2-oliy ta’lim “Oʻzbek tili va adabiyoti” yoʻnalishi 2-kurs Hozirgi oʻzbek adabiy tili fanidan Mavzu


II.BOB.Til birliklari orasidagi ierarxik munosabatlar 2.1. Lisoniy ziddiyat va uning turlari. Noto‘liq, darajali, teng qiymatli ziddiyatlar



Download 442,17 Kb.
bet4/5
Sana01.07.2022
Hajmi442,17 Kb.
#726313
1   2   3   4   5
Bog'liq
Til birliklari orasidagi sintagmatik va paradigmatik munosabatlar

II.BOB.Til birliklari orasidagi ierarxik munosabatlar
2.1. Lisoniy ziddiyat va uning turlari. Noto‘liq, darajali, teng qiymatli ziddiyatlar

Masalan, predmet va uning belgisi (taʼmi— mazasi, xususiyati, rangi, mikdori va boshq alar) oʼrtasidagi munosabat, harakag va uning belgisi (tarzi, sababi, oʼrni, payti va shu kabilar) oʼrtasidagi munosabat, harakat va uning subʼekti oʼrtasidagi munosabat, harakat va uning obʼekti oʼrtasidagi munosabat va boshqa¬lar.
Shunga muvofiq, sintaktik birliklar oʼrtasidagi mazmuniy sintagmatik munosabatni ham quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1) subʼekt va predikat munosabati yoki predikativ va subʼektli munosabat;
2) belgi va predmet oʼrtasidagi munosabat yoki atributiv munosabat;
3) belgi bilan harakat oʼrtasidagi munosabat yoki relyativ munosabat;
4) predmet (obʼekt) va harakat oʼrtasidagi munosabat yoki obʼektli munosabat.
Аtributiv munosabat belgi + predmet semantik modelidagi soʼz birikmasi uchun xosdir (qizil qalam, uchta daftar), shoir Аbdulla Oripov tipidagi oppozitiv mu¬nosabat ham atributiv munosabatning bir turi sifatida qaraladi.
Obʼektli munosabat obʼekt + harakat, predmet + belgi (komparativ birikmalarda: Karimdan katta, Karimdan kuchli va boshq alar) semantik modelidagi soʼz birikmalarida ifodalanadi.
Relyativ munosabatni ifodalovchi soʼz birikmalari bir qancha semantik modellarga ega:
1) harakat + uning sifat yoki miqdor tavsifi (tez yurmoq, koʼp oʼqimoq ); 2) harakat + uning yuzaga chiqish oʼrni (Moskvadan kelmoq Moskvada ishlamoq); 3) harakat yoki belgi + uning yuzaga chiqish nayti tongda turmoq , doimo quvnoq ); 4) harakat yoki belgi + uning yuzaga chiqish sababi (kasalligi uchun kelolmadi yoki kasalligidan kelolmadi, tadbirkorligi uchun hurmatli); 5) harakat + uning yuzaga chiqish maqsadi (dam olish uchun bordi) va boshqalar.
Subʼektli munosabat subʼekt va uning harakati munosabatidir. Bu munosabat ikki xil shakliy sintaktik munosabat orqali ifodalanadi. Birida ega va kesimning moslashuv yoʼli bilan bogʼlanishi orqali ifodala¬nadi. Masalan, Halima kuyladi. Ikkinchisida esa subʼektni bildiruvchi qism qaratqich aniqlovchi shaklida, qaratuvchi predikatni bildiruvchi qism esa egalik shak¬lida qaralmish vaziyatida keladi. Demak qaratuvchi va qaralmishning muvofiqlashuv aloqasi orqali ifodala¬nadi.
Аnglashiladiki, subʼektli munosabat borliqdagi maʼlum propozitsiyani aks ettiradi va tilning ikki xil birligi orqali ifodalanadi: a) gap orqali (ega — kesim orqali), b)soʼz birikmasi (qaratuvchi — karalmish aloqasi) orqali.
Soʼz birikmasi sathida subʼektli munosabatii atri¬butiv munosabatdan alohida olinishiga sabab shuki, bu munosabat predikativ munosabat bilan assotsiativ bogʼlangan. Har ikki munosabat ham bir propozitsiyani ifodalaydi. Ular oʼrtasidagi farq shu propozitsiyannng qanday ifodalanishidadir.
Subʼektli munosabatning bu ikki turini ikki sath birligi sifatida farqlash uchun ega-kesim munosabati orqali ifodalangan subʼektli munosabatii predikativ, qaratuvchi-karalmish munosabati orqali ifodalangan subʼektli munosabatini muvofiqlashuv munosabati terminlari bilan nomlash mumkin.
Bulardan tashqari, undalma va kirishlar orqali ifodalanadigan mazmuniy munosabat turi ham borki bu mazmuniy munosabat yuqoridagi mazmuniy munosabatlardan maʼlum farqli xususiyatlarga ega.
Аtributiv, relyativ, obʼektli va boshqa mazmuniy munosabatlar gapning sintaktik toʼzilishi orqali ifodalanadigan diktum (propozitsiya)ning ikki birligi oʼrtasidagi munosabat boʼlsa, ikkinchi tipdagi munosabat gapning sintaktik toʼzilishi orqali ifodalangan dik¬tum bilan soʼzlovchi oʼrtasidagi munosabat, boshqacha aytganda, diktum va modus munosabatidir.
Birinchi tipdagi munosabat obʼektiv munosabat boʼl¬sa, ikkinchi tipdagi munosabat subʼektiv munosabatdir. Birinchi tipdagi munosabat gap (jumla) diktumiga kirsa, ikkinchi tipi modusiga oid boʼladi.
Birinchi tipdagi munosabat oʼzining shakliy bogʼlovchi vositalariga va bogʼlanish usuliga (moslashuv, boshqaruv, bitishuv) ega boʼlsa, ikkinchi turi bunday xususiyatga ega emas.
Ikkinchi tipdagi munosabatni gap (jumla) diktumiga qanday maʼno yuklashiga koʼra ikki turga ajratish mum¬kin:
a) vokativ munosabat: undalma orqali ifodalangan
predmetning (tinglovchining) gap (jumla) orqali ifodalangan diktum bilan munosabati;
b) modal munosabat: gap (jumla) orqali ifodalangan diktum bilan soʼzlovchining munosabati.

Tobelikning yoʼnalishiga koʼra sintaktik aloqa turlari. Sintaktik aloqa yoʼnalishiga koʼra ikkiga boʼlinadi: a) ikki tomonlama aloqa (koordinatsiya), b) bir tomonlama aloqa (subordinatsiya).


Ikki tomonlama aloqa (koordinatsiya). Ikki tomonlama aloqada ikki sintaktik shakl oʼzaro ikki tomonlama — ham chapdan oʼngga qarab, ham oʼngdan chapga qarab bogʼlanadi. Xar ikki sintaktik shakl bogʼlovchi vosita oladi. Bunday aloqada sintaktik shaklning birini hokim, ikkinchisini tobe deb boʼlmaydi. Tobelanishning bir yunalishida hokim qism, boshqa yunalishida tobe vaziyatni egallaydi. Masalan, mening qalamim tipidagi qaratqich va qaralmish aloqasida qaratuvchi qaratqich kelishigi, qaralmish esa qaratuvchining shakliga muvofiq ravishda I shaxs egalik qoʼshimchasini olib, oʼzaro bogʼlanadi. Bunday bogʼlanishda, bir tomondan, qa¬ratuvchi qaralmishniig oʼziga mos egalik shakllaridan birida kelishini, ikkinchi tomondan, qaratuvchini qaratqich kelishigida kelishini talab qiladi. Аna shu xususiyatlarini hisobga olib, ayrim mualliflar bunday aloqani teng aloqadan ham, tobe aloqadan ham farqlagan holda alohida aloqa turi sifatida ajratishni maʼqul koʼradilar [R a s u l o v I. Soʼz birikmasi masalasi. Oʼzbek tili va adabiyoti. 1978, 2-son. 37-bet; Mamedov H., BerdialievА. Soʼz birikmalarida moslashuv hodisasi bormi? — Oʼzbek tili va adabiyoti, 1973, 3-son; Oʼzbek tili grammatikasi. II qism , Toshkent, 1976, 16-bet]. Sintaktik aloqaning bu turi uchun turli xil terminlarni tavsiya qiladilar: tobedosh aloqa [Oʼzbek tili grammatikasi, II qism , oʼsha bet.], munosabatdorlashish [R a s u l o v I. Oʼsha maqola, 38-bet.]3 va boshqalar.


Darhaqiqat, qaratuvchi — qaralmish aloqasi tobelanishning bir tomonlama yoʼnalishiga asoslangan tobe aloqadagi—subordinatsiyadan tubdan farq qiladi. Shuning uchun bunday aloqani tobe alokddan farqlab oʼrganish maqsadga muvofiq Biz bu aloqani muvofiqlashuv (koordinatsiya) termini bilan nomlashni maʼqul koʼramiz.
Bir tomonlama aloqa (subordinatsiya). Bir tomonlama aloqada tobelanish yoʼnalishi bir to¬monlama boʼladi: tobelashish yo chapdan oʼngga qarab yoʼnaladi (ikkinchi darajali boʼlaklarning hokim boʼlak bi¬lan aloqasi), yo oʼngdan chapga qarab yoʼnaladi (bosh boʼlaklarning oʼzaro aloqasi). Tobe qism tobelashtiruvchi vosita yordamida hokim qismga bogʼlanadi. Masalan, kitobni oʼqi, ovqatdan ol, men keldim va boshqalar. Bunday aloqaning ikki turini farqlash lozim boʼladi: a) bir tomonlama bogʼli aloqa; b) bir tomonlama erkin aloqa.
Bogʼli aloq a. Tobe qismning qanday shaklda kelishi hokim qismga bogʼliq boʼlgan aloqa bogʼli aloqa sanaladi. Tobe qism hokim qism talab etgan shaklda keladi. Tobe qism qaysi shaklda kelishi hokim qism tomonidan belgilanadi. Masalan, kitobni oʼqi birikmasida tobe qism oʼtimli feʼldan ifodalangan hokim qism talabiga mu¬vofiq tushum kelishigida keladi.
Bogʼli aloqa uch turga boʼlinadi: a) moslashuv, b) boshqaruv. v) bitishuv.
Moslashuv. Tobe qism oʼz shaklini hokim qism shakliga muvofiqlashtirishi moslashuv sanaladi. Hokim soʼzning shakli oʼzgarishi bilan tobe qismning shakli ham oʼzgaradi. Demak, hokim qism shaklining oʼzgarishi tobe qismning oʼzgarishiga taʼsir qiladi. Аna shu xususiyati bilan bu aloqa boshqaruvdan farq qiladi (boshqaruv aloqasiga qarang).
Kesim ega bilan moslashuv yoʼli bilan bogʼlanadi. Men keldim qurilmasida ega (men) kesim (keldim) bi¬lan shaxs va sonda moslashgan.
Hozirgi oʼzbek tilida ega bilai kesim shaxsda moslashishi ham, sonda doimo moslashishi shart emas. Ega III shaxsdagi shaxs bildiruvchi otlardan ifodalanganda ke¬sim ikki variantda — birlikda ham, koʼplikda ham qoʼllanilishi mumkin. Masalan, talabalar toʼplandilar, talabalar toʼplanishdi, talabalar tuplandi.
Ega III shaxsdagi shaxs bildirmaydigan otlardan ifodalanganda, ega bilan kesim oʼrtasida sonda umuman moslik boʼlmaydi. Masalan, qushlar sayraydilar emas, qushlar sayraydi; yellar esadilar emas, yellar esadi.
Ega bilan kesimning moslashish qamroviga koʼra mos¬lashuv ikkiga boʼlinadi: a) toʼliq moslashuv, b) qisman moslashuv.
Ega bilan kesimning ham shaxsda, ham sonda mosligi toʼliq moslashuv sanaladi. Masalan, biz qazdik. Ega bilan kesimning faqat shaxsda mosligi qisman moslashuv hisoblanadi. Masalan, paxtalar ochildi.
Boshqaruv. Hokim qism talabi bilan tobe qismning maʼlum shaklda kelishi boshqaruv hisoblanadi. Masalan, tobe vaziyatdagi qalam soʼzi hokim vaziyatdagi yozmoq soʼzi ta¬labi bilan oʼrin-payt kelishigi yoki yordamchi soʼz yorda¬mida bogʼlanadi: 1) qalamda yozmoq, 2) qalam bilan yozmoq.
Hokim qism boshqaruvchi, tobe qism boshqariluvchi sa¬naladi. Tobe qismni hokim qismga bogʼlovchi vosita to¬be qismda — boshqariluvchida boʼladi. Shuning uchun tobe qismning qaysi shaklda ekanligi boshqaruv uchun ahamiyatli boʼlsa ham, hokim qismning qanday shaklda boʼlishining bu aloqa uchun ahamiyati boʼlmaydi. Аna shu xu-susiyati bilan boshqaruv aloqasi moslashuvdan farq qiladi (solishtiring: moslashuv).
Boshqaruv aloqasida tobe qism hokim qismning sintaktik va mazmuniy valentligini yuzaga chiqarish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun hokim qismning qanday soʼzdan ifodalanishi ham bunday aloqa uchun katta ahamiyatga ega.
Boshqaruvchi sifatida eng keng qoʼllanadigan soʼz turkumi feʼldir. Shu bilan birga, ot, sifat, son, ravishlar ham baʼzan boshqaruvchi boʼlib kelishi mumkin. Shuning uchun ham boshqaruvchining qanday soʼz turkumidan ifodalanishiga koʼra boshqaruv ikkiga boʼlinadi:
1) feʼl boshqaruvi, 2) ot boshqaruvi.
Hokim qism feʼl va uning funkqional shakllaridan ifodalangan boshqaruv aloqasi feʼl boshqaruvi sanaladi: uyni koʼrmoq uydan chiqmoq.
Hokim qism feʼldan boshqa soʼz turkumlaridan: ot, sifat, son, ravishdan ifodalangan boshqaruv aloqasi ot I boshqaruvi hisoblanadi: devdan kuchli, shamoldan tez.
Boshqaruv aloqasini yuzaga chiqaruvchi vositaga koʼra boshqaruv ikkiga boʼlinadi: 1) kelishikli boshqaruv, 2) koʼmakchili boshqaruv.
Tobe qismning hokim qismga kelishik shakllari orqali bogʼlanishi kelishikli boshqaruv sanaladi: senga oldim, temirdan qattiq .
Tobe qismining hokim qismga koʼmakchilar yordamida bogʼlanishi koʼmakchili boshqaruv hisoblanadi: maktab tomon ketdi, ariq boʼylab yurdi.
Baʼzan tobe qism hokim qismga kelishik shakli bi¬lan birga, koʼmakchi yordami bilan ham bogʼlanishi mum¬kin. Bunday ikkita vositali boshqaruv kelishikli-koʼmakchili boshqaruv sanaladi: maktabga tomon ketdi— maktab tomonga ketdi.
Shunga koʼra, bunday aloqani variantli va variantli boʼlmagan aloqaga boʼlish mumkin. Variantli boʼlmagan aloqada tobe qism hokim qism talabi bilan faqat bir shaklga ega boʼladi: uydan chiqmoq, Karimni koʼrmoq .
Variantli aloqada esa tobe qism hokim qismga bir necha shaklda bogʼlanadi: uzum yemoq — uzumdan yemoq, mak¬tabga ketmoq — maktab tomon ketmoq — maktab tomonga ketmoq variantlarining har biri oʼzaro umumiylik-xususiylik aniqlik-noaniqlik maʼnolari bilan farq q iladi.
Bitishuv. Tobe qismning xrkim qismga soʼz tartibi va ohang yordami bilan bogʼlanishi bitishuv sanaladi: katta bino, tez yurmoq , oʼnta bola.
Davrlar oʼtishi bilan kelishik shakli oʼz vazifasini yuqotib, soʼz tarkibida «qotib» qolishi mumkin. Bu hollarda kelishik shakllari tobe qismni hokim qismga bogʼlovchi vosita boʼlib kelmaydi. Shuning uchun ham bun¬day soʼzlar boshqaruv aloqasini emas, balki bitishuv aloqasini xocil qiladi: tezda keldi, yurakdan soʼzladi.
Bu soʼzlarda kelishik shaklining oʼz vazifasini yoʼqotib, qotib qolganligi soʼrogʼidan ham bilinib turadi, bu soʼzlar kelishikli soʼroqni talab qilmaydi: tezda (qachon?) ishga tushdi, yurakdan (kanday?) soʼzladi kabi. Oʼz vazifasidagi kelishik shaklini olgan soʼzlar esa shunday kelishikdagi soʼroqda javob boʼladi: olmadan (nimadan?) oldi, kitobni (nimani?) oʼqidi, doʼstidan (kimdan?) eshitdi.
E rk in a loqa . Bogʼli aloqada tobe qism hokim qismning valentli-gini yuzaga chiqarish uchun xizmat qilsa, u bilan chambarchas bogʼliq boʼlsa, erkin aloqada tobe qism hokim qismning valentligini yuzaga chiqarmaydi. Tobe qism¬ning qaysi shaklda kelishi hokim qismga bogʼliq boʼl¬maydi. Masalan, Zavodda ishchi. Sinfimizda aʼlochi.
Erkin aloqa bogʼli aloqa tarkibiga kiruvchi boshqaruvga oʼxshaydi. Shuning uchun ham oʼzbek tilshunosligida bunday tipdagi birikmalar boshqaruv aloqasi sifatida — ot boshqaruvi nomi ostida oʼrganib qolindi.
Lekin erkin aloqaga kiruvchi unsurlar boshqaruv unsurlaridan muhim belgisi bilan farq qiladi.
Boshqaruv aloqasining yuzaga chiqishida hokim qism¬ning mazmuniy grammatik xususiyati, uning kategorial belgisi asosiy (rolь uynaydi. hokim qismning katego¬rial xususiyati tobe qismning shaklini hamda uning hokim qism bilan bogʼlanish harakterini oldindan belgilaydi.1 Masalan, Mashinada keldim qurilmasida tobe qismning (mashinada) vosita kelishigida kelishi ho¬kim qismning umumiy kategorial maʼnosi (feʼl kategoriyasiga mansubligi) va xususiy kategorial maʼno¬si (oʼtimsizlik nisbat va h.k. ) bilan oldindan belgilangan.
Erkin aloqada hokim qismning umumiy kategorial maʼnosi ham, xususiy grammatik maʼnosi ham tobe qismni boshqaruv shaklida kelishini talab etmaydi. Rahmat (yordamingizga rahmat), sovgʼa (bolalarga sovgʼa, bolalardan sovgʼa, bolalarda sovgʼa), xat (akamdan xat, akamga xat, akamda xat) kabi soʼzlar oʼzlari uchun izchil bir shaklni talab etmaydi.
Bunday soʼzlarning joʼnalish, oʼrin, chiqish kelishiklaridagi soʼzlar bilan erkin bogʼlanaverishi ularning muayyan kelishik shaklidagi soʼzlarni boshqarishini emas, balki bu shakllarga nisbatan betarafligini koʼrsatadi.1
Аslida bunday tipdagi birikmalarning bir guruhi boshqaruvchi feʼlning tushib qolishi natijasida ikki birikmaning qisqarib, bir birikma holiga kelib qolishidan, oʼziga xos kantaminatsiya hodisasining roʼy berishidan vujudga kelgan. Masalan, «mehrobden chayon», I «tobutdan tovush» kabi birikmalar «mehrobdan chiqqan chayon», «tobutdan chiqqan tovush» singari ikki birikma asosida — boshqaruv (tobutdan chiqqan mehrobdan chiqqan) va bitishuv (tobutdan chikqan tovush, mehrobdan chiqqan chayon) aloqalaridan birinchi birikma hokim qismi (boshqaruvchi feʼl)ning tushib qolishidan hosil boʼlgan. Birinchi birikmada tobutdan, mehrobdan soʼzlari hokim qism (chiqqan) ning umumiy kategorial maʼ¬nosi (feʼlligi), xususiy kategorial maʼnosi (oʼtimsizligi, aniqlik nisbati), mazmuniy maydoni (yoʼnalshi harakati) talab etgan grammatik shaklda (chiqish kelishigida) kelgan. Ikkinchi birikmaning tobe qismi (...dan chiqqan) hokim qismga bitishuv yoʼli bilan borgʼlangan. Birinchi birikma hokim qismining tushib qolishi natijasida boshqaruv birikmasining tobe qism bilan bitishuv birikmasining hokim qismi birikib qoladi. Tabiiyki, hosil boʼlgan bunday birikma tobe qismining shakli hokim qismning umumiy kategorial va xususiy grammatik maʼnolariga asoslanmaydi. Natijada boshqaruv barham topadi.
«Menga ruxsat», «qardoshlarga salom» tipidagi bi¬rikmalar koʼmakchi feʼlning tushib qolishidan hosil boʼladi: menga ruxsat bering, qardoshlarga salom ayting. Tobe qism (menga, qardoshlarga) boshqaruvchi feʼlning kategorial va xususiy grammatik maʼnolari talab etgan shaklni olgan.
Boshqaruvchi feʼlning tushib qolishi esa boshqaruv munosabatiga ham barham bergan.
Yuqorida koʼrsatilgan tipdagi barcha birikmalarda tobe qismning shakli hokim qismning umumiy katego¬rial maʼnosi va xususiy grammatik maʼnosiga bogʼliq boʼlmaydi. Demak bunday tipdagi aloqa alohida tipni— erkin aloqani tashkil etadi.
Bunday aloqadagi tobe qism ayrim mualliflar tomonidan determinantlar termini bilan ham nomlanadi.
Sintaktik birliklarning darjali munosabati. Tilning bir sathiga mansub boʼlgan qimmat jixatdan bir xil birliklar oʼzaro sintaktik va paradigmatik munosabatga kirishadi.
Shu bilan birga, til birliklari oddiydan murakkabga qarab boʼlak va butun munosabatiga kirishadi. Kichik sath birliklari katta sath birliklari uchun mate¬rial boʼlib xizmat qiladi. Qimmat jihatdan bir xil birliklarning oʼzaro sintaktik munosabati oʼzidan yuqoriroq va yangi sifatga ega boʼlgan butunlikni hosil qiladi. Sintaktik birliklarning butun va boʼlak munosa¬bati darajali munosabat hisoblanadi. Masalan, matn butunlik sifatida oʼzaro sintaktik munosabatda boʼlgan bir necha sodda va qoʼshma gaplardan tashkil topadi. Qoʼshma gaplar bir butun sifatida sintagmatik munosabatdagi 2 va undan ortiq sodda gaplardan tashkil topadi. Sodda gaplar bir butun sifatida oʼzaro sintagmatik mu¬nosabatda boʼlgan bir necha boʼlaklardan yoki bir soʼzning yangi sifatga ega boʼlishidan (soʼz-gaplar) xosil boʼladi. Gap boʼlagi ikki va undai ortiq morfemalarning sintagmatik munosabatidan tashkil topgan maʼlum sin¬taktik vaziyatdagi butunlik — soʼz shakli sanaladi.
Sintaktik munosabatlarda shakl va mazmun aloqasi. Mazmuniy-sintaktik munosabatlar shakliy-sintakik .munosabatlar yoki sintaktik aloq alar yordamida ifodalanadi. Sintaktik munosabat bilan sintaktik aloqa bir-birini taqozo qiluvchi bir hodisaning ikki tomoni. boʼlsa ham, lekin ularning har ikkisi maʼlum oʼziga xoslikka ega boʼlganligi tufayli bir-biriga muvofiq kelishi shart emas.

Mazmuniy-sintaktik munosabat tarkibiga kiruvchi vokativ va modal munosabatlar shakliy jihatdan undalma va kirishlar orqali ifodalanadi va bu sin¬taktik shakllar gapning sintaktik qurilmasi birliklari sanaladi. Lekin ular mazmuniy-sintaktik muno¬sabati ifodalasa ham, sintaktik aloqaga kirishmaydi.


Shuningdek ayni bir sintaktik munosabat bir necha xil sintaktik aloqa yordamida namoyon boʼlishi mumkin.. Masalan, karatuvchi — qaralmish munosabati muvofiqlashuv (bizning maktabimiz), boshqaruv (bizning maktab) va bitishuv (bola kiyim) aloqasi orqali ifodalanadi.
Shuning uchun ham sintaktik munosabatlarning bu ikki tomoni dialektikaning q arama-q arshiliklar birligi va koʼrashini aks ettirish qonuniga amal qiladi.
Mazmuniy-sintaktik munosabatlarni umumlashtirgan holda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1.Subordinativ munosabat (bir tomonlama munosabat):
a) predikativ munosabat (ega-kesim munosabati);
b) obʼektli munosabat (toʼldiruvchi-toʼldirilmish) munosabati;
v) atributiv munosabat (sifatlovchi-sifatlanmish) munosabati;
g) relyativ munosabat (hol-hollanmish munosabati).
2.Koordinativ munosabat: karatuvchi qaralmish mu¬nosabati (ikki tomonlama munosabat).
3.Kopulyativ munosabat: uyushiq boʼlaklar munosabati.
4.Intraduktiv munosabat:
a) vokativ munosabat (undalma-jumla mazmuni);
b) modal munosabat (kirishning jumla mazmuni bilan munosabati).
Bu munosabatlarning birinchi, ikkinchi va uchinchi 3 guruhi sintaktik aloqa vositalariga ega boʼlsa, toʼrtinchi guruhi bunday xususiyatga ega emas.

Tabiat va jamiyat mahsuli bo’lgan inson, ayni paytda, ularning oliy namunasi ham sanalib, olamni narsa va predmet shaklida, voqyea va hodisa tarzida miyasida aks ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu jarayonda muhim vosita hisoblangan tilning ahamiyati g’oyatda muhimdir. Shuning uchun ham til va tafakkurni bir-biridan alohida tarzda tasavvur qilib bo’lmaydi. «Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo’lmaganidek, til ham tafakkursiz bo’lmaydi»1[1]1.


Tilning inson uchun fikrlash vositasi bo’lishi, moddiy asos sifatida xizmat qilishi uning amalda bo’lishidagi birinchi bosqich hisoblanib, ikkinchi bosqichda fikr, tafakkur mahsuli reallashadi, ya’ni u miyadan tashqariga chiqadi. Shunday qilib, ikkinchi bosqichda til kommunikativ – aloqa vazifasini bajarishga kirishadi.
Material maqomida turgan til muomala vositasiga, nutqiy jarayon quroliga aylanishi bilan uning imkoniyat doirasi ham kengayib boradi. Bu holni uchinchi bosqich deb atash mumkin. Bosqichlar soni ortib boravergani sari tilning ijtimoiylik mohiyati ham ochilib boraveradi. Inson nutqiy faoliyatida kommunikativ vazifani bajarayotgan til ko’magida suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum axborot ham yetkaziladi. Demak, tilga bo’lgan munosabatda to’rtinchi bosqich yuzaga keladi.
Til insonlar o’rtasida aloqa vositasi bo’lishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar to’g’risida xabar berishdan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum ta’sir o’tkazish, hissiyotini qo’zg’atish kuchiga ham ega. Agar bu holatni shartli ravishda beshinchi bosqich deb ataydigan bo’lsak, ta’kidlaganimizdek, tilning bosqichma-bosqich takomillashib, mukammalashib va imkoniyatlari ham asta-sekinlik bilan kengayib borishini kuzatamiz.
Mana shu o’rinda tilning hyech bir imkoniyati nutqsiz, nutqiy jarayonsiz amalga oshmasligi, yuzaga kelmasligiga ham amin bo’lamiz. «Til va tafakkurning birligi nutqda o’z ifodasini topadi. Nutq og’zaki va yozma holda mavjud bo’lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo’lib qoladi»2[2].
Ma’lum bo’ladiki, til nutqning o’ta muhim unsuri sifatida aloqa, xabar, ta’sir etishdek, shu bilan birga, imkoniyatlari nihoyatda kengayib borishi natijasi o’laroq kishilik jamiyati to’plagan tajriba va bilimlarni kelajak avlodlarga yetkazishdek ulug’vor ijtimoiy vazifani bajaradi.
O’z shakllanishi va rivojlanib borishi davomida uzoq tarixiy yo’lni bosib o’tadigan til asta-sekinlik bilan bo’lsa-da, takomillashib ham boradi. Bu holni uning ichki qurilishida, amalda bo’lish qoidalarining ma’lum bir tizimga kela borishida kuzatamiz. «Ichki qurilish nuqtai nazardan til ma’lum miqdordagi bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan til birliklarining yig’indisi va ana shu birliklardan foydalanish qoidalaridan tashkil topgan murakkab sistemadir»3[3] Tilning takomillashib borishi va nutq jarayonidagi bosqichlarini taniqli tilshunos olimlar H.Ne’matov va R.Rasulovlar sistem tilshunoslik «til-me’yor-nutq» tarzida ajratishini ta’kidlashib, qayd qiladilarki, «til bevosita kuzatishda berilmagan. U jamiyat a’zolarining ongida mavjud bo’lib, ularning barchasi uchun tayyor, umumiy, majburiy bo’lgan, fikrni shakllantirish va uni ifodalashga xizmat qiladigan birliklar va ularning o’zaro munosabatlari haqidagi tasavvurlar yig’indisi sifatida qaraladi.
Nutq tilning namoyon bo’lishi, ro’yobga chiqish, voqyelanish shakli bo’lib, u bevosita kuzatishda berilgan, moddiy (tabiiy, fizik) shaklga egadir.
Me’yor (norma) - til birliklarini nutqning u yoki bu ko’rinishida ishlatish qonuniyatlari va imkoniyatlari bo’lib, ular jamiyat tomonidan belgilangan va aniqlangandir»4[4]. Anglashilayaptiki, til va nutq material va uning voqyelanishi nuqtai nazaridan boshqa-boshqa tushunchalar bo’lish bilan birga, ular bir-birlarisiz mutlaqo yashay olmaydi ham. Me’yor esa ularning yashash tarzini belgilaydi.



Download 442,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish