moviy rang –
mangu osmon va musaffo suv ramzidir.
Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviy rang
Sharqda azaldan qadrlanadi, o‗z vaqtida buyuk Amir Temur ham o‗z bayrog‗iga bu
rangni tanlagan.
Oq rang
– tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o‗z yo‗lida
baland dovonlardan oshib o‗tishi kerak. Bayrog‗imizdagi oq rang yo‗limizning
musaffo va charog‗on bo‗lishi uchun yaxshi niyat ramzidir.
Qizil yo„llar
– bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch,
tiriklik ramzidir.
Yashil rang
– serne‘mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun
dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi
ham yashil rangdir.
Yarim oy
– O‘zbekiston xalqining ko‗p asrlik an‘analariga muvofiq keladi.
Yarim oy va yulduzlar – musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir.
Bayrog‗imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o‗lkamizda qadimdan buyon
barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi.
Darhaqiqat, ―О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i tо‗g‗risida‖gi
Qonunning 2-moddasida kо‗rsatilganidek, ―О‗zbekiston Respublikasining Davlat
bayrog‗i О‗zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir‖.
Mazkur qonunning 3-moddasiga binoan, bayrog‗imiz xalqaro munosabatlarda
О‗zbekiston Respublikasining timsoli bо‗ladi. Binobarin, bayrog‗imiz xalqaro
maydonda О‗zbekiston Respublikasi delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga
safari chog‗ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon kо‗rgazmalarida,
sport
musobaqalarida
kо‗tarilib,
yurtimizni
ulug‗laydi.
―О‗zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog‗i tо‗g‗risida‖gi qonunida bayroq kо‗tariladigan
4
joylar va uning kо‗tarilish vaqtlari aniq va ravshan belgilab qо‗yilgan. О‗zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog‗i qonunda belgilangan tegishli joylarda doimiy
ravishda kо‗tarilgan holda turadi.О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i
unga nisbatan lozim darajadagi hurmat ta‘minlangan holda umummilliy bayramlar
va tantanali tadbirlar vaqtida kо‗tarilishi mumkin.
Qonun bо‗yicha О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining tasviri
tushirilgan belgilar: О‗zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalari davlat reyestri
yoki О‗zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari reyestriga kiritilgan havo
kemalariga, shuningdek, О‗zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma‘muriyati hisobida
turuvchi eksperimental havo kemalariga; qonun hujjatlarida belgilangan hollarda
avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat rо‗yxatidan о‗tkazish
raqam belgilariga; О‗zbekiston Respublikasining asosiy chegara belgisiga
qо‗yiladi.
О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining tasviri tushirilgan belgilardan
О‗zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, о‗quv-
tarbiya jarayonida, shuningdek, О‗zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarining
elementi sifatida foydalanilishi mumkin.
Shuni yodda tutish kerakki, О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining
elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama
materiallariga
kiritilishiga
yо‗l qо‗yilmaydi. Shuningdek, О‗zbekiston
Respublikasi Davlat bayrog‗ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab
chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
о‗tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Ayni vaqtda,
nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari mamlakatimiz Davlat bayrog‗iga
о‗xshash bо‗lishi mumkin emas.
Qonunda bayrog‗imizning qanday shakl va kо‗rinishda bо‗lishi ham aniq
kо‗rsatilgan. Chunonchi, qonunning 4-moddasiga binoan, О‗zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog‗i - bayroqning butun uzunligi bо‗ylab о‗tgan tо‗q
moviy rang, oq rang va tо‗q yashil rangli uchta endan tarkib topgan tо‗g‗ri
tо‗rtburchak shaklidagi matodir. Bayroqning uzunligi 250 smga, kengligi 125
smga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarining kengligi bir xil. Har bir
en 40 smga teng. Bayroqning о‗rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5
smga teng qizil hoshiyalar о‗tgan.
Bayroqning yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa
tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida о‗n ikkita oq
rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan. Yangi oy va yulduzlarning tasviri moviy
rangli yuqori enning о‗rtasidan 70x30 smga teng tо‗g‗ri tо‗rtburchakka sig‗adigan
qilib joylashtirilgan. Yangi oy vertikal holatda dо‗ng tomoni dastaga qaratilgan,
dastadan 20 sm masofada joylashtirilgan bо‗lib, diametri 30 smli doiraga sig‗adi.
Yulduzlar diametri 6 smli doiraga sig‗adi. Doiralar orasidagi masofa 6 sm.
Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda
uchta, о‗rta qatorda tо‗rtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar
yangi oyning pastki uchidan 3,5 sm masofada joylashadi.
5
Qonunda Davlat bayrog‗ining qachon, qanday voqealar munosabati bilan, qay
vaqtda, soat nechadan nechagacha, qanday tartibda kо‗tarilishi aniq kо‗rsatib
qо‗yilgan. Bunga kо‗ra, О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i bayram
kunlarida Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar,
tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan belgilangan markaziy
kо‗chalarda, maydonlarda, boshqa jamoat joylarida va obyektlarda soat 6 da
kо‗tariladi va soat 22 da tushirib qо‗yiladi. Bayroq О‗zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi, О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
deputatlari, Senati a‘zolari, xalq deputatlari Kengashlarining deputatlari saylovi
yoki referendum kunlarida – ovoz berish о‗tkazilayotgan binolar va xonalarda
ovoz berish yoki referendum о‗tkazish davrida kо‗tarib qо‗yiladi. U xorijiy
davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning
xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga, shuningdek,
О‗zbekiston Respublikasida bо‗lishining tasdiqlangan dasturiga muvofiq, transport
vositalarida, vokzallarda, aeroportlarda, yurish yо‗nalishi bо‗yicha va boshqa
tashrif obyektlarida xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa
rasmiy delegatsiyalarning tashrif buyurishidan 24 soat oldin kо‗tariladi va ular
jо‗nab ketganidan keyin 24 soat mobaynida tushirib qо‗yiladi.
О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i bilan bir vaqtda boshqa
davlatning bayrog‗i kо‗tarilsa, qonunga muvofiq, О‗zbekiston Respublikasining
Davlat bayrog‗i (binoning old tomoniga qarab turganda) о‗ng tomondan, boshqa
davlatning bayrog‗i chap tomondan kо‗tarilmog‗i kerak. О‗zbekiston Respub-
likasining Davlat bayrog‗i bilan bir vaqtda Qoraqalpog‗iston Respublikasining
Davlat bayrog‗i kо‗tarilganda, О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i
(binoning old tomoniga qarab turganda) chap tomondan kо‗tarilishi kerak.
О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i bilan bir vaqtda bir qancha
davlatlarning bayroqlari kо‗tarilganida, О‗zbekiston Respublikasining Davlat
bayrog‗i alohida, qolganlari esa о‗zbek alfaviti bо‗yicha kо‗tariladi. О‗zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog‗i boshqa davlatlarning bayroqlari bilan bir xil
balandlikda joylashtirilishi kerak.
О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i bilan bir vaqtda
Qoraqalpog‗iston
Respublikasining
Davlat
bayrog‗i
kо‗tarilganda,
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Davlat bayrog‗ining о‗lchami О‗zbekiston
Respublikasi Davlat bayrog‗ining о‗lchamidan katta bо‗lmasligi kerak,
О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining kо‗tarilish balandligi esa
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Davlat bayrog‗ining kо‗tarilish balandligidan past
bо‗lmasligi kerak.
О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i bilan bir vaqtda xorijiy
davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari kо‗tarilganda О‗zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog‗i xalqaro huquq normalariga va diplomatik
protokol qoidalariga muvofiq kо‗tariladi. О‗zbekiston Respublikasining Davlat
bayrog‗i xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari bilan bir xil
balandlikda joylashtirilishi hamda bir xil о‗lchamga ega bо‗lishi kerak.
6
О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i binolarning asosiy kirish
joyida yoki buning uchun maqbul bо‗lgan boshqa joyda yoxud tegishli tutqichi
bо‗lgan dastada, yo bо‗lmasa flagshtogda bayroqning dastasi binoning old tomoni
bilan kо‗pi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladigan tarzda kо‗tariladi.
О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗ini tayyorlash, saqlash va yо‗q qilish
tartibi О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Kо‗tarib qо‗yilgan О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining matosi yer
sathidan kamida 2,5 metr balandlikda bо‗lishi kerak. Motam munosabati bilan,
О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, О‗zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog‗i motamga moslab kо‗tariladi. Bunday hollarda
О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗i dastasi yoki flagshtokning yuqori uchiga
bayroq enining 1/20 qismiga teng bо‗lgan kenglikdagi qora tasma bog‗lanadi,
tasmaning ikki uchi bayroqning butun eni uzunligida osilib turadi. Bayroq motam
munosabati bilan flagshtokda kо‗tarilgan taqdirda u flagshtok uzunligining 1/3
bо‗lagicha tushirib qо‗yiladi.
О‗zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, О‗zbekistonda turgan
boshqa shaxslar О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗ini hurmat qilishlari
shart. О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i tо‗g‗risidagi qonun hujjat-
larini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bо‗ladi.
О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗ini behurmat qilganlik О‗zbekiston
Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi.
Mamlakatimizda Konstitusiya va qonun bilan о‗rnatilgan hamda tasdiqlangan
davlat ramzlaridan biri – uning gerbidir. Davlat gerbi davlat mustaqilligining
ramziy belgilaridan biri hisoblanadi. «Gerb» sо‗zi nemischa «erbo» sо‗zidan
olingan bо‗lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan-
naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi.
Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar chо‗zilgan sarhadlarda
hukm surgan qadimgi turk hoqoni О‗g‗izxon davrida ham turkcha «tamg‗a» sо‗zi
aynan shu ma‘noni bildirar edi. XII asrning mashhur tarixchisi Rashiddin
Hamadoniy «Tanlangan tarixlar» nomli kitobida shahodat berishicha, О‗g‗izxon
о‗z mol-mulkini о‗g‗illariga ulus sifatida kichik davlatlarga bо‗lib berib, in‘om
etgan. Ushbu davlatlar xukmdorlari ham о‗zlarining xonlik tamg‗alariga ega edi.
Kо‗rinib turibdiki, «tamg‗a» sо‗zining ma‘nosi haqiqatan ham nemischa «erbo»
sо‗zining ma‘nosiga tо‗la mos keladi.
Gerb – tamg‗a, emblema. Meros bо‗lib qolgan, bir davlatni boshqalardan
ajratib turadigan belgi, tamg‗asi, nishoni, timsoli. Gerb – qaysi davlatga tegishli
bо‗lsa, о‗sha davlatning tarixiy an‘analarini ifodalovchi ramziy ahamiyatga ega
bо‗lgan tasvirlar va narsalar yig‗indisi. «О‗zbekiston Respublikasining Davlat
gerbi tо‗g‗risida»gi qonun 1992 yil 2 iyulda О‗zbekiston Respublikasining Oliy
Kengashi tomonidan qabul qilingan. Unga 1999 yil 15 aprelda, 2003 yil 25
aprelda, 2004 yil 3 dekabrda va 2010 yil 24 dekabrda qabul qilingan qonunlarga
muvofiq qо‗shimchalar kiritilgan.
О‗zbekiston Respublikasining
Do'stlaringiz bilan baham: |