2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana24.03.2023
Hajmi0,64 Mb.
#921417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
\'19.11.2020 ma’ruza matni

Davlat gerbi
davlatimizning siyosiy, milliy, 
xо‗jalik, jug‗rofiy, etnik va boshqa о‗ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy 



an‘analarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, gerbimizda О‗zbekistonning 
ijtimoiy va davlat tuzilishi tamoyillari о‗ziga xos tarzda ifoda etilgan. «О‗zbekiston 
Respublikasi Davlat gerbi tо‗g‗risida»gi qonunga binoan, О‗zbekiston 
Respublikasining Davlat gerbi respublika davlat mustaqilligining ramzidir. 
О‗zbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi kо‗rinishga ega: tog‗lar, 
daryolar va sо‗l tomoni bug‗doy boshoqlaridan, о‗ng tomoni esa chanoqlari 
ochilgan g‗о‗za shoxlaridan iborat chambarga о‗ralgan gullagan vodiy uzra quyosh 
zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida respublika hurligining 
ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bо‗lib, uning ichki qismida yarim oy va 
yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini 
yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida respublika Davlat 
bayrog‗ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandida «O`zbekiston» deb yozib 
qо‗yilgan. 
О‗zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli kо‗rinishida: Humo qushi 
va daryolar – kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va 
«O`zbekiston» yozuvi – oltin rangda, g‗о‗za shoxlari va barglari, tog‗lar va vodiy – 
yashil rangda; chanoqlardagi paxta – oq rangda; lenta – О‗zbekiston Respublikasi 
Davlat bayrog‗ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak – oltin 
zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar – oq rangda 
tasvirlangan. Qonunda О‗zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri 
tushiriladigan obyektlar batafsil sanab kо‗rsatilgan.
О‗zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviridan О‗zbekiston 
Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, о‗quv-tarbiya 
jarayonida, shuningdek, О‗zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining elementi 
sifatida foydalanish mumkin. Shuni yodda tutish lozimki, О‗zbekiston 
Respublikasi Davlat gerbining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining 
rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yо‗l qо‗yilmaydi. 
О‗zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan 
ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, 
xizmatlarni) о‗tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. 
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari О‗zbekiston Respublikasining Davlat 
gerbiga о‗xshash bо‗lishi mumkin emas. О‗zbekiston Respublikasining fuqarolari, 
shuningdek, О‗zbekistonda turgan boshqa shaxslar О‗zbekiston Respublikasining 
Davlat gerbini hurmat qilishlari shart. О‗zbekiston Respublikasining Davlat gerbi 
tо‗g‗risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda 
javobgar bо‗ladi. Shu tariqa, О‗zbekistonning davlat gerbi ham davlat 
mustaqilligining ramzi bо‗lib, respublikaning rasmiy belgisi sifatida faqat qonunda 
kо‗rsatilgan obyektlarga tushiriladi.
О‗zbekistonning konstitusiyaviy tarzda mustahkamlangan Davlat bayrog‗i, 
Davlat gerbi bilan bir qatorda Davlat madhiyasi ham mavjud. 
Zero, dunyodagi har qanday mustaqil davlat о‗z madhiyasiga ega. Umuman, 
madhiya haqida sо‗z ketar ekan, uning qachon, qayerdan kelib chiqqanligini va 
nima sababdan bо‗lganligini bilib olish muhim. Madhiya – grekcha ―madhiya‖ 
sо‗zidan olingan bо‗lib, u dasturiy xarakterdagi she‘rni tantanali qо‗shiq qilib 



tarannum etilishi ma‘nosida qо‗llaniladi. Madhiyalarning bir necha turlari mavjud. 
Masalan, davlat, inqilob, harbiy, diniy va hokazo madhiyalar bor. Bularning ichida 
eng asosiysi davlat madhiyasi hisoblanadi. 
Davlat madhiyalari hozirgi zamon barcha mustaqil davlatlarida mavjud 
bо‗lib, u davlat bayrog‗i va davlat gerbi bilan bir qatorda davlatning rasmiy 
tantanavor ramzi bо‗lib hisoblanadi. Xuddi, shuningdek, О‗zbekiston ham mustaqil 
davlat sifatida о‗z davlat madhiyasiga ega. 
О‗zbekistonning davlat madhiyasi uzoq ijodiy izlanishlar natijasida atoqli 
shoir Abdulla Oripov tomonidan yozilgan, unga san‘at arbobi Mutal Burxonov 
tomonidan kuy bastalangan. Dadil aytish mumkinki, madhiyamizda о‗zbek 
xalqining shodiyona fikr-о‗ylari va his-tuyg‗ulari bekamu kо‗st о‗z ifodasini topdi. 
1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan «О‗zbekiston Respublikasining Davlat 
madhiyasi tо‗g‗risida»gi qonunga binoan, О‗zbekiston Respublikasining Davlat 
madhiyasi О‗zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. О‗zbekiston 
Respublikasining Davlat madhiyasiga zо‗r ehtirom bilan qarash О‗zbekiston 
Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir. О‗zbekiston 
Respublikasining Davlat madhiyasi qonunda belgilangan vaqt va marosimlarda ijro 
etiladi. 
О‗zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi unga nisbatan lozim 
darajadagi hurmat ta‘minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar 
vaqtida ijro etilishi mumkin. О‗zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 
orkestr, xor, ham orkestr-ham xor tomonidan yoki о‗zga vokal va cholg‗u asboblari 
bilan ijro etilishi mumkin. Bunda ovoz yozib olish vositalaridan foydalanilishi 
mumkin. 
О‗zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi vokal hamda vokal-cholg‗u 
asboblari bilan ijro etilgan taqdirda tо‗liq ijro etiladi, cholg‗u asboblarining о‗zida 
ijro etilgan taqdirda esa madhiya qisman ijro etilishiga yо‗l qо‗yiladi - ashulaning 
boshlanishi va naqorat bir martadan aytiladi. О‗zbekiston Respublikasining Davlat 
madhiyasi madhiyaning ushbu Qonun bilan tasdiqlangan matni va musiqaviy 
tahririga aynan muvofiq holda ijro etilmog‗i lozim. 
О‗zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi kо‗pchilik huzurida ijro 
etilganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bо‗lsa, hozir 
bо‗lgan kishilar madhiyani tik turib va о‗ng qо‗l kaftini kо‗krakning chap 
tomoniga qо‗yib, harbiy yoki davlatning boshqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi 
shaxslar esa qо‗lini bosh kiyimiga qо‗yib tinglaydi. 
Agar О‗zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining ijro etilishi О‗zbekiston 
Respublikasi Davlat bayrog‗ining kо‗tarilishi bilan birgalikda amalga oshirilsa, 
hozir bо‗lgan kishilar unga yuzi bilan buriladi. 
Islom Karimov ta‘kidlaganidek, «Davlatimiz ramzlari – bayroq, tamg‗a, 
madhiya О‗zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g‗ururi, tarixiy xotirasi va 
intilishlarini о‗zida mujassamlashtirdi. Mana shu ramzlarni e‘zozlash – о‗zining 
qadr-qimmatini, о‗z mamlakatiga va shaxsan о‗ziga bо‗lgan hurmatni 
mustahkamlash demakdir» (
Karimov I.A. О‗zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1 – 
Toshkent: О‗zbekiston, 1996.
). 




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish