Quyosh radisiyasining intensivligi va uni qayd qilish metodlari. Quyosh nurlari yutilishi bilan bir qatorda yana bir qismi atmosferada tarqalib ham ketadi. Atmosferadagi havo molekulalari, chang va suv zarrachalari quyosh nurlarining atmosferada tarqalishiga sabab bo’ladi. Yorug’likning tarqalishi natijasida yerga radiatsiya kamroq tushadi. Nurlarining tarqalishi zarrachalarning kattaligiga bog’liqdir. Agar zarrachaning kattaligi yorug’likning to’lqin uzunligidan kichik bo’lsa, yorug’likning tarqalishi to’lqin uzunligining to’rtinchi darajasiga teskari proporsional bo’ladi:
(3.12)
Bu yyerda P-tarqalish intensivligi
- yorug’likning to’lqin uzunligi
A- zarrachalarning o’lchamiga bog’liq bo’lgan doimiy son
Demak, yorug’likning to’lqin uzunligi qancha kichik bo’lsa, tarqalishi shuncha ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham to’lqin uzunligi kichikroq bo’lgan ko’k nurlar qizil nurlarga qaraganda atmosferada ko’proq tarqaladi. Agar atmosfera fakat ko’k nurlarnigina tarqatsa, kunduzi soyadagi hamma narsa ko’k rangda ko’ringan bo’lar edi. Lekin atmosferadagi kattaroq zarrachalar quyosh spektridagi uzunroq to’lqinli qizil, sariq nurlarni ham tarqatadi. Natijada hamma tarqalgan nurlar qo’shilib, oq nur ta’sirini hosil qiladi. Quyosh nurlarining atmosferada tarqalishi natijasida quyosh chiqishidan oldin tong yorug’ligi va quyosh botishidan keyin oqshom yorug’liklari o’simliklar hayotida muhim rol o’ynaydi. Ular sutkaning yorug’ qismini uzaytiradi. O’simliklarda fotosintez jarayoni shu tarqalgan nurlar yordamida ham sodir bo’lishi mumkin. Osmonda bulut bo’lmasa, yer yuziga quyoshning to’g’ri nurlari ham, tarqalgan nurlari ham tushadi. Yer yuziga tushgan to’g’ri va tarqalgan radiatsiyani birgalikda yig’indi radiatsiya deyiladi:
Q=S+D (3.13)
Bu yyerda: Q- yig’indi radiatsiya.
S- yer yuziga to’g’ri tushgan radiatsiya.
D –tarqalgan radiatsiya.
Quyosh radiasiyasining intensivligi. Quyosh nurlari yer yuzining biror joyiga tushganda, unga asosan ikki xil ta’sir ko’rsatadi: uni isitadi va yoritadi. Quyosh radiatsiyasining miqdorini shu ikki ta’sir orqali xarakterlash mumkin. Yer yuziga tushgan quyosh radiatsiyasining miqdorini xarakterlash uchun quyosh radiatsiyasining intensivligi degan tushuncha qo’llaniladi. Quyosh nurlariga perpendikulyar bo’lgan 1 sm2 yuzaga 1 minut ichida quyosh nurlari bilan kelgan energiya miqdori quyosh radiatsiyasining intensivligi deyiladi va yoki degan birliklar bilan ifodalanadi.
Quyosh radiatsiyasining intensivligi quyosh nurlarining qiyaligiga bog’liq bo’ladi. Yuzaga perpendikulyar tushgan quyosh energiyasining miqdori qisqacha radiatsiya deyiladi. Yuzaga qiya tushgan nurlar bilan kelgan quyosh energiyasining miqdori insolyasiya deb ataladi. Insolyasiya bilan radiatsiya orasidagi bog’lanishni quyidagi formula ko’rsatadi.
Su = Sp . sin (3.14)
Bu yyerda Su- insolyasiya intensivligi,
Sp-radiatsiya intensivligi,
- quyoshning balandligini ko’rsatuvchi burchak.
Radiatsiya intensivligi quyoshning balandligiga bog’liq bo’lgani uchun kun davomida quyosh balandligi bilan birga radiatsiya intensivligi ham o’zgarib boradi. O’lchashlardan ma’lum bo’lishicha, quyosh radiatsiyasining eng katta intensivligi kunning o’rtasiga emas, soat 10-11 larga to’g’ri keladi. Buning sababi shuki, havoning tiniqligi kun davomida o’zgaradi: Ertalab havo tiniqroq bo’ladi, kunduzi esa havo-ning vertikal oqimlari natijasida chang zarrachalari havoga ko’tarilib, quyosh nurining yutilishini kuchaytiradi, natijada yer yuziga tushayotgan radiatsiya susayadi. Quyosh radiatsiyasining intensivligi yil davomida ham o’zgaradi. Radiatsiya yilning issiq oylarida emas, balki bahor oylarida, ayniqsa O’zbekistonda fevral-mart oylarida eng ko’p miqdorda bo’ladi. Buning sababi, shu oylarda havoning tozaroq bo’lishidadir. Radiatsiya asosiy intensivligining minimumi dekabr oyiga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |