2-mavzu: Statistik kuzatish uslubiyati Reja: Statistik kuzatish to‘g‘risida



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana06.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#746439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-mavzu

Reprezentativlik xatosi – bosh 
va 
tanlama 
umulashtiruvchi 
to‘plam 
ko‘rsat- 
kichlari orasidagi farq-dir. 
Arifmе- 
tik 
хatolar 
Qayd 
qiliш 
хatolari 
Tasodifiy 
хatolar 
Haqiqatni 
yashirish- 
lar 
Qo’shib 
yozishlar 
Muntazam 
хatolar 
Arifmetik 
tekshirish 
– 
o‘zaro 
bog‘langan 
ma’lu- 
motlarni miqdoran na-zorat 
qilish. 
G’arazli 
хatolar 
Bеg’araz 
хatolar 


Mantiqiy 
kuzatish 
hodisaning 
nazorat 
 
materiallari 
mohiyatiga 
mosligini belgilash. 
yordamida (qo‘shish, bo‘lish va h.k.) 
tekshiriladi. Shu bilan birga istiqbolda ko‘zlangan daraja va oldingi davrda 
yerishilgan natijalar bilan taqqoslab ham tekshirish amalga oshiriladi. 
Ma’lumotlarni 
to‘g‘ri 
yoki 
to‘g‘rimasligini 
aniqlashda
mantiqiy nazorat alohida ahamiyatga ega. 
Mantiqiy 
nazorat 
deganda 
kuzatish 
materiallarini 
mazmunan 
tekshirish 
tushuniladi. 
Ular qanchalik xodisa mohiyatiga mos 
kelishi belgilanadi. Bunda ma’lumotlarda qarama-qarshilik bor-yo‘qligi 
aniqlanadi. 
 
5.O‘zbekistonda statistikaning tashkil etilishi. 
Statistikaning hozirgi sharoitda amal qilishning huquqiy negizini «Davlat 
statistikasi to‘g‘risida»gi qonun ta’minlaydi. Bu qonun O‘zbekiston statistika 
tizimining bozor iqtisodiyoti sharoitlari va qoidalari bilan uyg‘unligi, respublikaning 
jahon ham jamiyatiga qo‘shilib borishi zarurati hamda davlat statistikasini tashkil 
qilishga yondashuvlar bilan xalqaro amaliyotda qabul qilingan standartlar hamda 
qoidalarning birligini ta’minlashga intilish munosabati bilan ishlab chiqilgan. 
Ma’lumotlarning statistik maxfiyligini ta’minlash xalqaro amaliyotda statistika 
faoliyatining alohida prinsiplaridir. Bu respondentlar tomonidan statistika 
organlariga taqdim qilingan ma’lumotlarni oshkor qilishning ta’qiqlanishini 
bildiradi. Xo‘jalik subektlari tomonidan taqdim qilingan barcha ma’lumotlardan 
faqatgina statistika maqsadlarida hamda yig‘ma ma’lumotlarni tayyorlashda 
foydalaniladi. 
Bu barcha prinsiplarning huquqiy jihatdan ruyobga chiqarilishi statistika organ-
lariga bo‘lgan ishonchni ancha mustahkamlashi shubhasiz, bu esa, o‘z navbatida, 
olingan ma’lumotning ishonchlilik darajasini oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan 
statistika sohasidagi o‘zaro munosabatlari qonunda teng huquqlilik va o‘zaro 
manfaatlar qoidasiga amal qilgan holda tuzilgan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama 
xalqaro shartnomalarga asoslanib olib boriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Statistika davlat qo‘mitasining o‘z vakolatlari 
doirasida qabul qilingan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyat 
organlari va xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan ijro etilishi majburiydir. 
Davlat organlari hamda joylardagi hokimiyat organlari davlat statistikasi 
organlari faoliyatiga aralashuviga yo‘l qoyilmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Statistika davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatini respublika 
va mahalliy hokimiyat organlari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat 
birlashmalari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikda olib boradi. 
«Davlat statistikasi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq Statistika davlat qo‘mitasi 
xuzurida Statistika kengashi tuzilgan. 
Statistika kengashi davlat statistikasining rivojlantirilishi, faoliyat ko‘rsatishi 
va 
muvofiqlashtirilishi 
muammolari 
organidir, 
shuningdek,, 
statistika 


metodologiyasini takomillashtirish hamda foydalanuvchilarning rasmiy statistik 
ma’lumotlarga bo‘lgan extiyojini hisobga olish boyicha kollegial maslahat 
organidir. 
Statistika kengashining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Statistika kengashi davlat hokimiyati organlari, ilmiy jamoatchilikning, jamoat 
tashkilot vakillari hamda statistika boyicha milliy ekspertlardan tuzilgan. 
Statistika kengashining asosiy vazifasi: 

statistika faoliyatini hamda statistika sohasidagi amaldagi qonunchilikni 
takomillashtirish; 

statistikaning asosiy prinsiplariga, birinchi navbatda, statistika ma’lumotining 
qulayligi, ochiq-oydinligi, oshkoralig‘iga rioya etilishi choralarini amalga oshirish; 

chuqur tizimli tahlil va xalqaro tajribani o‘rganish asosida ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarning haqqoniyligini, ishonchliligini va to‘liq hisobga olinishini 
ta’minlovchi Davlat statistika ishlari dasto‘rini shakllantirish; 

ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadigan statistika ko‘rsatkichlari 
tizimining mazmuni va tarkibini yaxshilash; 

statistikani xalqaro standartlarga va milliy hisoblar tizimiga muvofiq 
takomillashtirish dasto‘rini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat. 
Respublikada statistika faoliyati bir necha yilga mo‘ljallab hamda yillik qilib 
ishlab chiqiladigan Statistikani rivojlantirish va takomillashtirish Dasturlariga 
muvofiq amalga oshiriladi. 
Dasturlarda statistikaning iqtisodiyotning bozor yo‘lidagi o‘zgarishlari va 
mamlakat iqtisodiyotini jahon hamjamiyatiga integrasiya qilish sharoitida isloh 
qilish jarayonlari aks ettiriladi, 
Bugungi kunda statistika organlarining faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda olib 
borilmoqda: 

xalqaro darajada qabul qilingan klassifikasiyalar bilan uyg‘unlashtirilgan 
milliy statistika klassifikasiyalari tizimini joriy qilish. Bunda statistika standartlari 
orasida standart klassifikasiyalarini ishlab chiqish va joriy etish masalalari muhim 
o‘rin to‘tadi. Statistika tarmoqlarida klassifikatorlar tizimining ishlab chiqilganligi 
(OKED) ham, ishlab chiqish jarayonidagi holatlarni ham bosqichma-bosqich joriy 
etish nazarda tutilmoqda;

statistika ma’lumotlari bazasida statistika ko‘rsatkichlari tizimini ri-
vojlantirish, respublika va mintaqalar ko‘lamida statistika ma’lumotlari bazasini 
shakllantirish va olib borish negizida takomillashtirish;

havfsizlik va maxfiylikni, shu jumladan, ruxsatsiz foydalanishdan 
ximoyalashni ta’minlash boyicha talablarga maksimal rioya etgan holda statistik 
ma’lumotni to‘plash, uzatish, qayta ishlash, jamg‘arish va taqdim qilishning 
mufassal texnologiyasini yaratish;

korxonalar va tashkilotlar yagona Davlat registri funksiyalarini xo‘jalik 
yurituvchi subektlarni hisobga olishning asosi, statistika kuzatuvi birliklari 
yig‘indisinianiqlashga mo‘ljallangan vosita sifatida rivojlantirish;

statistika kuzatuvlarini tashkil qilish hamda alohida statistika ma’lumotlarini 
qayta ishlash metodlarini takomillashtirish; 



statistik ma’lumotlarning idoralararo, mintaqalararo va davlatlararo 
darajalarda qiyoslanishini ta’minlash;

kompleks ma’lumotlar statistika bazasini shakllantirishda ma’muriy 
statistikaning bank, moliyaviy, soliq va boshqa turlaridan foydalanish;

real, tashqi, davlat, moliya va ijtimoiy sektorlarda makroiqtisodiy va 
tarmoq 
statistikasi 
ko‘rsatkichlari 
tizimini 
hamda 
metodologiyasini 
takomillashtirish. Makroiqtisodiy statistikani rivojlantirish sohasida milliy hisoblar 
statistikasini ishlab chikilayotgan hisoblarda ham, jamg‘arish hisoblarini, moliyaviy 
hisoblarni, balans jadvallarini va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan integrasiyalashgan sektor 
hisoblarini tuzish metodlarini o‘zlashtirishda ham yanada takomillashtirishni 
ta’minlash rejalashtirilmoqda. Shuningdek, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni ishlab 
chiqishning hududiy jihatini kengaytirish va uning tarmoq hamda yig‘ma iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar bilan muvofiqlashuvi nazarda tutilmoqda;

yangi axborot texnologiyalarini joriy etish va klassifikasiyalarning 
avtomatlashtirilgan bankini, registrlarini, integrasiyalanib taqsimlangan ma’lu-
motlar bazasini o‘z ichiga oluvchi yagona statistik ma’lumotlar zahirasini 
shakllantirish;

statistika ma’lumotlarini e’lon qilish va tizimini takomillashtirish, ushbu 
ma’lumotlarni ayirboshlashni faollashtirish;

statistika va axborot texnologiyalari sohasida kadrlarning uzluksiz pro-
fessional ta’limi tizimini takomillashtirish;

statistika sohasida xalqaro hamkorlik va hokazo. 
 
Hisobot korxona va tashkilotlar 
faoliyati 
haqidagi 
ma’lumotlarni 
uzluksiz, belgilab qo‘yilgan tartibda va 
vaqtda 
to‘plashning 
muhim 
yo‘li 
(shakli)dir. “O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat Statistikasi haqidagi” Qonunga 
muvofiq respublika hududida joylashgan 
va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan 
barcha korxonalar va 
tashkilotlar, ularning mulkiy va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat`iy nazar, o‘z 
faoliyati haqida aniq va to‘la ma’lumotlarni belgilangan dasturda, tartibda va 
muddatda tegishli davlat statistika tashkilotlariga taqdim etishga majburdir. 
Statistik hisobot shakllari xaraktyeri va mazmuni, hisobot davri, yuborish 
uslubi, umumlashtirish darajasiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi (2.6-tarh). 

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish