2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana24.03.2023
Hajmi0,64 Mb.
#921417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
\'19.11.2020 ma’ruza matni

Эргашев Қ., Ҳамидов Ҳ.
Ўзбекистон тарихи. Ўқув қўлланма. -Т.: ―Фан 
ва технология‖. 2019. 796 б.
10.
Ўзбекистон тарихи
(Олий ўқув юртининг номутахассислик 
факультетлари талабалари учун дарслик). 
-
Т.: ―Янги аср авлоди‖. 2003. 
11.
Ўзбекистоннинг янги тарихи.
Учинчи китоб. Мустақил Ўзбекистон 
Республикаси. 
-
Т.: ―Шарқ‖. 2000. 
12.
Ўзбекистоннинг энг янги тарихи хрестоматияси
/ Масъул муҳаррир 
Н.Талипова. -Т.: ―Fan va texnologiya‖. 2014. 328 б. 



1. О„zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi. 
Davlat ramzlari haqida sо‗z ketganda, avvalo, uning tushunchasini 
aniqlashtirish lozim. Umuman, ―davlat ramzlari‖ tushunchasi huquqiy 
adabiyotlarda turlicha ta‘riflanadi. Masalan, yuridik lug‗atlarda quyidagicha ta‘rif 
berilgan: ―Davlat ramzlari – konstitusiya yoki alohida qonun bilan 
mustahkamlangan maxsus, odatda, tarixiy shakllangan, о‗ziga xosligini 
ifodalovchi, ba‘zan, shuningdek, ma‘lum bir g‗oyaviy ma‘noni ifodalaydigan 
belgilaridir. Odatda, davlat ramzlariga davlat bayrog‗i, davlat gerbi, davlat 
madhiyasi, davlat ranglari, davlat boshlig‗i shtandarti, davlat muhri, davlat shiori 
kiradi. Ba‘zida ayrim konstitusiyalar davlat ramzlariga bayram kunlarini ham 
qо‗shadilar‖ (
Qarang: Simvoli gosudarstvenniye // Bolshoy yuridicheskiy slovar / Pod red. A.Y. Suxareva, V. 
D. Zorkina, V. YE. Krutskix. – Moskva, 1999. – 623-624-b.
). Shuningdek, mamlakatimizda 1998 
yilda chop etilgan ilmiy-ommabop lug‗atda ―Davlat ramzlari – davlat 
mustaqilligini shartli ravishda belgilovchi tashqi belgi, nishona yoki timsollardir, 
bular muayyan davlatning bayrog‗i, gerbi, milliy valyutasi va madhiyasi. Ular 
mazkur davlatning tuzumini, xalqning tabiat-mentalitetini, iqtisodiy asoslarini va 
boshqa muhim belgilarini anglatadi,‖ - deb ta‘riflanadi (
Qarang: Davlat ramzlari // 
Mustaqillik ilmiy-ommabop lug‗at. –T.: 1998. – 45 b.
).
Har qanday mustaqil davlat singari О‗zbekiston Respublikasi ham о‗z oliy 
davlat hokimiyati tomonidan belgilangan va Asosiy Qonun – Konstitusiyaning 5-
moddasida mustahkamlangan davlat ramzlari – Bayrog‗i, Gerbi va Madhiyasiga 
ega. Davlat ramzlarining mavjudligi О‗zbekistonning amalda mustaqilligini yaqqol 
tasdiqlaydi. 
О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗i, gerbi va madhiyasining ishlab 
chiqilishi va qabul qilinishi jarayoni ikki yarim yil davom etdi. Davlat bayrog‗i, 
gerbi va madhiyasini qabul qilish yuzasidan konstitusiyaviy komissiya tuzilib, 
uning tomonidan tayyorlangan loyihalar umumxalq muhokamasidan о‗tkazildi. 
Bunda, ayniqsa, Prezident I.A. Karimovning umumxalq muhokamasi davomida 
tushgan takliflarni umumlashtirib, davlat bayrog‗idagi uchta asosiy ranglarni – 
moviy, oq va yashil yо‗llarni о‗z qо‗li bilan chizib komissiyaga taqdim etganligini 
va bu О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining qabul qilinishida asos 
bо‗lganligini ta‘kidlash joiz. О‗zbekistonning davlat ramzlari muqaddas bо‗lib, 
ularni hurmat qilish, qonunda belgilangan tartibda e‘zozlash hamda ulardan 
faxrlanish mamlakatimiz har bir fuqarosining insoniy va fuqarolik burchidir. Zero, 
davlat ramzlarini har qanday yо‗l bilan kamsitish, tahqirlash, qadr-qimmatini 
pastga urish uchun qonunda tegishlicha javobgarliklar nazarda tutilgan. 
Davlat ramzlarining davlat hayotida tutgan о‗rni va ahamiyatini tо‗laroq 
tushunib olish uchun, avvalo, ularning mohiyatini, nima uchun zarurligini bilib 
olish kerak. Davlat ramzlari orasida Davlat bayrog‗i salmoqli о‗rin tutadi. Chunki 
u kо‗zga yaqqol tashlanib, boshqa ramzlardan hajmi, tasviri, keng foydalanilishi va 
boshqa jihatlari bilan alohida ajralib turadi. Davlat bayrog‗i – tasviri qonun 
tomonidan (kо‗pincha Konstitusiya bilan) о‗rnatiladigan, biror davlatni boshqa 
davlatlardan farqlovchi rasmiy belgisi, nishoni. U davlat mustaqilligi, suvereniteti 



ramzi hisoblanadi. Davlat bayroqlari, ularning rangi, tuzilishi va emblemalari 
о‗zboshimchalik bilan, ixtiyoriy sur‘atda belgilanmaydi. Ular qonun bilan 
belgilanadi va ma‘lum ramziy ahamiyatga ega bо‗ladi. 
Davlat bayrog‗i, odatda, har qanday suveren mamlakatning davlat 
muassasalari, elchixonalari, konsulliklari, missiyalari, bojxonalari va shu kabi 
idoralarning binosida kо‗tariladi. Elchixonalar, missiyalar, konsulliklar milliy 
bayramlari kuni о‗z davlatining bayrog‗ini osib qо‗yadilar. Davlat bayroqlari, 
shuningdek, xalqaro konferensiyalar ochilishida, rasmiy marosim-uchrashuvlar 
vaqtida, xalqaro sport sovrinlari berilayotgan vaqtda va hokazo holatlarda ham 
kо‗tariladi. 
Davlatimiz bayrog‗i muqaddas va daxlsizdir, u davlatimiz mustaqilligining 
ramziy belgisidir. Mustaqil ―О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i 1991 
yil 18 noyabrda Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdiqlangan. 
Ushbu qonunga 1992, 1999, 2004 va 2010 yillarda qator qо‗shimcha va 
о‗zgartishlar kiritildi. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i ramzi mamlakatimiz hududida 
ilgari mavjud bo‗lgan g‗oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo‗lgan eng 
yaxshi an‘analarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, 
xalqimizning milliy va madaniy o‗zligini ham aks ettiradi. 
Bayroqdagi 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish