e – kredit hisobidan amalga oshirilayotgan faoliyat samaradorligi
t – samaradorlik hisobidan to‘lanadigan soliqlar
b – samaradorlik hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy harajatlar.
Bizning misolimizda r = 15 – 0,32 * 15 – 0,35 * 15 = 5 %
Kreditor ham xuddi shu yo‘l orqali o‘zi istagan foiz bilan kredit resurslarini
taklif etadi. Faraz qilaylik,r = 8 %, Ammo bu foiz qarz oluvchining ahvoli, kredit
muddati, risk darajasi kabi faktorlarning ta’siri natijasida o‘zgarishi mumkin.
Bundan tashqari qarz beruvchi kredit resurslarini kredit bozoridan o‘zi ham olishi
mumkin. Masalan, jamg‘arma banklardan, tijorat banki jamg‘arma bankiga 4,5 %=
r daromad to‘lab berishga tayyor. Jamg‘arma banki o‘z nabatidardan kelib chiqqan
holda omonat va depozitlar bo‘yicha foiz stavkasini r= 4 % belgilaydi.
Davlat ham r dan kelib chiqib o‘z obligatsiyalariga foiz stavkasini belgilaydi.
Agarda foiz stavkasini r dan tushirib yuborsa, aholi davlat obligatsiyalarini sotib
olmaydi. Oshirish esa davlat uchun ortiqcha harajatdir, chunki r = r bo‘lganda aholi
asosan r ni harid qiladi. Sababi davlat obligatsiyalari jamg‘arma banklardagi
depozitlarga nisbatan ishonchliroqdir.
Hissadorlik jamiyatlari ham o‘z aksiyalari bo‘yicha foiz stavkasini r > r kabi
belgilaydi, chunki korxona aksiyalari davlat obligatsiyalariga nisbatan riskliroqdir.
Markaziy bank o‘z navbatida remoliyalashtirish stavkasini belgilashda r dan
kelib chiqqan holda belgilaydi. Sababi Markaziy bank
rva rorqali mamlakat ssuda
kapitali bozoridagi ahvolni nazorat qiladi. Agar davlat investitsion aktivlikni
kuchaytirmoqchi bo‘lsa r tushadi va aksincha aktivlikni kamaytirmoqchi bo‘lsa r
oshiradi.
Bu orqali davlat kapital bozoridagi ssuda resurslarining taklifini boshqaradi,
oqibatda esa kredit foiz stavkalari ham mos ravishda o‘zgarib boradi.
Ba’zi bir aksiyalarni divedend olish maqsadida sotib oladilar, ba’zilar esa bu
aksiyalar narxining o‘zgarishi natijasida paydo bo‘ladigan spekulyativ foyda, ya’ni
marja uchun xarid qiladilar. Aksiyani sotib olmoqchi bo‘lgan kishi aksiyaning
narxini u bo‘yicha kutilayotgan yoki amaldagi divedend orqali hamda bu kishi uchun
foyda normasining qoniqtirish darajasiga asoslangan holda belgilaydi. YA’ni :
Pa= d / i
bunda d - divedend
i - foyda normasining qoniqtirish darajasi
Aksiya bo‘yicha foyda normasining qoniqtirish darajasi esa bir qancha
ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi. Masalan, depozit va omonatlar bo‘yicha foiz
stavkasiga qarab r dan yuqori bo‘lgan aksiya bo‘yicha foiz bu aksiya egasi uchun,
risk qilgani uchun mukofotdir.
i = r + a
bunda a - risk uchun mukofot. Demak.
Ra = d / r + a
Misol uchun, agarda divedend $ 3 bo‘lsa, omonotlar bo‘yicha foiz stavkasi 4
% bo‘lsa, risk uchun mukofot - 6 % bo‘lsa, u holda xaridor uchun aksiyaning xaqiqiy
bahosi kelib chiqadi. 3 / ( 0,04 0,06 ) = 30 dollars. Xuddi shu yo‘l bilan foiz stavklar
bilan davlat obligatsiyalarning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rib chiqishimiz mumkin.
CHunki r = r
YAna muhim bog‘liqlardan biri bu - kapital qo‘yilmalar samaradorligi bilan
foiz stavkalari orasidagi bog‘liqlikdir. Aksiya sotib
olayotgan kishi quyidagicha
o‘ylashi mumkin: “Aksiya sotib olmasdan, pulimni kichik kafe ochishga yoki
bo‘lmasa bir-ikki kishini to‘plab, bo‘sh turgan pullarga zavod sotib olishga ham
sarflashim mumkin-ku”. o‘shanda kapital qo‘yilmalarning samaradorligi miqdorida
foyda olishim mumkin. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, kapital qo‘yilmalar
bo‘yicha foyda normasining qiziqtirish darajasi uning bozordagi foyda normasidan
past bo‘ladi. CHunki kapital qo‘yilmalar bo‘yicha
boshqaruv, tashkiliy va sotish
kabi harajatlar mavjud. Aksiya egasi esa bunday tashvishlardan ozoddir. SHu
sababli, aksiya egasi ortiqcha tashvishlarsiz daromad ko‘rishni tanlaydi, demak
Ra = d / e - l
bunda e - kapital qo‘yilmalarning samaradorligi
l - Biznesda ishtirok etmaganlik chegirmasi
misol uchun, e 15 % , l 5 % bo‘lsa, aksiya sotib olmoqchi bo‘lgan kishi uchun
aksiyaning bahosi aniqlanadi.
Ra = 3 / 0,15 - 0,05 = $ 30
Aksiyani qayta sotishdan daromad ko‘rmoqchi bo‘lgan kishi uchun
aksiyaning kechagi narxi bilan qiziqadi. Agarda bu narx oshishi mumkin bo‘lsa, u
aksiyalarni kechagi narxda sotib olishga harakat qiladi. YUqoridagilarni
umumlashtirib, biz quyidagi tenglikk to‘g‘ri kelamiz.
Ra= d / i *
+ P *
bunda, i - aksiyadan keladigan foyda normasi
R - aksiyalarning kechagi narxi
1)
- dividend hisobida daromad ko‘rmokchi bo‘lganlar salmog‘i
2)
- narxlar orasidagi farq hisobida daromad ko‘rmoqchi bo‘lgan shaxslar
salmog‘i
Misol uchun, R - 28 $, d - 3 $, i - 10 %,
- 60 % bo‘lsa, u holda
aksiya sotib
oluvchi uchun aksiyaning narxi birinchi ko‘rinishda quyidagicha bo‘ladi.
Ra = 3 / 0,1 * 0,6 + 28 * 0,4 = 29,2 $
Demak, umumiy qilib aytganimizda, ssuda kapitallarining bahosi va ularga
to‘lanadigan foiz stavkalari bozorda, raqobat muhitida vujudga keladi. Bunda ssuda
kapitali auksioni boshlanadi. Bu auksionda kredit resurslari erkin, ochiq
tarzda
sotiladi. Ammo bu auksion bo‘lganligi sababli bu resurslarga narx sun’iy tarzda
oshib ketishi mumkin. Ammo bu iqtisodiyoti uncha rivoj topmagan davlatlar uchun
kredit resurslarining real bahosini aniqlashda eng oqilona yo‘ldir. YAna kredit
resurslarining real bahosini aniqlashda inflyasiya ham e’tiborga olinadi. Bunda
nominal va real foiz stavkalari vujudga keladi.
Bulardan tashqari, qat’iy belgilangan (fiksirlangan) va so‘zib yuruvchi foiz
stavkalari ham bordir.
Fiksirlangan foiz stavkasi - bu kredit shartnomasi bajarilgunga qadar
o‘zgarmasdan qoluvchi foiz stavkasidir. Bu stavka tijorat banki uchun noqulaydir,
ya’ni bunda bank o‘z aktivlarining ma’lum qismini yo‘qotishi mumkin. Masalan,
bank 30 % stavkada bir yillik kredit berdi. Uch oydan ssuda kapitali bozorida bir
yillik kapitallarning foiz stavkasi 35% ga ko‘tarilsa, bu bank uchun zarardir. So‘zib
yuruvchi foiz stavkasi bu ssuda kapitalidagi talab va taklifga nisbatan o‘zgarib
boradigan foiz stavkasidir. So‘zib yuruvchi foiz stavkasi bank uchun zarar emas.
Misol uchun. Valyutadagi kreditlarni ko‘rib chiqamiz. Agar Libor - 6 % bo‘lsa, bank
spredi 1 % bo‘ladi, demak kredit narxi 7%, agarda Libor 5 % ga tushsa ham bank
spredi 1 % ligicha qoladi, ammo kredit narxi tushib 6 % ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: