2-mavzu. Tijorat banklarining foiz siyosati. Reja tijorat banklari foiz siyosati xaqida umumiy tushuncha. Foiz stavkalarining turlari



Download 215,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana25.01.2023
Hajmi215,3 Kb.
#902758
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3.2(1)

murakkkab foizlar
ham ko‘llanishi mumkin. Ular
odatda o‘zoq muddatli kreditlashda ishlatilib, hisoblangan protsent summalari
shartnoma tugallanmaguncha kreditorga to‘lanmaydi, balki qarzning asosiy
summasini ko‘paytiradi. Bizning bank amaliyotimizda murakkab protsent
hisoblash metodi asosan yuridik va jismoniy shaxslarning depozit va omonat
schyotlari bo‘yicha qo‘llanadi. 
Bu metoddan foydalanganda hisoblangan mablag‘lar hajmi qarzga
qo‘shiladi va ularga nisbatan foiz hisoblanib boraveradi. 
Murakkab protsentlarni hisoblash va qarzning jami summasini quyidagi
formulada hisoblash mumkin.
S = P ( 1 + i ) Q - doimiy protsent stavkasi bo‘yicha, 
S = P ( 1+ i ) * ( 1 + i ) . . . (1+ i) - so‘zib yuruvchi foiz stavkasi bo‘yicha 
Bundan,
S – K yildan keyingi qarz summasi
P – berilgan ssuda hajmi 
i– foiz stavkasi 
n – berilgan stavka qo‘llanilgan qarzning yillar bo‘yicha muddati shartli
misolni ko‘rib chiqamiz. Masalan, bank tomonidan qarz oluvchiga P 10000
so‘m ssuda, 5 yil muddatga, yiliga 10 % stavkasi bilan berildi. 5 yildan keyingi
qarz hajmini aniqlash kerak. 
S = 10000 * (1 + 0,1 ) = 16105 so‘m ko‘rsatilgan usulda hisoblangan 5 yil
uchun foizlar jami summasi quyidagicha bo‘ladi: 
S - P = ( 16105 – 10000 ) = 6105 sum 
Agarda, bank oddiy foizlarni ishlatib, har yili talab qilganda, bu
shartnomadan keladigan daromad: 
R = 10000 * 10 % * 5 = 5000 so‘m ga teng bo‘lar edi. 


Ko‘rib turganimizdek, sezilarli farq vujudga kelib, u bank sof daromadini
1105 so‘mga [ 6105 – 5000 ] ko‘payishiga olib keldi.
Bir stilda foizlarni bir necha marta hisoblashda yuqoridagi murakkab protsent 
formulasi quyidagi ko‘rinishga keladi: 
S = P ( 1+ im ) 
Bunda, m – bir yildafoiz hisoblash soni 
N – foiz hisoblash davrlarining jami soni 
Bank barcha holatlarni diqqat bilan analiz qilishi kerak, chunki ular bank 
operatsiyalari daromadligiga ohirgi natijada ta’sir qilishi mumkin. Masalan, 
inflyasiya harakterini hisobga olish kerak va shu bilan bank uchun nima maqsadga 
muvofiqroq ekanligini aniqlashi kerak: yoki qarz summasini hisoblangan, lekin 
talab qilib olinmagan foizlar bilan o‘stirish, yoki kredit uchun yillik to‘lovni olish. 
Protsent hisoblashning turli usullari bo‘lishi mumkin. Ular qarzdan 
foydalanish kunlari sonini o‘lchash xarakteri bilan va yilning kunlar buyicha
to‘zilishiga ko‘ra aniqlanadi. Bundan, qarz kunlari soni aniq yoki taxminan 
aniqlanib, har qaysi oyning davom etishi 30 kunga teng deb tan olinadi. 
Vaqtinchalik baza yilning aniq davom etishiga (365 yoki 366 kun) yoki taxminan 
360 kunga tenglashtiriladi. Bularga muvofiq tarzda quyidagi murakkab foizlarni 
hisoblashning variantlari qo‘llanadi: 
1. Qarz kunning xaqiqiy soni bo‘yicha aniq foizlar; bu usul eng aniq 
natijalarni beradi va ko‘pgina markaziy va tijorat banklari tomonidan qo‘llanadi. 
Uning xarakteri shundayki, hisoblash uchun qarz kunining aniq soni, vaqtinchalik
baza yilning haqiqiy davom etishiga tenglashtiriladi. Masalan,
P – berilgan kredit summasi – 100000 so‘m 
i – foiz stavkasi yiliga – 9 % 
K– qarz kunlarining aniq soni – 260 kun 
S - o‘sgan qarz summasi
Unda,
S = 100000 * ( 1 + 0,09 % * 260 /365 ) = 106411 co‘m 
2. Qarz kuninning haqiqiy soni bo‘yicha oddiy foizlar. Bu holda, xuddi
yuqoridagidek, hisoblash uchun qarz kunlarining aniq soni olinadi, lekin 
vaqtinchalik baza 360 kunga tenglashtiriladi. Agar kredit muddati 360 kundan
oshsa, unda hisoblangan protsentlar summasi kuproq bo‘ladi. Masalan, ssuda davri 
364 kunga teng bo‘lsa, unda 364 / 360 = 1,011 foiz stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha
foiz to‘lanadi. Bu usulni yuqoridagi namunada berilgan misol bilan ko‘rib
chiqamiz: 
S = 100000 * ( 1 + 0,09 % * 260 / 360 ) = 106499 so‘m. 
3. Qarz kunlarining yaqinlashgan soni bo‘yicha oddiy foizlar. Bunda, 
ssudaning kunlar bo‘yicha davom etishi yaqinlashish bilan aniqlanadi, 
vaqtinchalik baza 360 kunga teng. Ko‘p hollarda ssuda kunlarining aniq soni 
yaqinlashish sonidan katta bo‘ladi, shuning uchun ham ssuda kunlarini aniq soni
bo‘yicha hisoblangan foizlar hajmi odatda yaqinlashish bo‘yicha hisoblangandan 
katta bo‘ladi
.
Bizning misolimizda ssuda kunlarini yaqinlashish soni 257 kunga teng, 
buni hisobga olgan holda: 


S = 100000 * (10,09 % * 257 / 360 )= 106424 so‘m 
Amaliyotning ko‘rsatishi bo‘yicha foiz hisoblashning ikkinchi usuli, ya’ni 
ssuda kunlarini aniq soni bo‘yicha oddiy foizlar usuli qolgan ikki variantga nisbatan 
kattaroq natijani beradi. CHunki S > S > S . 
Bundan kreditor ssudani rasmiylashtirishda inobatga olishi zarur 

Download 215,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish