Quyosh radiasiyasini o’lchash. Yer shartida amaliyotda quyosh radiatsiya darajasini avvaldan aniq aytish uchun atmosferada tashqari-dagi radiatsiyaning pasayishini hisoblab chiqmaydilar, chunki bu ishni bajarish uchun qiyin olinadigan meteorologik axborot kerak. Buning o’rniga quyosh moslamalarni loyihalashda yoki quyosh radiatsiyasi o’lchamlaridan foydalaniladi yoki berilgan meteorolik ko’rsatkichlar yordamida quyosh radiatsiyasining raqamlari aniqlaydilar. Mazkur bobda quyosh radiatsiyasi o’lchashning uslublari ko’rib chiqiladi, ko’rsatkichlar maxsus xususiyatlari muhokama qilinadi va bu ko’rsatkichlarni ko’rib chiqish uslublari ko’rib chiqiladi.
Amaliyotda quyosh radiatsiyasi o’lchashning ko’rsatkichlardan foydalanishning bir necha yullari ko’rsatilgan. Birinchi yo’l quyosh radiatsiyasini jarayonni o’rtacha o’lchash, masalan, bir oyda, bu jarayonning o’rtacha effektivligini hisoblashga yo’l beradi. Lekin bu yo’lning xatoligi shundan iboratki ko’p jarayonlar moslamalarda Quyosh radiatsiyasiga chizig’siz bog’liq bo’ladi, shuning uchun o’rtacha ko’rsatkichlardan bu hodisalarda foydalanish juda katta xatolarga olib kelish mumkin. Ikkinchi yo’l jarayon effektivligini baholash uchun berilgan maydonda quyosh radiatsiyasi darajasini soat yoki kunlar natijalaridan foydalanish. Uchinchi yo’l energiyani o’zgartirish jarayoni effektivligini avvaldan hisoblash uchun vaqtincha taqsimlashlardan foydalanib va quyosh radiatsiyasi ko’rsatkichlarini o’rgatib chiqishda statistik uslublardan foydalanishdan iborat.
Termoelektrik aktinometr yordamida to’g’ri quyosh radiasiyasini o’lchash.Termoelektrik aktinometr yordamida to’g’ri quyosh radiatsiyasi intensivligini o’lchash quyidagi tartibda olib boriladi.
1. Aktinometr termobatareyasining uchlaridan tashqariga chiqaril-gan ikkita simni GSA-1 tipidagi galvonometrning () va S deb yozib qo’yilgan klemmalariga ulanadi (3.1-rasm) .
3.1-rasm: Oddiy aktinometr
Bunda galvonometr strelkasining nolin-chi bo’limidan o’ngga og’ishiga erishish kerak. Galvonometrning yuz tomoniga joylashtirilgan termometrning ko’rsatishini yozib qo’yiladi.
2. Aktinometr trubkasining qopqog’i olib qo’yiladi. So’ngra trubkani quyoshga aniq qaratib, termobatareyasini 1-2 minut davomida qizdiriladi.
3. So’ngra aktinometr trubkasi qopqoq yordamida berkitiladi va 20-25 sekunddan keyin (galvonometr strelkasining tebranishi to’xtagach) galvonometr strelkasining ko’rsatgan bo’limi, ya’ni galvonometrning nol holati aniqlanadi.
4. Trubka qopqog’ini olib qo’yib, har 20 sek o’tgandan keyin galvonometr ko’rsatishlarini 0,1 bo’limigacha aniqlikda shkaladan yozib boriladi. N1, N2, N3, N4, N5 bo’limlariga teng bo’lsin. Shu tarzda o’tkazilgan o’lchashlarning soni 5 martadan kam bo’lmasiligi kerak.
5. Trubka olib qo’yilgan holdagi o’lchashlar tamom bo’lgach trubkani yana berkitilib, 20-25 sek o’tgach galvonometr strelkasining keyingi nol holati aniqlanadi. Shu bilan bir seriya o’lchash tamom bo’ladi.
6. Galvonometr ko’rsatishining o’rtacha nol holati quyidagicha aniqlanadi:
N0 (3.1)
7. Trubka ochib bo’lganda galvonometr strelkasi ko’rsatishlarining o’rtacha qiymati aniqlanadi.
No’rta (3.2)
8. Galvonometr pasportidan foydalanib, o’lchashlar o’tkazilayotgan temperaturadagi galvonometr shkalasiga tuzatish kiritib N aniqlanadi.
9. No’rta ning qiymatiga N ni qo’shib, galvonometr strelkasi ko’rsatishining tuzatilgan qiymati hisoblanadi :
Ntuzat No’rtaN (3.3)
10. Quyosh nurlariga tik sirtdagi to’g’ri intensivligini birlikda ifodalash uchun Ntuzat ni xuddi shu temperatura uchun olingan aktinometr domiysi k ga ko’paytirish kerak:
S k·Ntuzat (3.4)
11. Insolyasiyani S’S·sinh formula bo’yicha hisoblanadi. Buni o’lchash vaqtidagi quyosh balandligi avvaldan ma’lum bo’lishi kerak.