Ta’lim muassasalarining Nizom va Ustavlari. O’zRning “Umumiy o’rta ta’lim to’g’risida”gi Nizomi 1998 yil 13 mayda qabul qilingan. Nizomda umumiy o’rta ta’limning maqsadi, vazifalari, umumiy o’rta ta’limni tashkil etish, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, umumiy o’rta ta’limni boshqarish, mablag’ bilan ta’minlash, muassasaning moddiy-texnika ta’minoti va xalqaro hamkorlik yoritilgan.
Nizomda umumiy o’rta ta’lim mazmuni majburiy va qo’shimcha komponentlar tarzida ochib berilgan. Majburiy komponent DTS bilan belgilanib, unga ko’ra o’quvchilar o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olish uchun zarur bilimlarni egallashlari lozim.
Qo’shimcha komponent o’quvchining ehtiyojlari va qobiliyati, maktabning moddiy-texnika va kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqib belgilanadi. Qo’shimcha o’quv yuklanmalarining hajmi O’zR Xalq ta’limi va Sog’liqni saqlash vazirliklari kelishuviga muvofiq belgilanadi. O’quvchilarning bilimlari darajasi va ta’lim natijasi DTS talablariga muvofiq nazorat qilinadi. Nazorat joriy, oraliq, yakuniy hamda bosqichli nazorat tarzida amalga oshiriladi.
Maktabga bevosita rahbarlik boshqarishning yuqori organlar tomonidan tayinlanadigan direktor, davlatga qarashli bo’lmagan ta’lim muassasalarida esa muasssis tomonidan amalga oshiriladi.
Umumiy o’rta ta’limni tashkil etishda xalqaro hamkorlikka ham tayaniladi. Bu boradagi xalqaro hamkorlik pedagogik axborot, tajriba almashish, pedagog-xodimlarning tajriba o’rganish va malaka oshirishlarini ta’minlashga oid davlatlar, hukumatlar va idoralararo shartnomalar asosida yo’lga qo’yiladi.
“Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari to’g’risida”gi Nizom 1998 yil 13 mayda qabul qilingan. Nizomda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining maqsadi, vazifalari, uni tashkil etish; AL va KHKga o’quvchilarni qabul qilish, ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni; pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini mablag’ bilan ta’minlash, muassasaning moddiy-texnika ta’minoti va xalqaro hamkorlik masalalar yoritilgan.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi quyidagi vazifalarini hal etiladi:
AL oliy ta’lim muassasalari huzurida, KHK esa hududlarning demografik va geografik sharoitlari, tegishli soha mutaxassisliklariga bo’lgan mahalliy ehtiyojlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Yangi turdagi ta’lim muassasalariga tashkiliy, o’quv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, DTSni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda Respublika Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi, ularning hududiy boshqarmalari hamda ta’lim muassasasining direktori tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarining faoliyati, shuningdek, me’yoriy hujjatlardan biri sanalgan Ustav yordamida ham amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim jarayonining quyidagi ikki muhim tarkibiy jihati ajratib ko’rsatiladi: 1) DTSda belgilangan bilimlar zahirasini egallash yo’lida amaliy harakatlarni tashkil etish tartibi; 2) BKMni hosil qilishni tashkil etish (savodxonlik, mustaqil fikrlash hamda masalalarni echa olishga o’rgatish).
Amaldagi “Umumiy o’rta ta’lim muassasasi (maktabi)ning muvaffaq namunaviy Ustavi” 1998 yilning 17 dekabrida, “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining Ustavi” esa 1998 yilning 5 yanvarida tasdiqlangan.
Ta’lim muassasalarining Ustavlarida muassasaning joylashgan o’rni, turi, ta’lim tili, ta’lim muassasasining boshqarish mazmuni, tartibi, boshqaruv organlarining faoliyati, rahbar hodimlar zimmasidagi vazifalar, pedagog-xodimlar, o’quvchi va ota-onalarning huquq-burchlari, o’quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish mohiyati, ta’lim muassasasining iqtisodiy ta’minoti, xo’jalik faoliyati hamda muassasani boshqarish tartibi ochib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |