2-mavzu. Tijorat banklarining foiz siyosati. Reja tijorat banklari foiz siyosati xaqida umumiy tushuncha. Foiz stavkalarining turlari


QF  FD = ------------ * 100  QM



Download 215,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana25.01.2023
Hajmi215,3 Kb.
#902758
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3.2(1)

QF 
FD = ------------ * 100 
QM 
Kreditlarning foiz stavkasi mamlakatning ssuda kapitallari bozorida 
aniqlanadi. Bank daromadining asosiy manbai foiz hisoblanadi. 
Umuman olganda kredit foizi ssuda foizining bir ko‘rinishi hisoblanadi. Ssuda 
foizining o‘zi esa tasniflanish belgilariga ega bo‘lgan turli xil ko‘rinishlarda namo¸n 
bo‘ladi. Bunda ta’kidlash joizki, kredit muassasasi ssudaga asosan o‘z mablag‘larini 
emas, jalb qilingan mablag‘larini joylashtiradi. Bank daromadi bo‘sh turgan pul 
mablag‘larini taqsimlash yuzasidan olinadi. 
Bozor qktisodi¸ti sharoitida kredit munosabatlarida bank foizining roli o‘sib 
bora¸tganini ko‘rish mumkin. 
Umuman olganda, foiz siyosati nafaqat pul-kredit mablag‘larining 
boshqaruvchisi bo‘lib hisoblanadi, shu bilan birga butun kredit munosabatlarini 
boshqarib turuvchi iqtisodiy usuli hamdir. 
Tijorat banklari har bir aniq kelishuvlarida foiz normasini hisoblaganda 
quyidagilar e’tiborga olinadi: 

ta’minlangan ssudalar buyicha eng kreditga layoqatli mijozlar uchun aniq 
muddatga beriladigan bazaviy foiz stavkasining darajasini; 

har bir alohida kelishuvning shartlarini inobatga olgan holda risk uchun 
qo‘shimcha to‘lov. 
Bazaviy foiz stavkasi quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
bazaviy foiz stavkasi S + S = P 
S - kredit resurslarining o‘rtacha real bahosi; 
S - bank faoliyatining ta’minoti bo‘yicha rejalashtiriladigan xarajatlarning 
kutilayotgan joylashtirilgan mablag‘larning hajmining nisbati. 
P - bankning ssuda operatsiyalari bo‘yicha rejalashtirila¸tgan daromadlilik 
darajasi. 
G‘arb mamlakatlarining pul-kredit munosabatlarida turli xil foiz stavkalari 
qo‘llaniladi. 1-darajali foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalash foiz 
stavkasi hisoblanadi. Bu muhim ahamiyatga ega. Stavkaning Markaziy bank 
tomonidan pasaytirilishi bozorda kredit resurslarining taklifini ko‘payishiga va 
arzonlashishiga olib keladi. Bu foiz stavkasini pasaytirishdan maqsad - investitsiya
xarakatini tezlashtirish, mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga turtki berishdir. 
Qayta moliyalash foiz stavkasini oshirish orqali pul-kredit hajmining 
qisqarishiga, inflyasiya sur’atining pasayishiga, lekin shu bilan birga iqtisodiyotga
investitsiyalar hajmining qisqarishiga olib keladi. Demak, Markaziy bankning


qayta moliyalashtirish foiz siyosati inflyasiya darajasini, hamda iqtisodiy o‘sish
harakatlarini hisobga olgan holda mamlakatning pul-kredit tizimining holatiga 
qarab olib borilishi kerak.
Tijorat banklarining foiz siyosati ikki asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. 
Birinchisi, bu bank resurslarini yaratishda mablag‘larni jalb qilish jarayonida olib
boriladigan foiz siyosati, ikkinchisi, banklar tomonidan resurslarni joylashtirish 
sohasida olib boriladigan foiz siyosatidir.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining foizsiyosati bank tizimiga
taaluqli qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan. 1998
yilning 2 dekabrida qabul qilingan 558-sonli “Banklarning kredit va depozitlari
bo‘yicha foizlar hisoblash tartibi to‘g‘risida”gi o‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankning Nizomiga asosan olib boriladi.
Mazkur Nizomga asosan kreditlar va depozitlar bo‘yicha foizlar to‘lash
vaqtida emas, balki foyda ko‘rish davrida hisoblanib, moliyaviy hisobotlarda 
davriylikka mos aks ettirilib borilishi lozim. Depozit va kreditlar bo‘yicha
hisoblangan foizlarni ifodalash uchun har bir depozit turi va kredit bo‘yicha
alohida hisobvaraqlari ochiladi.
Depozitlar va kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari, ularning summasi, ularni
to‘lash vaqti davri, to‘lash shartlari va boshqalar mijoz bilan bank o‘rtasida
kelishib olinadi va to‘ziladigan shartnomada aks ettiriladi. Kreditlar bo‘yicha foiz
stavkalar kreditning muddati, qarz oluvchi tomonidan tavsiya qilingan garov holati 
va qiymati, uning likvidliligiga, kredit resurslari bahosiga, kredit riskning 
darajasiga qarab tijorat banki tomonidan mustaqil belgilanadi va u kredit 
shartnomada aks ettiriladi. Kredit bo‘yicha foizlar muddati kelganda memorial 
order bilan rasmiylashtirilib, mijozning asosiy talab qilib olinguncha bo‘lgan 
depozit varag‘idan grafik bo‘yicha undirib olinadi.
Foizlarin hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
summa * foiz stavka * amaldagi kunlar soni 
360 
Mikrokreditlar bo‘yicha o‘zbekistonda foiz stavkalar Markaziy bankning 
qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda, yakka tartibdagi
tadbirkorlar uchun qayta moliyalash stavkasining 50 % miqdorida imtiyozli foiz
stavka o‘rnatilishi mumkin. 
Ta’lim va iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz stavkalar tomonlar kelishuviga 
asosan so‘zib yuruvchi foiz shaklida, lekin qayta moliyalashtirish stavkasidan 
yuqori bo‘lmagan summada belgilanadi. 
Kredit buyicha foizlar har kuni hisoblanadi va quyidagi buxgalteriya
o‘tkazish bo‘yicha aks ettiriladi. 
Dt 163XX. - Olish uchun hisoblangan foizlar 
Kt 40201–44900 – Foiz daromadlari 
Foizlarni undirish shartnomada belgilangan tartibda va muddatda amalga 
oshiriladi va u quyidagi buxgalteriya o‘tkazmada ifodalanadi.
Dt – Kassa, bankning vakillik hisobraqami yoki mijozning talab qilib 
olinguncha depozit hisobraqami 


Kt – 163XX. Olinish uchun hisoblangan foizlar 
Depozit hisobvaraqlari kredit qoldig‘i bo‘yicha to‘lanadigan foizlarni 
hisoblash bankning moliyaviy holatidan qat’iy nazar har kuni amalga oshirilish
mumkin va uni quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasida ifodalash mumkin. 
Dt – 50101-54900 – foiz harajatlari 
Kt – 224XX. To‘lash uchun hisoblangan foizlar. 
Hisoblangan foizlarning to‘lashini kredit shartnomada ko‘rsatilgan muddat
va summada - quyidagi tartibda amalga oshiriladi. 
Dt 224XX. To‘lash uchun hisoblangan foizlar 
Kt - Bank vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning talab qilib olinguncha
depozit hisobvarag‘i. 
Foiz stavkasi quyidagilarga bog‘lik o‘zgarib turadi: 
1. Pul bozoridagi talab va taklifningnisbati, ya’ni bozorda qanday miqdorda 
qarz puliga talab bor va unga nisbatan qanday miqdorda qarz beriladigan pul
chiqarilgan. 
2. Moliyaviy resursning iste’mol qiymati, ya’ni uni ishlatishdan keladigan
naf darajasi. Agar u tadbirkorga ko‘p foyda keltirsa, foiz yuqori, aksincha esa
past bo‘ladi. 
3. Qarzni to‘lash muddati va sharti. 
4. Inflyasiya darajasi. 
5. Pul egasining mablag‘ini daromad keltiradigan boshqa sohalarning
naflilik darajasi. 
6. Qarz berishning xatar darajasi, ya’ni mablag‘larning qaytib kelishi
kafolati. 

Download 215,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish