3.Uzluksiz tasodifiy miqdorlarning sonli xarakteristikalari.
1. Matematik kutilma.
Tasodifiy miqdorlarni to‘la aniqlovchi xarakteristikasi
uning taqsimot qonuni ekanligini biz oldingi mavzularimizdan bilamiz. Ammo har bir masalada ham taqsimot qonunining hammasini bilish shart emas. Qator hollarda taqsimot qonunining eng muhim xususiyatlarini belgilovchi bir yoki bir nechta sonlar bilan kifoyalanish mumkin: masalan, tasodifiy miqdorning «o‘rta qiymati» ma’nosiga ega bo‘lgan son, yoki tasodifiy miqdorni o‘zining o‘rta qiymatidan chetlanishining o‘rtacha qiymatini xarakterlovchi son va h.k. Bunday turdagi sonlar tasodifiy miqdorning sonli xarakteristikalari deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |