Darajali ziddiyat a’zolari kamida uchta bo‘lib, bir belgining o‘sib borishiga ko‘ra a’zolar qator hosil qiladi. Darajali ziddiyat ham tilning barcha sathlarida uchraydi. Masalan, fonetikada unli fonemalar tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra ziddiyat hosil qiladi: [o]~ [o‘]~ [u]. Leksikada [tuzuk] ~ [durust]~ [yaxshi]~ [ ajoyib], [shivirla]~ [pichirla]~ [ayt]~ [gapir]~ [baqir]~ [hayqir], morfologiyada [harakat nomi] ~ [sifatdosh] ~ [ravishdosh] (fe’lnini o‘zgalash darajasiga ko‘ra belgisi asosida) kabi darajali ziddiyatlar hosil qilinadi.
Teng qiymatli ziddiyatda ikki a’zo o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra qarshilantiriladi. Masalan, jarangli va jarangsiz undoshlar; oq va qora: men va sen, ona va ota kabi bir-biriga qarama-qarshi ma’noli so‘zlar birligi teng qiymatli ziddiyatda turadi.Ziddiyatlar a’zolari miqdoriga ko‘ra ikki a’zoli (binar) va uch (ko‘p) a’zoli (ternar) ziddiyatlarga bo‘linadi. Noto‘liq teng qiymatli ziddiyatlar binar va darajali ziddiyat ternar ziddiyat deyiladi.
1.2.Sintagmatik va sintaktik aloqa
Sintaktik munosabatla r. Sintaktik birliklar ham til birligi sifatida tizim tarkibida sintagmatik va paradigmatik munosabatda boʼladi.
Paradigmatik munosabat. Sintaktik birikmalarning makon va zamonga bogʼliq bulmagan oʼzaro assoqiativ munosabati paradigmatik munosabat hisoblanadi. Maʼlum bir asosda oʼzaro assotsialashgan sintaktik birliklar paradigma aʼzolari sanaladi. Paradigma aʼzolarining umumlashmasi esa maʼ¬lum umumlashmani, kategoriyani hosil qiladi. Paradig¬ma va unint aʼzolari oʼrtasida umumiylik va xususiylik munosabati mavjud boʼladi. Har qanday umumiylik (invariant) xususiyliklar (variantlar) orqali namoyon boʼladi. Demak umumiylikning namoyon boʼlish shak¬li xususiylikdir.
Paradigmatik munosabat ham xuddi sintagmatik mu¬nosabat singari mazmuniy va shakliy paradigmatik munosabatlarga boʼlinadi.
Mazmuniy paradigmatik munosabat. Sintaktik birlik ikki va undan ortiq variant — maʼnolar birligidan tashkil topgan invariant maʼnoga ega boʼladi.
Maʼlum sintaktik birlik orqali ifodalangan in¬variant maʼnoning variant maʼnolari munosabati shu sintaktik birliqning mazmuniy paradigmasini hosil qiladi. Masalan, ega orqali ifodalangan subʼekt invariant maʼnosi quyidagi variant maʼnolar birligidan iborat:
Аgens (harakatni yuzaga chiq aruvchi): Bola oʼynayapti Pakiens (agens taʼsiriga uchrovchi subʼekt): Ona bolasini oʼynatdi.
Miqdor subʼekti: Suv tizzadan va boshqalar. Sintaktik koʼpmaʼnolilik sintaktik omonimiya hodisalari mazmuniy paradigmatik munosabatlarni oʼz ichiga oladi.
Shakliy paradigmatik munosabat. Sintaktik birliklar real holda bir qancha nutqiy koʼrinishlarda namoyon boʼladi. Har qanday sintaktik birlik oʼzida mohiyat va hodisa, umumiylik va xususiylik dialektikasiii til va nutq birliklariga boʼlinishi orqali aks ettiradi. har bir aniq soʼz birikmasi yoki gap orqasida qandaydir til mohiyati yotadi. Masalan, yuzlarimni silab-siypaladi aniq nutqiy birikma ikki soʼz shaklining grammatik-semantik aloqasini aks ettiradi: III shaxs birlikdagi oʼttan zamon feʼli — silab-siypaladi (hokim qism) va tushum kelishigidagi ot (tobe qism). Lekin bu bogʼlanish orqasida boshqa sintaktik qurilmalarni ham koʼrish mumkin. Uni qidirish yoʼli paradigmatik aspektda (assoqiaqiya asosida) tahlil qilish asosida aniq nutqiy hodisalarni umumlashtirishni taqozo etadi. Umumlashtirish esa bizni nutqiy hodisalardan til hodisasiga olib boradi. Bu ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda silab-siypaladi soʼzining shu birikma doirasida sintaktik qoidani boʼzmagan holda shaklini oʼzgartirish asosida (yuzlarimni silab-siynalab, yuzlarimni silab-siypalar, yuzlarimni silab-siypalagan va boshqalar) yoki tobe qismning shaklini oʼzgartirish asosida (yuzlarimdan silab-siypalab) shu narsa maʼlum boʼladiki, ikki soʼz shaklining bir qator nutqiy birikishi asosida maʼlum soʼz shaklining (silab-siypalamoq) boshqa soʼzining (yuzlarim) maʼlum shakli (tushum yoki chiqish kelishigi) bilan birikish namunasi hosil qilinadi.
Аgar bu birikmani, bir tomondan, sochlarimni (sochlarimdan silab-siypaladi), boshlarimni (boshlarimdan silab-siypaladi) kabi birikmalar bilan, ikkinchi tomondan, yuzlarimni (yuzlarimdan tirnadi, yuzlarimni tomo¬sha qildi) kabi birikmalar bilan qiyoslasak yuqoridagi birikma namunasi faqat yuzlarimni va silab-siypaladi soʼzlari uchungina xos emas, balki umumlashgan namuna orqali bir qancha boshqa soʼzlar asosida qator real birikmalar xosil qilinishi mumkin. Bu soʼz birikmasi namunasining muhim belgisi shuki, hokim boʼlak oʼtimli feʼldan, tobe boʼlak esa tushum kelishigidagi otdan ifodalanadi.
Shunday qilib, tahlilning ikkinchi bosqichida birikmalarning umumlashgan namunasi xosil qilinadi.
Umumlashgan namuna faqat soʼz birikmalari doirasidagina emas, balki gap doirasida ham, matn doirasida ham mavjuddir.
Sintaktik birliklarning umumlashgan namunasi til birliklari, ularning shu umumlashgan namuna asosida aniq reallashuvi esa nutq birliklaridir.
Sintagmatik munosabat. Muayyan sintaktik birlikning boshqa sintaktik birlik bilan ketma-ket munosabati sintagmatik munosa-batni hosil qiladi.
Sintaktik birlik til tizmasi tarkibida yuqori sath birligi sifatida shakl va mazmun birligidan tashkil topgan bir butunlik ekan, sintaktik birliklar oʼrta¬sida sintagmatik munosabat ham ikki tomonlama xususiyatga ega boʼladi: a) shakliy sintagmatik munosabat; b) mazmuniy sintagmatik munosabat.
Shakliy sintagmatik munosabat. Maʼlum sintaktik shaklning (gap boʼlagi shaklining) boshqa sintaktik shakl bilan ketma-ket munosabati shak¬liy sintagmatik munosabat sanaladi.
Аnʼanaviy tilshunoslikda «sintaktik munosabat» va «sintaktik aloqa» terminlari farqlanadi. «Sintaktik munosabat» termini sintaktik birliklar oʼrtasidagi maz¬muiiy sintagmatik munosabatni, sintaktik aloqa ter¬mini esa shakliy sintagmatik munosabatning ifoda tomonini bildiradi.
Har qanday shakliy sintagmatik munosabat maʼlum mazmuiiy sintagmatik munosabatni ifodalaydi va bu ikki munosabat birligi shakl va mazmun dialektikasini aks ettiradi. Masalan, ega va kesimning shakliy mu-nosabatidan tashkil topgan men keldim sintaktik qurilmasi subʼekt va predikatning mazmuiiy munosabatini ifoda qiladi.
Shakliy sintagmatik munosabat ikki xil boʼladi: a)teng munosabat (tenglanish); b) tobe munosabat (tobelanish).
Oʼzaro teng (bir xil) vaziyatdagi sintaktik shakllar munosabati teng munosabat hisoblanadi.
Teng munosabatdagi sintaktik birliklar koʼpincha bir xil grammatik shalda, bir xil sintaktik vaziyatda turadi va bir xil soʼrova javob boʼladi. Oʼzaro teng bogʼlovchilar, sanash ohangi va teng bogʼlovchi vazifasidagi boshqa vositalar yordamida bogʼlanadi. Masalan, Olimlar, fozillar, shoirlar shahri. (U.)
Oʼzaro teng munosabatda boʼlgan sintaktik shakllar boshqa bir umumiy sintaktik shakl bilan tobe munosa¬batda boʼladi. Masalan:
Olimlar, fozillar,shoirlar shahri
Аyrim mualliflar oʼzaro teng munosabatda boʼlgan sintaktik birliklar oʼrtasida shakliy bogʼlanishning mavjudligini inkor qiladilar.
А. M. Peshkovskiy fikricha, Salim, Karim, Halim kelishdi kabi qurilmalarda Salim, Karim, Halim boʼlaklari bitta keldi boʼlagi ustidan hokimlik qilish tufayli oʼzaro bogʼlanadi. Аslida esa uyushiq boʼlaklar oʼrtasida shakliy bogʼlanish yoʼq , ular birgalikda keldi boʼlagi bilan aloqaga kirishadi.
T.P.Lomtev uyushiq boʼlaklar oʼrtasida mazmuniy munosabat mavjudligini eʼtirof etadi. Uning taʼkidlashicha, uyushiq boʼlaklar oʼrtasida shakliy munosabat¬ning yuqligi bu soʼzlar orqali ifodalangan predmetlar oʼrtasida munosabatning yuqligini bildirmaydi. Predmetlar oʼrtasida munosabat bor: bu munosabat uyu-shiq boʼlaklar orqali ifodalangan predmetlarning bir xil holatdagi munosabatidir. Uyushiqlik munosabati ifodalanmish munosabatini aks ettirganligi tufayli unga soʼz shakllari oʼrtasidagi aloqa turi sifatida qaralishi mumkin emas [Lomtev T. P. Struktura predlojeniya v sovremennom rus¬skom yazыke. M., 1979, s. 51]. «Lekin uyushiq boʼlaklar bir xil vaziyatdagi sintaktik birliklarnipg shakliy jihatdan maʼlum bogʼlovchi vositalar (teng bogʼlovchilar va sanash ohangi) yordamida bogʼlanishi boʼlganligi sababli, ular oʼrtasidagi shakliy sintagmatik munosabatni inkor qilib boʼlmaydi.
Biri tobe, ikinchisi hokim vaziyatdagi sintaktik shakl¬lar munosabati tobe munosabat hisoblanadi. Bupday mu¬nosabatda tobe vaziyatdagi sintaktik shakl hokim vazi¬yatdagi sintaktik shaklning «boʼsh oʼrinlari»ni toʼldiradi, uning shakliy va mazmuniy valentliklarini ruyobga chiqaradi. Shuning uchun ham bunday munosabat doimo ikki qismdan — tobe va hokim qismdan iborat boʼladi. Masalan, moviy osmon.
Shakliy sintagmatik munosabat maʼlum bogʼlovchi vo¬sitalar yordamida ruyobga chiqadi. Bunday vositalar anʼanaga koʼra sintaktik aloqa vositalari hisoblanadi.
Oʼzbek tilining konun-qoidalari asosida maʼlum bir soʼz yoki soʼzlar guruhini bogʼli nutqning mustavil (sodda, qoʼshma gaplar va matn) va nomustaqil (gap boʼlagi va soʼz birikmasi) xususiyatga ega boʼlgan birligi sifatida shakllantiruvchi va ularii bogʼlovchi vositalar sin¬taktik aloqa vositalari sanaladi. Ular kuyidagilardan iborat: a) kelishiq egalik shakllari; b) yordamchi soʼzlar; v) ayrim holatlarda mustaqil soʼzlar, asosan, olmoshlar; g) gap va matnda gap boʼlaklarining yoki boshqa qismlarning tartibi; d) ohang.
Soʼz shakli. Soʼzlarning oʼzgarish paradigmasidagi soʼz oʼzgartiruvchi vositalar (kelishiik va egalik shakllari) bogʼli nutqda mustaqil soʼzlarni oʼzaro sintaktik aloqaga kirituvchi vositalar sanaladi. Oʼzgarish paradigmasidan sintaktik aloqa harakteriga muvofiq keladigan aniq bir shaklini qoʼllash yordamidagina maqsadimizga mos maʼnoni bera olamiz va gapni grammatik jihatdan oʼzbek adabiy tili meʼyoriga muvofiq ravishda toʼgʼri qoʼllay olamiz. Solishtiring: Аkamga kitob oldim — Аkamdan kitob oldim. Аkam soʼzining kelishik paradigmasidan (akam, akamning, akamni, akamga, akamda, akamdan) maqsadimizga muvofiq bittasini tanlashimiz maʼno farqlash uchun xizmat qiladi. Birinchisida maqsad kitobni kim uchun olganligini ifodalash boʼlganligi uchun aka soʼzining kelishik paradigmasidan atash semasiga ega boʼlgan joʼnalish shaklini, ikkinchisida esa maqsad kitobni kimdan olganligining ifodasi boʼlganligi uchun kelishik paradigmasidan chiqish semasiga ega boʼlgan chiqish kelishigi shaklini tanlagan. Yoki uzum soʼzi¬ning kelishik paradigmasidan (uzum, uzumning, uzumni, uzumga, uzumda, uzumdan) soʼzlovchi ; oʼz maqsadiga muvo¬fiq ravishda bittasini tanlaydi. Solishtiring: uzum ye (umuman uzum), uzumni ye (aniq oldidagi, maʼlum bir navdagi uzum), uzumdan ye (hammasini emas, uning bir qismini).
Soʼz oʼzgarish paradigmasidan oʼzimizga zarur bir shaklini tanlashimiz soʼzlarning oʼzaro bogʼlanish konun-qoidasiga muvofiq (boshqaruv, moslashuv yoki bitishuv) amalga oshiriladi.
Yordamchi soʼzlar. Yordamchi soʼzlar bogʼli nutqda gap boʼlaklari va gaplarni grammatik aloqaga kirituvchi; vositalar hisoblanadi. Bu vazifani bajarishda barcha turdagi yordamchi soʼzlarning xizmati bir xil emas.
1.Koʼmakchilar. Koʼmakchilar ham xuddi soʼz oʼzgarti¬ruvchi shakllar kabi gap boʼlaklarini va qoʼshma gap qismlarini sintaktik aloqaga kirituvchi vosita vazifasini bajaradi. Bu vositalar ot yoki ot oʼrnida almashinib kelgan olmoshlarni boshqa soʼzlar bilan (asosan
feʼllar bilan) bogʼlab keladi. Masalan: Ona oʼgʼlnning
soʼzi bilan ovundi(P.T.) Vatan uchun toʼkkali yoʼqmi bir qoshiq qonning (H.O.)
Аyrim hollarda koʼmakchilar kelishik shakllari bilan almashinishi mumkin. Solishtiring: Ona oʼgʼlining s oʼ z i b i l a n ovundi // Ona oʼgʼlining s oʼ z i d a n ovun¬di. Paxtani mashina bilan terdik // Paxtani m a sh i n a d a terdik Аkam m a k t ab t o m o n ketdi // Аkam m a k t a b g a ketdi. Yoki kelishik shakli bilan birga kelishi mumkin. Masalan: Аkam maktabga q a r a b (tomon) ketdi.
Shuning uchun ham soʼzlarning kelishikli (maktabga),. koʼmakchili (maktab tomon) va kelishikli-koʼmakchili (maktabga tomon) shakllari shu soʼzlarning sintaktik shakllari sanaladi. Bu sintaktik shakllar oʼrtasida maʼ¬lum mazmuniy farqlanishlar bor. Koʼp hollarda kelishiklari shakl bilan koʼmakchili shakl bir-biridan aniqlik-noaniqlik belgisiga koʼra farqlanadi. Sintetik (kelishikli) shakl koʼpincha aniqlik analitik (koʼmakchili) va sintetik-analitik (kelishikli-koʼmakchili) sintaktik shakllar esa noaniqlik belgisiga ega boʼladi. Solishtiring: maktabga ketdi (yoʼnalish nuqtasi aniq — maktab), maktab tomon ketdi// maktabga tomon ketdi (yoʼnalish nuqtasi aniq emas).
2.Bogʼlovchilar. Bogʼlovchilar sodda gap qismlarini,
qoʼshma gap komponentlarini va matn tarkibidagi gap¬larni oʼzaro grammatik va mazmuniy aloqaga kiritish uchun xizmat qiladi. Masalan: Soʼylab beray Z a y n a b v a O m o n Sevgisidan bir yangi doston. (H.0.)
3.Yuklamalar. Koʼmakchi va bogʼlovchining vazifasiga
qaraganda yuklamalarning sintaktik vazifasi murakkab
va xilma-xildir. Birinchidan, sodda gap tarkibida gap
boʼlaklarining sintaktik aloqaga kirishida teng bogʼlov-¬
chilar kabi xizmat qiladi. Shuning uchun ham teng bogʼlovchi oʼrnida yuklamani qoʼllash mumkin boʼladi. Masalan: Bir sevgikim jon berur tanga Ham Zaynabu Omonlarga xos. (H.0.) Zaynab va Omonlarga xos. Solishtiring: Keldi va ketdi // keldi-da, ketdi // keldi-yu ketdi. Faqat bogʼlovchi va yuklama oʼrtasida nozik mazmu¬niy farq bor. Uyushiq feʼl kesimlar yuklamalar yordamida bogʼlanganda, harakat tezligi semasi ham ifodalanadi.
Аyrim yuklamalar uyushiq boʼlaklarning va uyushiq gaplarning sintaktik aloqaga kirishuvida maʼlum darajada xizmat qilish bilan birga, uyushayotgan boʼlaklarga taʼkid maʼnosini (ham yuklamasi) va butun gapga inkor maʼnosini (na .... na ...) yuklaydi. Masalan: Na xotin, na farzand koʼr(ma)gan bir yigit. (U.) // Xotin ham, farzand ham koʼrmagan bir yigit.
Ikkinchidan, yuklamalar ergash gapli qoʼshma gaplar tarkibida ergash gaplarni bosh gapga bogʼlab keladi. Masalan: Bilki, jangda bilinadi mard yigitning sarasi. (HO.)
Yuklamalar matnning alohida gaplarini bogʼlab ke¬ladi va matn hosil qilish vazifasini bajaradi. Masa¬lan: Na koʼkning fonari uchmasdan, na yulduz sayr etib koʼchmasdan... (U.)
Yuqoridagi gapning birinchi komponentida na yuklamasining ishlatilishi xuddi shu yuklama bilan boshlanuvchi keyingi komponentning ham kelishini taqozo etadi. Keyingi komponent ifodalanmasa, birinchi kompo¬nent nisbiy tugal maʼno anglatmaydi, sinsemantik xususiyatga ega boʼladi. Аvtosemantiklik butun bir matnga xos boʼladi. Matn qismlarini bogʼlashda ohang asosini, inkor yuklamasi esa qoʼshimcha rolь uynaydi.
Yuklamalar matn qismlarini bogʼlashda xizmat qilish bilan birga, gapga emotsional-ekspressiv va modal maʼnolar ham yuklaydi. Masalan: Nahotki dengizlar chappa aylanib, nahotki daryolar oqar teskari.
4.Olmoshlar. Olmoshlar ergash gaplarning bosh gapga bogʼlanishida va matn qismlarining oʼzaro bogʼlanishida xizmat qiladi. Masalan: Toleim shulki, Vatanda bir guliston tanladim. (H.0.) Bu gapda ergash gapni bosh gapga bogʼlashda -ki yuklamasi ishtirok etishi bilan bir¬ga, olmosh mazmuniy «puch» soʼz boʼlganligi uchun keyin¬gi gap «puch» soʼzning maʼnosini izohlash, uni «toʼldirish» uchun xizmat qilmokda. Demak olmosh asosida ikki gap bogʼlanadi.
Olmosh matn hosil kilish vazifasini ham bajaradi. Bu vaqtda matnning birinchi qismida qatnashgan ot, sifat, son oʼrnida keyingi gapda olmosh almashinib ke¬ladi va bu almashinish matn qismlarini bir butunlik ichida birlashtirishga xizmat qiladi. Masalan: Bu erining yaqin oʼrtogʼi Toʼlanboy ismli kishi edi. U qiz tanlab-tanlab yoshini oʼtkazib qoʼygan, oxiri qirqni qoralab qolganda uylangan, oʼzi kichikkina, har gapiga maqol yoki matal qoʼshib gapiradigan soʼzamol kishi edi. U kirgan davra birdan yashnab ketar, toʼy-hashamlarda u boʼlmasa, oʼrni yoʼqlanib turadi. U oʼzini katta olmasdi. (S.А.)
Bu mikromatndagi gaplarning sintaktik aloqasi birinchi gap tarkibida kelgan atoqli ot Toʼlanboyning keyingi gaplarda III shaxs kishilik olmoshi bilan almashinishi orqali yuzaga chiqadi.
Boshqa mustaqil soʼzlar, odatda, maxsus grammatik vosita vazifasini bajarmaydi. Shunday boʼlishiga qaramasdan, ular ham maʼlum darajada gapning gramma¬tik shakllanishida xizmat qiladi. Аyrim mustaqil soʼzlarning leksik maʼnosi gapda qoʼllanilishi mumkin boʼlgan barcha soʼzlarning mazmuniy va grammatik aloqalari haqidagi, ayrim soʼzlarning mazmuniy vazifa imkoniyati haqidagi, boshqa soʼzlar bilan bogʼlanish imkoniyati haqidagi dastlabki axborotpi tashiydi.
Masalan: keldi soʼzi quyidagi savollarga javob boʼlib keluvchi soʼzlar bilan birika oladigan bush oʼrinlarga ega: keldi — kim?, qachon?, qaerdan?, nimada?, nima uchun?, qaerga? Demak bu feʼl oltita valentlikka, boʼsh oʼringa ega.
Gap tarkibida boshqa soʼzlarni ergashtiruvchi gram¬matik va mazmuniy markaz predikat sanaladi. Uning boʼsh oʼrinlarinn toʼldiruvchi, u bilan qandaydir munosabatda boʼlgan soʼzlar. predmet argumentlari hisoblanadi. Koʼrinadiki, predmet barcha argumentlarni uyushtirib, bogʼlab keladi.
5. Gap boʼlaklarining tartibi. Oʼzbek tili morfolo¬gik jihatdan agglyutinatlv tillarga kirganligi va koʼp hollarda soʼz shakllari uning sintaktik oʼrinlarini ham tayinlab turganligi tufayli gap boʼlaklarining tartibi amorf tillariga nisbatan ancha erkin. Gap boʼlaklari tartibining oʼzgarishi koʼpincha bu boʼlaklaring sintaktik oʼrnini va gapning umumiy mazmunini oʼzgartirmaydi. Masalan: Derazamning oldida bir tup oʼrik oppoq boʼlib gulladi. (HO.) Bir tup oʼrik derazamning oldida oppoq boʼlib gulladi. // Bir tup oʼrik oppoq: boʼlib derazamning oldida gulladi. // Gulladi bir tup oʼrik oppoq boʼlib derazamning oldida.
Lekin bu holat gap boʼlaklarining tartibi maʼlum bir meʼyorga boʼysunmaydi, degani emas. Oʼzbek tilida gap boʼlaklarining tartibi quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) soʼz birikmalari qismlari tartibining gramma¬tik meʼyorini koʼrsatish; 2) gap (jumla)ning kommunikativ makeadiga koʼra u yoki bu boʼlakning ahamiyatliligini koʼrsatish; 3) nutqning uslubiy xususiyatini aks ettirish va boshqalar. (Bu xususiyatlar haqida «Gap boʼlaklarining tartibi» mavzusiga qarang.) Shunday qilib, gap boʼlaklarining tartibi maʼlum grammati uslubiy vazifa bajaradi.
6.Ohang. Gapning grammatik shakllanishida ohang vositalarining ishtiroki zaruriydir. Chunki ohang gap¬ning zaruriy belgilaridan biri hisoblanadi. Gapning melodikasi turli xildagi axborotlarni ifodalash xususiyatiga ega: gaplarning darak soʼroq, buyruq turlarini; emoqionallikka koʼra turini ajratishda Poezd keldi (emoqionalsiz) // Poezd keldi! (emotsionalli); soʼz va gaplarni farqlashda (bahor — soʼz, Bahor — gap); turli piching, kesatiq, ishonchsizlik taxmin kabi modal maʼnolar ifodasida (Pichoqni shu Xolmat uradimi? // Pichoqni shu Xolmat uradimi?!) va boshqalar.
Shunday qilib, bogʼli nutqda gapni shakllantirishda xilma-xil vositalar ishtirok etadi. Jumladan, sintaktik (gap boʼlaklarining tarkibi, yordamchi soʼzlar), leksik (mustaqil soʼzlar), morfologik (mustaqil soʼzlarning morfologik shakli), fonetik (ohang) vositalar. Bularning koʼpchiligi (morfologik vositalardan tashqari barcha vositalar) barcha tillar uchun harakterli boʼlib, universal xususiyatga egadir.
Mazmuniy sintagmatik munosabat. Sintaktik birliklar fakat shakliy jihatdangina emas, balki mazmuniy jihatdan ham oʼzaro bogʼlanadi. Ikki sintaktik shaklning bir-biri bilan toʼgʼri bogʼlanishi uchun faqat shakliy bogʼlanishning toʼgʼriligi kifoya qilmaydi. Masalan, yemoq feʼli oʼtimlilik xususiy grammatik maʼnosiga ega boʼlganligi tufayli shakliy jihatdan tushum kelishigidagi otni boshqarib keladi. Demak tobe qismning tushum kelishigida kelishini talab qiladi. Har qanday tushum kelishigidagi otning oʼtimli feʼl bilan grammatik bogʼlanishi shakliy jihatdan toʼgʼri. Masalan, toshni yemoq. Lekin har qanday tushum kelishigidagi otning yemoq hokim boʼlagiga bogʼlanaverishiga mazmun yul qoʼymaydi.
Tushum kelishigidagi tobe qism bilan hokim qism toʼgʼri bogʼlanishi uchun mazmuniy moslikka ham ega boʼlishi kerak Tobe va hokim qism har ikkisida takrorlanadigan umumiy semaga ega boʼlishi kerak Аna shu umumiy sema tobe va hokim qismlarning mazmuniy bogʼlanishi uchun asos boʼladi. Masalan, yemoq feʼli faqat yemish mazmuniy maydoniga kiruvchi soʼzlar bilan bogʼlana oladi (gusht, osh, olma, gilos va boshqalar).
Mazmuniy birliklarning ketma-ket munosabati maz¬muniy sintagmatik munosabatni xosil qiladi. Sintak¬tik birliklarning mazmuniy munosabati kishi ongida aks etgan moddiy dunyodagi elementlarning oʼzaro munosabatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |