2-Маvzu: Qadimgi ва milliy dinlarning tasnifi reja



Download 104 Kb.
bet3/3
Sana05.07.2022
Hajmi104 Kb.
#742000
1   2   3
Bog'liq
2-Маvzu Qadimgi ва milliy dinlarning tasnifi-1

Zardushtiylik dini.
Tayanch so`z va tushunchalar: Zardushtiylik dini, Zardusht, Axuramazda, Axriman, Mitra, Atarxurra, eran-vej, Vishtaspa, YAsht, YOsin, SHopur.
1.Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo`lib, bu din er.avval VII-VI asrlarda dastavval Markaziy Osiyoda Xorazm vohasida paydo bo`lgan. Uning payg’ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi yakka xudolik dinini ijod etgan. Zardushiylik paydo bo`lgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya`ni quldorlik davri endi paydo bo`layotgan davr edi. U urug’- qabilachilik tuzumi emirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo`linayotgan davr bo`lgan. Bu din eng avval Markaziy Osiyo, so`ng eron, Ozarbayjonda qaror topgan edi.
I.A.Karimov “O`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan qurmoqdamiz” degan asarida biz o`zbek xalqi mansub bo`lgan xalqning tarixi g’oyat uzun, beqiyos, betakror ekanini taokidlab,bunday degan edilar: “Biz jahon maydonida kuni kecha paydo bo`lgan xalq emasmiz, bizning millatimiz xalqimiz ko`hna Xorazm zaminidan “Avesto” paydo bo`lgan zamonlardan beri o`z hayoti, o`z madaniyati, o`z tarixi bilan yashab keladi.”
Butun Markaziy Osiyo moddiy va ma`naviy madaniyatining beshigi Xorazm vohasi va u erda yashagan turkiy elatlar bo`lgan, shulardan o`zbek elati tashkil topgan.
I.A.karimov juda o`rinli qayt qilganlaridek, “Xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz”. Bu o`rinda birinchi davlat tashkil topgandan keyingi “yozma tarix” nazarda tutilgan. YUnon, Xitoy tarixchi sayyoxlari o`z xotiralarida yozib qoldirgan keyin Zardushtiylik yozuvlarida berilagn tarix nazarda tutilgan.
Xorazmda o`troq hayot undan ham birmuncha oldin yuzaga kelgan, davlat uning mahsuli tarzida tashkil topgan. Bu haqda bundan tahminan 3 ming yil avval yaratilgan “Avesto” ning qo`lyozmasi binobarin yozma tarixning ilk debochasi ishonchli dalolat bergan. “Bu nodir kitob, deb yozgan edilar, I.A.Karimov, bundan XXX asrlar muqaddam ikkidaryo oralig’ida mana shu muqaddas zamin umrguzorlik qilgan ajdodlarimizni biz avlodlarga qoldirilgan ma`naviy merosidir”. YUrtboshimiz “Avesto” Xorazmdek qadimiy o`lkada buyuk davlat, boy ma`naviyat qimmatli madaniyat bo`lganligini hech kim inkor eta olmasligini ham taokidlagan.
Xulosa shuki, Zardushtiylik eradan avvalgi 7-6 asrlarga xos bo`lgan din sifatida undan oldingi urug’ qabilachilik dinlari negizida paydo bo`lgan yakka xudolik dini bo`lgan. U to 7-9 asrlargacha turli shaklda davom etib, so`ng o`rnini islom egalladi. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, yaqin va o`rta SHarqqacha tarqalib, ayrim asoratlari haligacha saqlanib kelmoqda.
. Avesto dingina emas, dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, o`zi tarqalgan o`lkalar, elatlarning ijtimoiy -iqtisodiy hayoti, madaniy va ma`naviy qarashlari, diniy eotiqodlari, urf-odatlari haqidagi manbalardandir. Unda bayon etilgan asosiy g’oya diniy eotiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomli payg’ambar nomi bilan bog’langan. U Avestoning eng qadimiy qismi "Gat" (xat-noma)ni ijod etgan. Avesto tarikibiga kirgan bilim, maolumotlar qariyib 2000 yil milloddan avval 3000 yillik ohirlari 2000 yillik boshlaridan to milodning boshlarigacha o`tgan davrda yuzaga kelib, avloddan-avlodga og’zaki ko`chirib olingan, uning ko`p qismi yo`qolgan, ettidan bir qismi saqlangan. Miloddan avvalgi 3 asrda Arshakiylar sulolasi davrida to`plangan. o’
Dinshunoslikda Avesto uch tarixiy qatlamga ajratilgan: 1. eng qadimiy qismi milloddan avvalgi 3 ming yillikda vujudga kelgan YAshtlardir; ulardan urug’chilik tuzumidagi eotiqodlar, ko`p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; 2. Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Ahuramazda nomli xudo haqida uydirmalar keng olingan. Uni zardusht yozgan deb tahmin qiladi. 3. Qadimiy ko`pxudolik va keyingi yakkaxudolik g’oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan avvalgi 5 asrda har ikkisini kelishtirgan Mazdakiylik dini shakllangan. Avesto bu dinning oxirgi va asosiy qismini tashkil etadi. Hozirgi dinshunoslikka xos bo`lgan Avestoning 6 asrlarda eronda hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasi shohi Xisrav Ixukmronligi davrida yozib tugatilgan, keyinchalik pahlaviy tiliga tarjima qilinib asosiy tekstiga ko`plab sharhlar berilagan. Bular “Zend” nomi bilan mahlum.
Avesto oldin 12 ming mol terisiga yozilib, xajmi g’oyat katta bo`lgani uchun undan foydalanishni osonlashtirish niyatida “kichik avesto” yaratiladi. (Beruniy).
VII-asrda Sosoniylar davlati parchalanib, arab bosqinchilari, eron va Markaziy Osiyoni bosib olgach, Zardushtiylik ham zarbalarga uchrab, unga ishonuvchilar quvg’in va taoqib ostiga olingach Avestoning aksariyat beshdan uch qismi yo`qolgan va unitilgan. Avestoda bu dinning diniy-falsafiy tizimining qoida dasturlari bayon etilgan. U qadimiy ajdodlarimizni duyoqarash, xuquqiy, axloqiy, tamoil qoidalarini o`z doirasiga olgan. Unda tabiat falsafiy, kosmegoniya, tarix, etika, meditsinaga doir materiallar, bilimlar yozilgan. YAna unda shox, oliy tabaqa, quldor, qul, dindorlar va diniy urf – odatlar katta o`rin olgan. Xokim va zolimlar ulug’langan; ruxoniylar muqaddas odamlar, hamma xurmat qilishi kerak deb daovo qilingan. Xulosa shuki, Avesto Zardushtiylikning muqaddas yozuvi xisoblangan, 2000 yil davomida yaratilgan 5 dan 3 qismi yo`qolib ketgan u yakka xudolikni targ’ib etgan, olovga sig’inmaslik, faqat uni asrash va eozozlashni tavsiya etgan.
. Bu dinda juda ko`p g’oya, fikr, tavsiya, o`gitlar borbo`lgani uchun biz faqat real, xaqiqiy xayotga dunyoviy munosabatlarga tegishli xozir ham talabalar uchun o`z ahamiyatini yo`qotmagan masalalar ustida to`xtaymiz.Zardushtiylikning asosiy g’oyalari olamdagi barcha tartiblar, ezgulik (yaxshilik) va yomonlikdagi, ziyo zulmat, xayot va o`lim o`rtasidagi kurashga bog’liq; dunyodagi barcha ezguliklarni Axuramazda, yomonliklarni Ahriman ifodalaydi; bu kurashda odam oliy kuchlar ixtiyorida o`yinchoq emas, u tanlash erkinligiga ega, u o`z g’ayrati bilan bu dunyoda adolat topishiga taosir eta oladigan kishidir. Demak, hozir ham kimki, o`zini iloxiy kuch qo`lidagi qo`g’irchoq xisoblamasa, o`ziga biror kasbni tanlab olsa, g’ayratli bo`lsa, adolatsizlikka duch kelsa unga qarshi kurashsa aslo kam bo`lmaydi, zo`r odam bo`ladi. Talabalar shunday odam bo`lib etishishlari shart. Zardushtiylikda u zamonlarda keng tarqalgan ko`chmanchilik qoralanib, dexqonchilik ezgulik sifatida rag’batlantirilgan. Bundan xulosa chiqarib, xozir ham har bir odam xech bo`lmasa bir tup mevali daraxt, gul, sabzavot eksin, o`ziga mevasi nasib etmasa farzandlariga, bechoralarga nasib etadi, savob bo`ladi. el raxmatlar aytadi. Sizlar shunday qilinglar…
Zardushtiylikda to`rt element suv, olov, tuproq, xavo goyat uluglangan; bularni asrash, avaylashga daovat etiladi. Uning tarbiyaviy ahamiyati xozir ham katta. Bunga amal kilib, xar bir ongli, aklli vatanparvar, xalqparvar, yoshu-qari tomchi suvni ham isrof qilmasligi, energiya, xayot manbai olovini demak gazni, kumirni, neftni, o`tinni asrashi; tuprokni iflos kilmasligi, erroziyaga ya`ni nurash, sho`rlanishga yo`l kuymasligi; xavoni esa pokiza saklashi, ekologik xalokatga uchratmasligi ham karz, ham farz. Sizlar shunday kilinglar. SHunda….. Zardushtiylikning xozirgi davr kishilari uchun ahamiyati shundaki, unda odamlar doim pokiza yurishga, badanni toza tutishga emon kirdikorlar kilmaslikka; xar kanday evuz niyat va xakoratli asabbuzar suzlarni aytmaslikka, ayollarni, jumladan kizlarni sevishga hamma sohada mo`otadil (optimal) bo`lishga daovat etuvchi qoida daovat, o`gitlar bayon etilgan. Avestoning Gat kismida odamlar xalol mexnat kilishga uz qo`li xunari bilan moddiy neomatni yaratishga, tayyorga ayyor, o`rokda yo`k, mashoqda yo`k xirmonda xozir, boqimanda, tekinxo`r bo`lmaslikka, bularga yo`l kuymay, vijdondan yashashga daovat etilgan. Bu daovatlarni xozir ham foydasi katta.
Xulosa shuki, Zardushtiylikda diniy ko`rsatmalar xaqidagi g’oyalar bilan birga real, dunyoviy xozir ham foydali, nasixat,tavsiya, cheklash, taoqiqlash, rag’batlantirishga doir ugit va daovatlar kup bo`lgan.
. Xozirgi zamonning hamma dinlarida vorislik, ya`ni meros qilib olish tamoyili bor. SHunga binoan Markaziy Osiyoda tarkalgan YAxudiylik, xristianlik ayniksa islomda Zardushtiylikning taosiri, asorati kuchli. Bu din keng yoyilganligi va uzok vaqt yashaganligi uchun u ajdodlarimiz ongi turmushiga katta taosir o`tkazgan. U vaqt, sharoit va o`ringa karab o`zgargan zamonaviylashgan; ijobiy dunyoviy jixatlari boshka dinlarga bevosita va bilvosita singan. Masalan, mexnatga dexkonchilik, xunarmandchilik, chorvachilikni rivojlantirishga daovatlar bajonidil kabul kilingan. 4 element: suv, tuprok,xavo, olovni ezozlash, avaylash, asrash xaqidagi nasixatlari xozir ayniksa dolzarbdir. CHunki, xozirgi axolining aksariyati, ayniksa kalta faxmli eshlar bularni sira ayamaydilar. Aldamchilar, chaykovchi, xaydovchi, pazanda, farrosh, hamshiralar nopok qo`llarini yuvish uchun litrlab suv sarflamoqdalar; yaramas xaydovchilar xavoni bulgatmokdalar; noshud dexkonlar tuprokni zaxlatib, shurlatib yuboryaptilar. Bulgusi muxandislarning uzlari aslo bunday kilmasliklari va shunday kiluvchi zarakunadalarning jilovini tortib, tartibga chakirishlari lozim.
Dinga, jumladan islomga amalda eotiqod kiluvchilar esa zardushtiylikdagi xalollik, poklik, vijdonlilik, odillik, mexnatsevarlik, elim deb, yurtim deb yonib, kuyib-pishib yashashlik xaqidagi daovatlariga hamisha amal kilishlari lozim.Xar bir komil inson bu dindagi yovuzlik timsoli Axriman keltiradigan xaromxurlik, xienatkorlik, nopoklik, aldamchilik, razillik, vaxxobiylik, bezorilik, o`kishda, ishda yalkovlik, shaxsiy xaetda bevafolik lakmalik, isrofgarchilik va xokazolarga qarshi ut ochishlari lozim. Xulosa shuki, zardushtiylikning uzidan keyingi barcha dinlarga salbiy taosiridan kura ijobiy taosiri ustun bo`lgan. Bu ustunlik musulmonlar xayoti va faoliyatida ayniksa eotiborga loyikdir.

Tayanch so`zlar:
Ibtidoiy din, politeistik, totemizm, fetishizm, animizm, magiya.
Nazorat savollari:

  1. Ibtidoiy dinlar qanday sharoitda vujudga kelgan?

  2. Ibtidoiy dinlarning qanday shakllari bo`lgan?

  3. Poleteistik dinlarning o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish