23-Mavzu
Yuqori kuchlanishli ochirgichlar.
Havo o’chirgichlari
Havo o’chirgichlarda elektr yoyi siqilgan havo oqimi yordamida so`ndiriladi.
Tok o`kazuvchi qismlarning izolyatsiyasi esa chinni, shisha, polimer yoki boshqa
qattiq izolyatsiyalovchi materiallar qo`llab bajariladi.
Havo o’chirgichlarining afzalliklari: yong`in va portlashga xavfsiz, tez
ishlashi, yuqori uzish qobiliyatiga egaligi, tez ishlovchi avtomatik qayta ulash APV
ni amalga oshira olishi, yoy so`ndiruvchi kontaktlarni kam eyilishi, tashqariga va
ichkariga o`rnatishga yaroqliligi, tannarxi nisbatan arzonligi, ta’mirlash
qulayligidadir.
Havo
o’chirgichlarning
kamchiliklari:
kompressor qurilmasi bo`lishining zarurligi, qator
detal
va
qismlarning
konstruksiyasining
murakkabligi, qimmatligi.
Havo o’chirgichlarida elektr yoyi maxsus yoy
o`chiruvchi
qurilma
DU
(dugogasitel’nie
ustroystva)larda o`chiriladi. DUlar ichida yoy
ustuniga katta tezlik bilan harakatlanuvchi havo
oqimi bilan purkab, yoy o`chiriladi.
110 kV kuchlashga mo`ljallangan ajratkichli
havo uzgichining umumiy ko`rinishi 12.1-rasmda
keltirilgan.
Jixozning tagida boshqaruv qutisi 6, siqilgan
havo to`ldirilgan g`ilof-bak 7 o`rnatilgan. Uzgich
tashqi ochiq rezistiv bo`lgich 5 ga ega. Uzgichda
ikkita yoy o`chirish qurilmasi 1 va ajratgich
pichoq 3 bo`lib, ular chinni izolyator 4 ga
o`rnatilgan va izolyator 2 yordamida yerdan
izolyatsiyalangan. Izolyator 2 ning ichida yoy
o`chirish qurilmasini siqilgan havo bilan
ta’minlovchi asosiy havo uzatkichi va ajratgich
pichoq 3 ni harakatini ta’minlovchi yordamchi havo uzatkichi joylashtirilgan. Yoy
o`chirishni sifatli bajarish uchun yoy o`chirish qurilmasida o`rnatilgan kontaktlar 4
oralig`ining uzunligi optimal miqdorda olinadi. Bu oralik tiklanuvchi kuchlanishni
ushlab qolishga ojiz bo`lib, kontakt 4 zanjiri uzilgach, ajratgich pichoq 3 ham zarur
elektr mustahkamlikni ta’minlovchi masofaga ko`tariladi. Shundan so`ng kontakt 4
qayta ulanadi.
Ochirgichning ulanishi ajratgich pichoq 3 yordamida bajariladi. Uzgichga
kuchlanish kontakt 8 orqali kirib, kontakt 9 orqali chiqib ketadi. Tashqi ochiq havoda
ishlovchi uzgichilar yomg`ir, qor va muzlash kabi tabiat sharoitlarida ishonchsiz
ishlashi sababli zarur bo`lganda yopiq jixozlardan foydalanishga to`g`ri keladi.
Kuchlanishi 110 kV yopiq havo uzgichining umumiy ko`rinishi 12.2a-rasmda
keltirilgan. Jixozning nominal toki 2000 A, o`chirish toki 31,5 kA, to`la o`chirish
vaqti 0,06 soniya, to`la ulash vaqti 0,2 soniya, nominal bosim 2,0 MPa.
12.1-rasm. 110 kV kuchlashga
mo`ljallangan ajratkichli havо
uzgichining umumiy ko`rinishi.
Jixozning tagida boshqaruv qutisi 1 va siqilgan havo to`ldirilgan yordamchi
g`ilof-bak o`rnatilgan. Asosiy po`lat g`ilof-bak 3 tayanch izolyatori 2 ning ustiga
joylashtirilgan. Asosiy g`ilof-bak 3 ning ichida ikki juft uzish kontaktlari va ikkita
shuntlovchi rezistorlar o`rnatilgan. Jixozning kirish va chiqish polyuslari chinni
pokrishkalar 4 yordamda o`rnatib qo`yilgan. Pokrishkalar 4 ichida epoksiddan
yasalgan kirma izolyatorlar joylashtirilgan. Juft kontaktlar orasida kuchlanishni teng
taqsimlash uchun kondensatorlar 5 dan foydalanilgan. Jixozning elektr sxemasi
12.2b-rasmda keltirilgan.
Uzgichda nominal tok va qisqa tutashuv toklari asosiy kontaktlar 6 dan o`tadi.
Asosiy kontaktlar 6 ga parallel ravishda yordamchi kontaktlar 7 o`rnatilgan.
Yordamchi kontaktlar 7 shuntlovchi rezistorlar 8 bilan ta’minlangan.
Shuntlovchi rezistor 8 qarshiligi 2x200 Om dan tuzilgan. Oradan 0,03
0,035
soniya o`tgach, kontaktlar 7 ham uziladi. Bunda uzish tokining qiymati rezistor 8
ning qarshiligi bilan belgilanadi va kichikroq tok o`chiriladi. Tokni bunday ikki
bosqichli o`chirilishi jixoz ishini o`chiriluvchi zanjirda kuchlanish tiklanishi bilan
bog`lanishdan xoli qiladi.
12.2-rasm. 110 kV yopiq havo uzgichi: a) umumiy ko`rinishi; b) elektr sxemasi; 1-
boshqaruv qutisi; 2-tayanch izolyator; 3-bak; 4- chinni pokrishkalar; 5-
kondensatorlar; 6- asosiy kontaktlar; 7- yordamchi kontaktlar; 8- shuntlovchi
resistor.
O`chirishga o`chirish buyrug`i berilgach, avvalo, kontaktlar 6 uziladi va hosil
bo`lgan elektr yoyi havo oqimi bilan puflab o`chiriladi.