6. Botqoqlik qanday vaziyatlarda hosil bo`ladi?
- Botqoqliklar odatda ikki xil vaziyatda: 1) dastlab quruq o’rmonlarning va 2) suv xavzalari (kullar va eski daryo oqimlari) ning botqoqlana borishi natijasida hosil bo’ladi.
Dastlab quruq o’rmonlar o’sgan joylarning botqoqlanishiga asosan, o’rmonlarning qirqilishi, yong’inlarning sodir bo’lishi, tuproq tarkibida loy tuproqli qatlamning hosil bo’lishi va kakkuzig’ir moxi kabi ba’zi o’simliklarining o’sishi sabab bo’ladi. Natijada bu joylarda bug’lanish kamayadi. Yer osti suvlari esa yuqoriga ko`tarila boradi va tuproqni ortiqcha namlanishga olib keladi. Tuproqning kun sayin namlana borishi unda kislorod miqdorini kamayib ketishiga (anaerob sharoitni yuzaga kelishiga) olib keladi. Bu hol tuproqda yashaydigan bakteriyalar hayotiga yomon ta’sir etib, chirish jarayonini deyarli to’xtashiga sabab bo’ladi. O’simlik qoldiqlari to’liq chirib ulgurolmaydi. Buning ustiga ba’zi organik kislotalar xosil bo’lib bakteriyalar hayotini so`ndiradi. Chala chirigan o’simlik qoldiqlari to’plana borib, bir qancha vaqt ichida bu joylarda torf qatlamini vujudga keltiradi. Bunday qatlam hosil bo’lgan joylarda oq moxlar (torf moxlari) o’sa boshlaydi va ular suvning ko’p miqdorda yig’ila boshlashiga sabab bo’ladi. Oq moxlar tanasida ko’p miqdorda suv to’planadi.
7. O`t bosish davri qanday boradi.
- O`t bosish davri. Ko’l va daryo oqimining uzilib qolgan joylarida dastlab har xil suvo`tlar (yashil, ko’k-yashil diatom), gulli botqoq o’simliklari ko’p uchraydi. Bunday joylarda turli o’simliklar bir necha yarus hosil qiladi.
1) Mikrofit yarus. Ko’l va oqmaydigan daryo suvlari ostida ko’k-yashil diatom, yashil suvo’tlar va mayda hayvon organizmlari birinchi mintaqani tashkil qiladi. Zoobentos organizmlarning qoldiqlari suv tagida 10—15 sm qalinlikda chirindi qatlamini hosil qiladi. Bunday qatlam sapropelit deyiladi.
2) .Makrofit yarus. Qirg’oqqa yaqin joylarda yashil suv o’tlarning yuksak vakillaridan xara va nitella suvo’tlari, gulli o’simliklardan shoxbarg (Ceratophyllum demersum), g`ichchak (Pota-mogeton freisii P. obtusifolius, P. pusillus) bilan birga o’sadi.
3) Keng bargli g`ichchak yarus. Suvning chuqurligi 4-5 m ga yetadigan joylarda keng bargli g’ichchak (Potamogeton perfolia-tus, P. lucens), miriofillum, sparganium o’sadi.
4) «Suvnilfiyasi» yarusi. Suv nilfiyasi bilan birga nulufar va suzuvchi g’ichchak o’sadi. Uchinchi va to’rtinchi yarusni tashkil qiluvchi o’simliklarning qoldiqlari sapropelitli torf qavatidan iborat cho’kma hosil qiladi.
5) 2-3 m chuqurlikdagi joylarda qamish, ko’l qiyog’i (Scirpus lacustris) kabilar o’sadi.
6) Suvning 1 m chuqurlikdagi joylarida turli xil o’tlar, qiyoqlar (Sagex gracilis), nayzabarg, alisma, suvayiqtovon, susak kabilar o’sadi.
Shunday qilib, bir qancha vaqtdan keyin bunday ko’llar va daryo uzilmalarida o’simlik qoldiqlaridan cho’kmalar hosil qilib, sayozlanib boradi va ko’milib qoladi.
8. Ko`milish ko`tarilish davri qanday boradi.
- Ko’llar va daryo oqimi uzilib qolgan qirg’oqlarning yo’qola borishi natijasida Sabelnik, vaxta, bslokrilnik, qiyoq, kabi ildizpoyali botqoq o’simliklari avval qirg’oqda, so’ngra o’rtaroqda o’sa borishi natijasida bunday joylar kichraya boradi va ko’mila boshlaydi. Ayni paytda pushitsa, klyukva, bagulnik, andromeda kabi botqoq o’simliklari o’sa boshlaydi. Bunday ko’llar atrofida qayin, qarag’ay, veresk, morshka kabi o’simliklar ham o’sadi.
O’rmon zonasidagi botqoqliklar unda o’suvchi o’simliklarning tarkibi va suv bilan ta’minlanishiga ko’ra ikki gruppaga: tepalik va pastqam botqoqliklarga bo’linadi. Gruppalar shartli bo’lib, ular to’liq bir jarayonning ikki etapi hisoblanadi. Shuning uchun ular genetik jihatdan o’zaro bog’liqdir.
Tepalik botqoqliklarida chirish jarayoni to’xtagach u yerda mineral oziqlar kamayadi. Shu sababli bu xildagi botqoqliklarda o’suvchi ayrim o’simliklar hasharotlar bilan ovqatlanishga majbur bo’lgan. Bunday o’simliklar hasharotxo’r o’simliklar deyiladi. Hasharotxo`r o’simliklardan rosyanka, pashshaqopqon (Dioneae), aldrovanda, puzirchatka, Shimoliy Amerika botqoqliklarida uchraydigan sarratseniyani ko’rsatish mumkin. Yevropa va G’arbiy Sibir yerlarida quyidagi o’simliklar o’sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |