2-mavzu: Xorijda,O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi. Islom ta’limotida ijtimoiy-pedagogik g’oyalar



Download 1,84 Mb.
bet87/183
Sana20.11.2022
Hajmi1,84 Mb.
#869256
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   183
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ijtimoiy Pedagogika

Noan’anaviy darslar. XX asrning 70-yillarida o’quvchilarning darslarga qiziqishlarining pasayish xavfi aniqlandi. Xavfni bartaraf etish uchun nostandart darslarning tashkil etishga e’tibor qaratildi. Noan’anaviy darsning ko’plab turlari bo’lib, asosiylari quyidagilardir:


Darsga tayyorlanishning texnologik mohiyati. Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog’liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, etarlicha o’ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o’quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bo’la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlaydigan o’quv jarayonini tashkil etishning komleks choralarini ishlab chiqishdir.
O’qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko’zga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalash (rejalashtirish). Shu bilan birga o’qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o’z fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo’lajak mashg’ultning algoritmlari, samaradorligi bog’liq bo’lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta’minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.
Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o’quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o’quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o’zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va tuzatish kabi holatlar namoyon bo’ladi.
Bashoratlash darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish.
Loyihalash (rejalashtirish) o’quvchilarning o’quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo’lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o’zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so’rash, qaerda mavzuni kiritish, mashg’ulot keyingi bosqichiga qanday o’tish, oldindan ko’zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo’yicha qayta o’zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Boshqarish dasturi darsning an’anaviy rejasidan boshqaruv ta’sirning aniq va tushunarli bo’lishi bilan farqlanadi.
Maktabdan tashqari mashg’ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o’qish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o’quvchilarning mustaqil uy ishlari kiradi. Mustaqil uy ishlarining asosiy maqsadi – darsda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, o’quvchilarning individual layoqati, iste’dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Bu ishlar o’quv dasturi talablari, o’quvchilarning qiziqish va ehtiyojlari hamda ularning rivojlanish darajalarini hisobga olib quriladi. O’quvchilarning mustaqil uy ishlari ma’lum didaktik vazifalarni bajaradi. Chunonchi, darsda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash, sinfda ishlab chiqilgan o’quv materialini kengaytirish va chuqurlashtirish, mashqlarni mustaqil bajarish ko’nikmalarini shakllantirish, dasturli material doirasiga kiruvchi hajmda individual topshiriqlarni bajarish asosida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, individual kuzatishlar, tajribalar, gerbariy, tabiiy namunalar, otkritkalar, rasmlar, gazeta va jurnal lavhalari statistik ma’lumotlar kabi o’quv qo’llanmalarini to’plash va tayyorlash va boshqalar.
Darslarda pedagogning o’quvchilar tomonidan uy vazifalarining halol bajarishlariga kam e’tibor berayotganliklari, ularni sinfda tekshirishga urinmasliklari, yaxshi o’zlashtirayotgan o’quvchilarni rag’batlantirib bormasliklari ta’lim amaliyotda keng tarqalgan kamchilik hisoblanadi. Uy vazifalarini tushuntirib berishga ko’pincha vaqt etmaydi, ular shoshilinch beriladi. Pedagoglar kamdan-kam hollarda o’quvchilar uy vazifasini bajarayotganda duch keladigan qiyinchiliklarini ko’rsatib beradilar, ularni bartaraf etish yo’lini esa ko’rsatmaydilar. Natijasida mustaqil uy vazifalarining bajarilishi samarasiz bo’lib qoldi.
Ta’lim jarayonida, shuningdek, darsning quyidagi yordamchi turlaridan ham foydalaniladi:



Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish