2-mavzu: Xorijda,O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi. Islom ta’limotida ijtimoiy-pedagogik g’oyalar



Download 1,84 Mb.
bet101/183
Sana20.11.2022
Hajmi1,84 Mb.
#869256
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   183
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ijtimoiy Pedagogika

Jamoa yo’nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxs kamoloti ta’minlanadi, unda moddiy borliqni anglash, insonparvarlik va o’zaro hamkorlik tuyg’ulariga ega bo’lishi uchun zarur sharoit yaratiladi.

Zamonaviy pedagogik jarayonda tarbiyalanuvchiga: inson aqliy, estetik, axloqiy, jismoniy, siyosiy-g’oyaviy, iqtisodiy, ekologik hamda diniy tarbiya olishi lozimligini uqtirishining o’zigina kam samara beradi.


Tarbiya qonuniyatlari. Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining o’ziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhimdir. Tarbiya jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati aniq maqsadga yo’naltirilganligidir.
Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsadga erishish yo’li zamonaviy tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi.
Tarbiya jarayoni ko’p qirrali jarayon bo’lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashkil (sub’ektiv va ob’ektiv) omillar ko’zga tashlanadi. Sub’ektiv omillar shaxsning ichiki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, ob’ektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo’nalishi va shakli obektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunday muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o’qituvchi faoliyati, balki o’quvchining yosh va psixologik shaxsiy xususiyatlari, o’y-fikrlari, hayotiy qarashlari hami muhim o’rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yoki yaqqol ko’zga tashlanmaydi. O’zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Shaxsning muayyan vaqtning o’zida, turli-tuman qarashlar mavjud sharoitda harakat qilishi tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiya shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o’rin tutadi. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo’ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o’quvchilik yillarida shaxsga to’g’ri tarbiya berish lozimligini talab etadi.

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish