ko‘zlangan rejalarning bajarilishi ustidan to‘liq nazoratni olib borishdan iborat
bo‘lib, bu har bir statistik hisobotda quyidagi uch turdagi ma’lumotlar keltiriladi:
−
Joriy davrda haqiqatda erishilgan ko‘rsatkichlar;
−
Joriy davr rejalarida ko‘zlangan topshiriqlar;
−
O‘tgan (bazis) davrda haqiqatda erishilgan ko‘rsatkichlar.
Statistik hisobot tavsifi va mazmuni, muddati va yuborish usuli, umumlashtirish
darajasiga qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi (7-chizma):
7-chizma. Statistik hisobot turlari.
1. Tavsifi va mazmuniga qarab:
Umumdavlat hisobotida - mamlakatni boshqarish
va ijtimoiy-iqtisodiy
rejalashtirish ishlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar keltirilib, barcha korxonalar,
muassasalar va tashkilotlar tomonidan tuziladi va ular statistik organlarga taqdim
etiladi, shundan so‘nggina umumlashtirilgan hisobotlar xukumatga (Vazirlar
Maxkamasiga) topshiriladi.
−
Vazirliklar, maxkama va boshqarmalar, jamoatchilik tashkilotlarida
operativ ishlarni olib borish maqsadida o‘rnatilgan hisobot vazirliklar, maxkamalar
ichidagi hisobot deb yuritiladi. Bu hisobot o‘zidan yuqori va statistika tashkilotlariga
topshirilmaydi.
−
Xalq xo‘jaligi tarmoqlaridan barcha korxonalar va tashkilotlar uchun
umumiy bo‘lgan ko‘rsatkichlar boyicha keltirilgan hisobotlar
namunaviy hisobot
deb aytiladi.
−
Aynan tarmoq uchun xos bo‘lgan ko‘rsatkichlar boyicha keltirilgan
hisobotlar ixtisoslashgan hisobot deyiladi.
2. Topshirish muddatiga qarab:
-Joriy hisobot – xo‘jalik ustidan operativ boshqarish va nazorat qilish
maqsadida joriy ma’lumotlarni olish uchun xizmat qiladi. Topshirish muddatiga
qarab, bu hisobot kundalik, besh kunlik, o‘n kunlik, o‘nbesh kunlik, oylik, choraklik
va yillik bo‘lishi mumkin:
-Korxona va tashkilotlarning bir yillik faoliyati boyicha asosiy yakunlar
keltirilgan hisobot boyicha yillik hisobot deb yuritiladi. Unda korxona faoliyatining
barcha asosiy tomonlari haqida ma’lumot keltirilgan bo‘ladi.
3. Yuborish usuliga qarab:
−
Hisobotlar telegraf va pochta hisobotlariga bo‘linadi.
Telegraf usuli eng
muhim ma’lumotlarni olish yoki yetkazish uchun xizmat qiladi. Pochta usulida esa
yuboriladigan yoki qabul qilinadigan hisobotlarda ko‘proq ko‘rsatkichlar keltiriladi.
4. Umumlashtirish darajasiga qarab hisobotlar:
−
Boshlang‘ich hisobot – faqat mustaqil korxona, muassasa va tashkilotlar
tuzadi. Bu hisobotning muhim xususiyati shundan iboratki, uning hujjatlari bir
necha
nusxada tuzilib, har xil joylarda saklanadi. Bu esa ushbu hisobot
ma’lumotlarining aniqligini tekshirishda qo‘l keladi.
−
Yig‘ma hisobot – boshlang‘ich hisobot asosida boshqarma va yuqori
tashkilotlar tomonidan tuziladi.
II. Maxsus uyushtirilgan statistik kuzatish – bu ma’lumotlarni royxatdan
o‘tkazish, bir yo‘lakay hisob va har xil tekshirishlarni tashkil qilish yo‘li bilan
to‘plashdan iborat. Statistik hisobot qanchalik yo‘lga qoyilmasin, baribir, statistika
maxsus uyushtirilgan statistik kuzatishlarni amalga
oshirmasdan barcha zaruriy
ma’lumotlarni to‘play olmaydi. Shunday ijtimoiy xodisa va jarayonlar mavjudki,
ular haqida hisobot olishni yo‘lga qoyib bo‘lmaydi. Masalan, bozor iqtisodiyoti
sharoitida savdodagi narx-navo, oila byudjeti,
u yoki bu muammolar boyicha
jamoatchilik fikrini bilish, aholi royxatlarini o‘tkazish kabilar shunday xodisalar va
jarayonlar turkumiga kiradi.
Bundan tashqari, statistik hisobotda har bir masalani juda mufassal ravishda
bayon etib bo‘lmaydi, chunki bu xol uning operativ boshqarish uchun xizmat qilish
funksiyasiga putur yetkazadi.
Statistik kuzatish quyidagi turlarga bo‘linadi (8-chizma):
Do'stlaringiz bilan baham: