Daryo transporti asosan katta mamlakatlarda ichki tashishlarni daryo yо’llari, kanallar va ayrim suv havzalari orqali amalga oshiradi.
Rasm 2.6. Daryo transporti
Dengiz transporti esa suv yо’llari bо’lgan mamlakatlarning asosan tashqi iqtisodiy tashishlari va shu qatorda ichki tashishlar uchun xizmat qiladi.
Umuman, suv yо’llaridan foydalanishda tabiatan ushbu yо’llarga mos yо’nalishdagi ommaviy yuklar (kо’mir, ruda, mineral- qurilish materiallari, yog’ochsozlik, qishloq xо’jalik, don, neft mahsulotlari, quruq yuklar, konteynerlar) tashiladi.
Rasm 2.7. Dengiz transporti
Suv transporti yо’lovchilarni tashishda yordamchi transport vazifasini о’taydi. Tashish sarf-xarajatlari nisbatan qimmat, tashish uzoq muddatli. Shuning uchun yо’lovchilarni tashish asosan ayrim daryo yо’llari bо’ylab zamonaviy tezyurar suv kemalarida amalga oshiriladi.
О’zbekistonda suv yо’llari juda kam bо’lib, asosan respublika janubida Amudaryo bо’ylab qisqa masofalarga tashishlarni bajarishda foydalaniladi.
Havo transporti. Havo transporti eng tezkor transport turi bо’lib, asosan yо’lovchilarni uzoq masofalarga tashishga xizmat qiladi. Havo yо’llari orqali tashishlar zamonaviy havo kemalari-samolyotlarda amalga oshiriladi. Havo transportida yо’l-qurilish xarajatlari kichik bо’lib, asosan aeroportlar va navigatsiya-boshqarish tizimlari va harakat vositalari xarajatlaridan iborat bо’ladi.
Rasm 2.8. Havo transportida yuk ortish
Havo transportining muhim xususiyatlaridan biri istalgan yо’nalishlarda va nohiyalar orasida tezkorlik bilan eng qisqa va tо’g’ri yо’l bо’ylab muntazam aloqalarni о’rnatishdir.
Havo transportida yoqilg’i sarfi nihoyatda katta bо’lib, tashish tannarhini sezilarli darajada qimmatlashtiradi. Samolyotlarda yonilg’i sarfi yuklanganlikka, ya’ni yо’lovchi va yuklarning vazniga bog’liq bо’lib, samolyot ichida yuklanganlik hajmining amaliy ahamiyati yо’q. Bundan tashqari, samolyotlar va vertolyotlar bilan pochta, qо’l yuki, halq xо’jaligida о’ta zarur va qimmatbaho yuklar, hamda tezkor harbiy tashishlar bajariladi.
Rasm 2.9. Havo yuk transporti
О’zbekistonda havo transportining rivojlanishi zamonaviy xalqaro talablar darajasida bо’lib, uning faoliyati «О’zbekiston havo yо’llari» davlat aksionerlik kompaniyasi tomonidan boshqariladi. Respublikaning barcha asosiy shaharlarida texnik yutuqlar darajasida jihozlangan aerodrom xо’jaliklari mavjud bо’lib, tashishlar eng zamonaviy havo kemalarida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |