2 mundarija



Download 3,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/89
Sana10.07.2022
Hajmi3,9 Mb.
#769074
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   89
Bog'liq
SHISHA VA KERAMIKA (2)

 
9 – amaliy mashg‘ulot
(4 soat) 
Yupqa keramika asosida maishiy va sanitar-texnik buyumlar ishlab 
chiqarish;
Tayanch iboralari:
giltuproq, alyumosilikatlar, pishirish, mikrokompozit,
makrokompozit, mustahkamlik, suvga chidamlilik, sovuqqa bardoshlilik, 
modifikatorlar, devorbop keramika, bezak keramikasi, terrakota, texnologik 
prinsiplar.
 
Mineral xom ashѐga texnologik ishlov berib, yuqori haroratda kuydirish
natijasida olingan materiallar va buyumlarga keramik materiallar deyiladi. 
―Keramika‖ so‘zi lotincha ―Keramos‖ so‘zidan olingan bo‘lib, glina (gil) 
ma’nosini bildiradi.
Insoniyat tarixida gil asosidagi xom loydan tayѐrlangan devorbop 
materiallar va buyumlar, somonli suvoqlar qurilishda eramizdan avvalgi 8000
yillikda ishlatilgan. Ikki ming yil avval xom loy asosida Buyuk Xitoy 
Devorining katta qismi barpo etilgan. Misrda, Vavilonda, Eronda, Hindistonda,
Lotin Amerikasida xom loydan bino va inshootlar qurilganiga ko‘plab tarixiy
obidalar guvoxlik berib turibdi: Saxroi Kabir piramidalari, Erondagi Tezifon 
Arkasi, Perudagi CHon–chon binosi, YAmandagi ko‘p qavatli uylar va
boshqalar. Xom loy asosida XVII-XIX asrlarda Buyukbritaniyada,
Germaniyada, Italiyada, Ispaniyada va Skandinaviya mamlakatlarida bino va 
inshootlar barpo etilgan.


195 
Markaziy Osiѐda xom loy (paxsa) asosida qadimgi Xiva, Buxoro, 
Termiz va boshqa shaharlar qal’a devorlari barpo etilgan. Qadimgi Termizda
Budda ehrom va sajdagohlari, shoh saroylari paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan 
bo‘lib, xarobalari xozirgi kungacha saqlangan.
Paxsa va xom g‘ishtli binolar.
1 va 2 – eski Termiz sh.; 3 – Xiva sh., Ichan-Qal’a devori; 4 – Buhoro sh., Arki
devori; 5 – paxsa devor, Tunis; 6 – paxsa devorli qal’a, Turkmaniston.
Sopol buyumlar tarkibi qotib qolgan eritmaning uzluksiz fazasi va 
erimagan gilsimon, changsimon va qumli fraksiyalar hamda havo to‘lgan g‘ovak 
va bo‘shliqlardan iborat bo‘lganligi uchun ularni kompozitsiyali (murakkab) 
materiallar turkumiga kiritish mumkin.
Ma’lumki, sopol buyumlarni pishirish jarayonida oson eruvchi minerallar 
erib, qiyin eriydiganlari o‘zaro bog‘lanib, yoriq va g‘ovaklarni to‘ldiradi. Natijada 
butun hajmi bo‘yicha uzluksiz qotgan eritma ya’ni, matritsa hosil bo‘ladi. 
Soviganda esa kristall holatga aylangan mikrotuzilishga ega bo‘lgan matritsa
shishasimon ko‘rinishga o‘tib, sopolning mustahkamligini ta’minlaydi.
GOST talablariga ko‘ra keramik buyumlarning haqiqiy zichligi 2,5...2,7 
g/sm3, o‘rtacha zichligi 2000...2300 kg/m3, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 
0,5 dan 1000 MPa gacha bo‘ladi. Issiq o‘tkazuvchanlik koeffitsienti absolyut
zich sopolniki 1,16 Vt/(m K), g‘ovak sopolniki 0,07...1,0 Vt/(m K), issiqlik 


196 
sig‘imi 0,75...0,92 kDj/(kg K), issiqdan chiziqli kengayish koeffitsienti 
0,00014.
Keramik buyumlarning suv shimuvchanligi uning g‘ovakligiga qarab 0 dan 
70 % gacha bo‘ladi. Sovuqqa chidamliligi bo‘yicha quyidagi markalari
mavjud: F15; F25; F35; F75 va F100.
Bino va inshootlar qurilishi uchun ishlatiladigan sopol materiallar va 
buyumlarning turlari xilma-xil bo‘lib, ularning sifat va boshqa ko‘rsatkichlari 
qo‘llanilish sohasini belgilaydi (O‘zRST 552-2007).
Devorbop sopol buyumlar ichida hozirgi kunda eng ko‘p ishlatiladigani 
oddiy sopol g‘isht, turli xil samarali sopol materiallar (kovakli sopol g‘isht va 
toshlar, blok va plitalar), shuningdek, yirik o‘lchamli bloklar, g‘isht va sopol 
asosidagi panellardir.
Sopol g‘isht va toshlar oson eruvchan gillar va qo‘shilmalar qo‘shilgan 
gillar asosida tayyorlanadi. Ular asosan bino va inshootlarning tashqi va ichki
devorlarini tiklashda hamda devor paneli va bloklarini tayyorlashda 
qo‘llaniladi.
Sopol g‘isht va toshlar o‘lchamlariga qarab O‘zRST 530-95 bo‘yicha 
quyidagi xillarga bo‘linadi: oddiy g‘isht 250x120x65 mm; modulli g‘isht
250x120x88 mm; qalinlashtirilgan g‘isht 250x138x65 mm; oddiy sopol tosh 
250x120x138 mm; yirik sopol tosh 250x138x138 mm ; modulli sopol tosh 
250x250x138 mm va kovaklari gorizontal joylashgan sopol toshlar
250x250x120 va 250x250x80 mm.
G‘ishtlarning o‘lchamlardan chetga chiqishi uzunligi bo‘yicha ±5, eni 
bo‘yicha 4, qalinligi bo‘yicha esa 3 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Ichki devorlarga qoplanadigan plitkalar turli shaklda chiqariladi.
Kvadrat plitkalarning o‘lchami 150x150 mm, to‘g‘ri to‘tburchakli
plitkalarniki 150x100 va 150x75 mm, qalinligi 4...6 mm ga teng bo‘ladi.
Gilam nusxa - mozaika quyma plitkalarning 20 turdagi o‘lchamlari ishlab 
chiqariladi: chetlari 25, 35, 50, 75, 100 va 125 mm bo‘lgan kvadrat va 25x100 mm 
to‘g‘ri to‘rt burchakli plitkalar va h. k. Qalinligi 2,5 mm va o‘ng yuzasi turli rangli 
bo‘ladi 
Plitkalardan tayyorlangan qurama gilamlar panellar yuzalarini oplash va 
ko‘rinish joylarni pardozlash uchun qo‘llaniladi.
Polbop sopol plitkalar gil massasidan qo‘shilmalar va bo‘yovchi
aralashmalar yoki ularsiz zichlash va keyinchalik qovushgunga qadar pishirish 
yo‘li bilan tayyorlanadi. Natijada ularning suv shimuvchanligi 4 % gacha bo‘ladi.
Sopol plitkalardan yasalgan pollar suv o‘tkazmaydi, ishqalanishga 
chidamli, kislota va ishqor ta’siriga turg‘un bo‘ladi. Sopol plitkalardan 
yasalgan pollarning kamchiligi: issiqni o‘ziga ko‘p yutadi, zarbga qarshiligi past 


197 
va ancha sermehnatlidir. Sopol plitkalar jamoat binolarining kirish zallarida,
korxonalarning ishlab chiqarish xonalarida va boshqa joylarda ishlatiladi.
Keyingi yillarda silliq sayqallab tayyorlanadigan “keramogranit” 
plitkalardan keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Ushbu material kislota va
ishqorlar ta’sriga chidamliligi, siqilishdagi yuqori mustahkamligi, edirilishga 
chidamliligi, sovuqbardoshligi, qattiqligi (Moos shkalasi bo‘yicha 7...8) va boshqa 
tavsiflari bilan farqlanadi.
Keramogranit qoplama plitkalar 
Keramogranit plitkalari bilan pardozlangan ichki xonalarning dizayni juda 
nafis ko‘rinishga ega bo‘ladi. 
Keramogranit bilan pardozlangan zalning intereri 
Maxsus keramik materiallari va buyumlar
Bunday sopol materiallari va buyumlarga cherepitsalar, oqava va drenaj


198 
quvurlari, kislotalarga chidamli buyumlar, sanitariya-texnika buyumlari
va sh. k. kiradi.
CHerepitsa (TSh 7-192:2003) tomga yopiladigan material bo‘lib, oson 
suyuqlanadigan gillardan xom materialni qoliplash, quritish va pishirish yo‘li
bilan tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda sopol korxonalari cherepitsalarining bir 
necha turini: o‘yiqli qoliplangan, o‘yiqli tasmasimon, tasmasimon yassi va 
konkisimon turlarini ishlab chiqarmoqda.
CHerepitsa tomga biri ikkinchisining ustiga chokli bostirib qo‘yilgani 
uchun foydali yuzasi 50...85 % ni tashkil etadi. CHerepitsaning suv shimgandagi 
massasi 50...60 kg/m2 atrofida bo‘ladi. Sovuqqa chidamliligi esa 25 davrdan kam 
bo‘lmasligi kerak.
CHerepitsa tomga yopiladigan mustahkam, chidamli va olov bardoshli 
material bo‘lib, 300 yilgacha xizmat qiladi. Undan yopilgan tom tez-tez ta’mir 
talab qilinmaydi. CHerepitsa hozir qurilishning barcha sohalarida ishlatilmoqda.
Sanitariya-texnika buyumlari (O‘zRST 831-97) umivalnik, unitaz, vanna,
yuvish bachoklari va sh. k. lar oq gildan, fayans yoki yarim chinni 
massalardan tayyorlanadi. Xom ashyo massalar tarkibiga kaolin, oq gil, dala 
shpati, kvars qumi kukuni, kuydirilgan gil, erigan shisha kabilar kiradi.
Buyumlar gips qoliplarda quyish usulida qoliplanadi. Qolipdan chiqarilgach
ular quritiladi, oq va rangli yaltiroq sir bilan qoplanadi, so‘ngra pishiriladi.
Sanitariya – texnika buyumlari manzaralik, silliq yuzali, oson tozlanish va
uzoq vaqt davomida o‘z xossalarini saqlab qolish xususiyatiga egaligi bilan
farqlanadi. Ushbu buyumlarning asosiy kamchiligi ularning mo‘rtligidir.
SHunga qaramay, sopoldan tayyorlangan sanitariya – texnika buyumlari
xozirgi kundagi eng yaxshi va zamonaviy buyumlar bo‘lib qolmoqda.


199 
Sanitar texnik buyumlar 

Download 3,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish