№1-LABORATORIYA ISHI
Aktinometr yordamida nuriy energiyani o‘lchash
Ishni bajarishdan maqsad:
Termoelektrik aktinometr yordamida quyoshning to‘g‘ri
radiatsiyasini
o‘lchashni o‘rganish.
Kerakli asbob va materiallar:
AT-50 tipidagi termoelektrik aktinometr, GSA-1 tipdagi galvanometr, soat,
aktinometrning tekshirish guvohnomasi.
Nazariy qism
Erdagi hayotning mavjudligi Quyosh bilan chambarchas bog‘langan.
Quyosh radiatsiyasi hisobiga Erda hayotning borishi uchun zarur temperatura sharoiti
vujudga keladi. Elektromagnit to‘lqinlar tarzida tarqaladigan quyosh nurlanishiga quyosh
radiatsiyasi deb aytiladi. Quyosh radiatsiyasi energiyasini odatda quyoshning nuriy energiyasi deb
yuritiladi.
Quyosh radiatsiyasi atmosferadan o‘tishida murakkab o‘zgarishlarga uchraydi.
Atmosferaning yuqori qatlamlaridan Ergacha bo‘lgan masofada quyosh radiatsiyasining ma’lum
qismi yutiladi, sochiladi va qaytadi, ya’ni quyosh radiatsiyasining miqdor hamda spektral tarkibi
o‘zgaradi. Quyosh radiatsiyasining qolgan qismi esa ergacha etib keladi. Atmosferada sochilgan
quyosh radiatsiyasining ma’lum qismi, albatta, erga tushadi. SHuning
uchun Erga tushadigan
quyosh radiatsiyasi to‘g‘ri va sochilgan holda bo‘ladi.
Quyosh gardishidan bevosita erga tushadigan radiatsiyani to‘g‘ri radiatsiya deb ataladi. Er
bilan quyosh orasidagi masofa juda katta bo‘lganligi sababli to‘g‘ri radiatsiyani parallel nurlar
oqimi deb atash mumkin.
Quyosh radiatsiyasining atmosferada havo molekulalari, bulut
hamda chang zarralarida
sochilib erga tushadigan qismi sochilgan (sochilma) radiatsiya deyiladi. Gorizontal tekislikka ayni
bir vaqtda tushuvchi to‘g‘ri va sochilgan radiatsiya birgalikda quyoshning yig‘indi (yalpi)
radiatsiyasi deb yuritiladi.
Quyoshning to‘g‘ri radiatsiyasini o‘lchashda biror tekislikka to‘g‘ri keladigan quyosh nuriy
energiyasining oz yoki ko‘pligini aniqlashda quyosh radiatsiyasi intensivligi tushunchasidan
foydalaniladi.
Quyosh nurlariga tik joylashgan birlik yuzaga vaqt birligida tushuvchi quyoshning nuriy
energiyasi ko‘lamiga radiatsiya intensivligi (yoki to‘g‘ri radiatsiya oqimining sirtiy zichligi)
deyiladi.
Quyosh nurlari tik sirtga tushayotgandagi to‘g‘ri radiatsiya intensivligini S,
gorizontal
sirtga tushayotganini esa S bilan belgilasak, ular orasida quyidagi bog‘lanishni yoza olamiz:
S ' = S •
sinh
(
1
)
bunda,h - quyoshning gorizontdan balandligi (kuzatuvchi ko‘zi bilan quyoshni tutashtiruvchi
to‘g‘ri chiziq va gorizont tekisligi orasidagi burchak).
(1) formuladan ko‘rinadiki, gorizontal sirtga tushayotgan to‘g‘ri radiatsiya qiymati S
1
ni, o‘lchash
o‘tkazmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri S ning qiymatini quyosh gorizontdan balandligi h ning sinusi
(sinh) ga ko‘paytirish bilan ham topish mumkin.
Quyosh nurlariga tik joylashgan sirtda to‘g‘ri quyosh radiatsiyasining
intensivligi
quyoshning gorizontdan balandligi oshgan sari orta boradi, kunning ikkinchi yarmida esa
kamayadi.
Tekshirishlarning ko‘rsatishicha Toshkent shahrida quyoshning tik sirtga tushadigan to‘g‘ri
radiyasiyasining maksimal qiymati.
Ma’lumki kuzatish muddatlarida barcha asboblar bilan bir vaqtda o‘lchash ishlari o‘tkazish
mumkin emas. SHuning uchun so‘tka davomidagi 8 martao‘lchashdaquyidagilarga:
a)
havo temperaturasi va namligini kuzatish muddatlaridan 10 minoldin o‘lchashga;
b)
barcha kuzatishlar 20-30 min o‘tguncha davom etishiga ruxsat etiladi.
Har bir
stansiyadagi talaba o‘lchashning navbatdag imuddatidan 10 min oldin maydonchani tekshirib
chiqishi va asboblarni o‘lchashlarga tayyorlashi lozim.
Kuzatish muddatlari va tartibi.
Meteorologik kuzatish natijalarining aniq va solishtirarli bo‘lishi uchun kuzatish muddatlari
va tartibiga qattiq rioya qilinadi. Kuzatishlar odatda soat 6, 8, 10, 12, 14, 16, 18 va 20 larda
o‘tkaziladi. Bunday kuzatishlarda
havo va tuproq temperaturasi, namligi, shamol tezligi va
yo‘nalishi, bulutlilik harakteristikasi, gorizontal ko‘rinuvchanlik
uzoqligi, atmosfera bosimlari
aniqlanadi.