, kurmak, bo’ztikan, jag’-jag’, chitir, sutlama, veronika singari bir yillik o’tlarni ko’rsatish mumkin.
15. Suvda yashovchi o`simliklardan qaysilarini bilasiz va ularning o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat.
- Suvda yashovchi o’simliklar Yer sharida juda keng tarqalgan. Ular dengiz va okeanlarda, daryo hamda ko’llarda uchraydigan tuban (ko’k-yashil, yashil, qizil, qo’ng’ir va diatom suvutlar), yuksak sporali va gulli o’simliklarning vakillaridir.
Yer sharining hajmi 510 mln km2 bo’lsa, shundan 361 mln km2 (61%) ni suv tashkil etadi.
Suv havoga nisbatan bir necha marta zich bo’lganligi sababli yil fasllari, shuningdek, bir sutkada suv muhitida quruqlik muhitiga nisbatan umumiy iqlim sharoitining (xususan suv temperaturasining) birmuncha barqaror va o’zgarmas bo’lishiga sabab bo’ladi.
Suvda yashovchi o’simliklarning hayot formalari bir xil. Ular gigrofit o’simliklardir. Suvda yashovchi yuksak o’simliklarda tayanch (mexanik) to’qima mutlaqo rivojlanmagan. Shuning uchun ham ularning poyasi va bargi yumshoq hamda egiluvchan bo’lib, suv oqimiga qarab o’z holatini o’zgartira oladi.
Suvda kislorod miqdorining kam bo’lishi suvda yashovchi o’simliklar tanasining moslanishiga va suvda erigan kislorodni o’ziga singdirishiga imkon beradi.
Suv o`simliklari suv qatlamida joylanishiga ko’ra: pleyston, plankton va bentos o’simliklar gruppasiga bo’linadi.
Pleyston organizmlar suv yuzida erkin suzib yashovchi o’simliklardir. Tuban o’simliklardan bu gruppaga qo’ng’ir suvo`tlarning alohida vakillarini kiritish mumkin. Bu xol xususan, sargas dengizida yaqqol ko’rinadi. Gulli o’simliklardan vakil sifatida puzirchatka, vodokras, elodeya, rogolistnik, ryaska kabilarni va sporali o’simliklardan suv qirqulog’ini ko’rsatish mumkin. Gulli o’simliklarning yuqorida qayd etilgan vakillari ko’pincha daryo va ko’l suvlarida uchraydi.
Plankton organizmlar suvda osilgan holda hayot kechiradi. Ularga bakteriyalar, bir qancha suvo’tlar (xivchinlar, yashil, va ko’k-yashil suvo’tlar) kiradi. Plankton organizmlar odatda sho’r va chuchuk suvlarda yashovchi o’simliklardan tashkil topgan. Ular baliq va boshqa suv hayvonlari uchun ozuqa hisoblanadi.
Bentos o’simliklarga rizoidlari (suvo`tlar) va ildizi (gulli o’simliklar) yordamida substratga birikib yashaydigan organizmlar kiradi.
Suvning chuqurligiga ko’ra bentos organizmlar litoral, sublitoral va elitoral mintaqalarga bo’linadi. Litoral mintaqada qirg’oqlarga yaqin joylarda o’suvchi yashil va qo’ng’ir suvo’tlar, tropikda esa qizil suvo’tlarning vakillari o’sadi. Sublitoral mintaqada 40 m chuqurlikda yashovchi yashil va qizil suvo’tlarning ayrim vakillari hayot kechiradi. Elitoral mintaqada 40 m dan chuqurroq qatlamdagi qo’ng’ir va qizil suvo`tlarning vakillari uchraydi.
Chuchuk suvlarda bentos holda uchraydigan gulli o’simliklardan suv ayiqtovoni, urut, valisneriya, nufar, nilufar, g’ichchak kabilarni ko’rsatish mumkin.
Suv o’simliklari orasida dengiz va okeanlarda yashovchi tuban o’simliklarning bir necha tip vakillari (qo’ng’ir, qizil, diatom, yashil suvo’tlar) xo’jalik ahamiyatiga ko’ra aloxida o’rin egallaydi: Bu o’simliklar oqsil, moy, karbonsuv va boshqa biologik aktiv moddalar manbai hisoblanadi.
Dengiz biomassa miqdori 35 mlrd. dan iborat bo’lib o’rta hisobda 1 ga hajmda 2,5 t ga teng ekanligi aniqlangan. Shulardan 1,7 mlrd tasi suvo’tlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |