Avtomobil transporti. Tashiladigan yuklarning tonna hisobidagi hajmi bо’yicha transport turlari orasida avtomobil transporti birinchi о’rinni egallaydi.
Avtomobil transportining bir qator о’ziga xos xususiyatlari ulardan foydalanishning qulayligi va samaradorligini belgilaydi. Avtomobillar о’ta harakatchan bо’lib, zarur hollarda kerakli joylarda yetarlicha transport vositalarini jamlash imkonini beradi. Avtomobil transporti yuklarni ishlab chiqarilgan joyidan olib yо’lda qayta ishlamay tо’g’ridan-tо’g’ri iste’molchi omborxonasigacha yetkazishi mumkin. qisqa va о’rta masofalarga avtomobillarda tashish tezligi temir yо’l va suv yо’llari orqali tashishga nisbatan ancha yuqori bо’ladi. Yо’lovchi va yuklar oqimi kam bо’lganda, avtomobil transportida kapital xarajatlar temir yо’llarga nisbatan kam talab etiladi. Avtomobillarning boshqa transport turlariga qaraganada, doimiy yо’l tarmoqlariga bog’liqligi kam, avtomobil yо’llari nisbatan tо’g’ri va qisqa masofalar bilan ulanadi.
Rasm 2.4. Avtomobil transporti
qisqa masofalarga tashishdagi avtomobil transportining afzalliklari masofa uzoqlashgani sari tashish tannarxining qimmatlashishi hisobiga kamaya boradi. Avtomobillarining atrof-muhitning ekologik holatiga salbiy ta’siri ham sezilarli, kо’p miqdorda neft mahsulotlari va tabiiy kauchuk sarflanadi. Atomobil transportida xodimlar soni kо’p bо’lib, ularning asosiy qismini haydovchilar tashkil etadi.
Suv transporti. Suv transporti eng qadimiy transport turi bо’lib, insoniyat tarixidagi ilk tashishlar suv yо’llari orqali amalga oshirilgan. Suv yо’llarini о’zlashtirish harajatlari juda kam bо’lib, asosan port xо’jaligi harajatlari, port atrofi havzalari va daryo yо’llarini tozalash va chuqurlashtirish bilan bog’liq bо’ladi. Suv transportida tashish tezligi kichik. Kо’pgina suv yо’llari qish faslida muzlab, kemalar harakati har xil muddatlarga tо’xtaydi. Suv kemalarining yuk kо’tarish qobiliyati va sig’imi juda katta.
Rasm 2.5. Suv transporti
Kichik tezliklarda suvning kema yurishiga qarshiligi kam bо’lganligi uchun tashish tannarxi arzon. Shuning uchun ham suv transporti asosan hajmi kо’p bо’lgan va tezkor tashish zarurati bо’lmagan ommaviy yuklarni uzoq masofalarga tashish uchun qulay. Suv transportining mavsumiy ishlashi kemalardan foydalanish samarasini kamaytiradi, kо’plab kemalar uzoq vaqt tо’xtab qoladi. Katta miqdorda yuklarni tо’plash uchun portlarda yirik omborxonalar qurilib, yuk ortuvchi о’ta kuchli mexanizmlar bilan jihozlanishi talab etiladi.
Suv transportining mavsumiy ishlashi temir yо’l va avtomobil transporti uchun qator noqulayliklar va tashish notekisligini keltirib chiqaradi.
Suv transporti ikki xil bо’lib daryo va dengiz transporti turlariga ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |