Temir yо’l transporti. Ushbu transport turi ommaviy tashishlar uchun qulay, iqlimiy sharoitlar va yil fasllaridan qat’i nazar kechayu-kunduz birday ishlaydi. Temir yо’llarning tabiiy boyliklarni о’zlashtirishdagi о’rni katta. Yuk aylanishi bо’yicha temir yо’l transportiga mamlakatdagi barcha yuk aylanmasining 55% dan ortiqrog’i tо’g’ri keladi. Respublikamizning tashqi iqtisodiy aloqalaridagi о’rni katta bо’lib, eksport-import yuklarini tashishning 80% dan ortiqrog’i temir yо’llar orqali bajariladi.
Temir yо’llar neft va neft mahsulotlarini, kо’mir, qora va rangli metallar, kimyoviy va mineral о’g’itlar, paxta tolasi, don va boshqa qishloq xо’jalik mahsulotlari, sanoat qurilishi va boshqa ommaviy yuklarni tashishda muhim о’rin egallaydi.
Transport turlarining yuk va yо’lovchilarni tashishda respublikada tutgan о’rni quyidagi jadv.2.2 da keltirilgan.
Jadval 2.2
О’zbekistonda yuk tashish kо’rsatkichlarining transport turlari bо’yicha taqsimlanishi
Tartib
№
|
Kо’rsatkichlar nomi
|
2005 yil kо’rstakichlari
|
Transport turlari bо’yicha taqsimlanishi,%
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
Jami tashiladigan yuklar mingtonna hisobida, shu jumladan:
temir yо’l transporti
havo yо’llari
quvur (tranzitsiz)
avtomobil transporti
|
715806
45800
5,7
71500
668500
|
100
0,06
0,001
0,01
0,93
|
2
|
Jami yuk aylanmasi, milliard tonna-kilometr,
shu jumladan:
temir yо’l transporti
havo yо’llari
quvur transporti
avtomobil transporti
|
32,5
18,1
0,1
0,2
14,1
|
100
55,69
0,31
0,61
43,39
|
3
|
Jami tashilgan yо’lovchilar, mln kishi hisobida,
shu jumladan:
temir yо’l transporti
havo yо’llari
avtomobil transporti
|
3846
15,1
0,9
3830,0
|
100
0,39
0,02
99,59
|
4
|
Jami yо’lovchilar aylanmasi, mln yо’lovchi-kilometr hisobida,
shu jumladan:
temir yо’l transporti
havo yо’llari
avtomobil transporti
|
46600
2600
4600
39400
|
100
5,58
9,87
84,55
|
Temir yо’llarda tashish tannarxi arzon bо’lib, avtomobil transportiga nisbatan 3-5 barobar, havo transportiga nisbatan 12-15 barobar kam. Temir yо’llarda mehnat sarfi avtomobil va havo yо’llariga nisbatan ancha kam, ammo temir yо’llarni qurish bilan bog’liq boshlang’ich kapital harajatlari yuqori, metall sarfi katta, harakat miqdrlariga bog’liq bо’lmagan sarf-xarajatlar (binolar va inshootlarni ta’mirlash, xodimlar ta’minoti va boshqalar) miqdori katta.
Yuklarni temir yо’llar orqali uzoq masofalarga tashish iqtisodiy tomondan qisqa masofalarga tashishdan kо’ra afzal bо’lib, tashishning boshlang’ich va manzil oxiridagi jarayonlari ulushi katta. Temir yо’llarning boshqa transport turlariga nisbatan atrof-muhitga, ekologik holatga salbiy ta’siri va tashish jarayonining energetik sarflari kam.
Do'stlaringiz bilan baham: |