2-Mavzu: Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to`g`risidagi fan. Ilmiy pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari Reja


Statistika ma`lumotlarini tahlil qilish metodi



Download 1,08 Mb.
bet9/204
Sana18.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#819128
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   204
Bog'liq
2 5242235823625083333

Statistika ma`lumotlarini tahlil qilish metodi
Pedagogik tadqiqot statistika ma`lumotlarisiz, ularning tahlilisiz o`zligini namoyon eta olmaydi. Chunki nafaqat ilmiy izlanishlar borasidagi, balki xalq ta`limi sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag’larning oshirilishi, xalq ta`limi muassasalarinng doimo o`sib borishi, darslik va o`quv qo`llanmalari, xo`jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag’larni statistika metodi orqali aniqlanadi.
Respublikamizning deyarli barcha ta`lim-tarbiya muassasalari statistika ma`lumotlari bilan qurollangan, kelajak rivojlanish rejalariga ega.
Respublikamizning mustaqil bo`lguniga qadar statistika sohasidagi chalkashliklar, atayin ortirib, qo`shib yozishlar xalq ta`limi tizimida ham mavjud edi. Ularning nazorati bo`shligi va ob`ektiv emasligi xalq ta`limi sohasidagi chuqur islohot o`tkazilishiga olib keldi. Demak, statistik ma`lumot aniq, hayotiy bo`lsa bajarilayotgan ta`lim-tarbiya yoki ilmiy tadqiqotning qimmati yuqori bo`ladi.



Shaxs haqida tushuncha. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillari.
Dunyoga kelgan go’dak ma’lum yoshga qadar individ hisoblanadi. “Individ” lotincha "individium" so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “bo’linmas”, “alohida”, "yagona" ma’nolarini anglatadi. Individ biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir.
Shaxsning shakllanishida harakat o’ziga hos omil sanaladi. Go’dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni qiladi. Biroq, bu harakatlar keyinchalik shartli reflekslar bo’lib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo’zg’atuvchilarga javob tarzida yuz beradi.
Go’dakda nutqning hosil bo’lishi, shuningdek, uning tomonidan tashkil etilayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo’la boshlanishi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro’y berishi Shaxs shakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Shaxs deganda muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam-inson individi Shaxsga aylanmoo’i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o’z hususiyati va sifatlari bilan boshqalardan farq qilishi lozim.
Har bir odam Shaxs sifatida turlicha namoyon bo’ladi. U o’zining hususiyati, qiziqishi, qobiliyati, aqliy jihatdan rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, mehnat faoliyatiga munosabati bilan boshqalardan farqlanadi. Bular Shaxsning o’ziga hos hususiyatlari bo’lib, mazkur hususiyatlari rivojlanib ma’lum bir bosqichga etsagina u kamol topgan Shaxs sifatida namoyon bo’ladi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida qaror topadi.
Shaxsning rivojlanishi avvalo unda Shaxsiy hislatlarning shakllanishi bilan boshlanadi. Rivojlanishi o’zida Shaxsning jismoniy, aqliy va boshqa hislatlarning takomilini namoyon etadigan jarayon bo’lib, bunday hislatlarning tuo’ma, ba’zilari keyinchalik erishgan bo’ladi.
Shaxs nomini olish uchun nimalar kerak?- degan savolning tug’ilishi tabiiydir. Odam ijtimoiy mavjudot sifatidan Shaxsga aylanishi uchun unga ijtimoiy - iqtisodiy hayot sharoitlari muhit va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular hamda Shaxsning nasliy hususiyatlarining takomillashib borishi odamning rivojlanishi, Shaxs sifatida namoyon bo’lishini ta’minlaydi.
Odam bolasining Shaxs sifatida rivojlanishini, uning har tomonlama kamolga etishi uchun pedagogika fani Shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etadigan omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador bosqichlarni aniqlashi kerak. SHuningdek, bola Shaxsining rivojlanishida faoliyatining o’rni va ahamiyatini ham o’rganishi lozim.
Biz yuqorida “rivojlanish” tushunchasini juda ko’p ishlatdik. Endi ushbu tushunchaga atroflicha yondoshib, ta’rif berishga harakat qilaylik. Odam biologik mavjudot sanaladi, tabiiy, biologik va ijtimoiy qonuniyatlarga bevosita bo’ysunadi.
Boshqacha qilib aytganda, Shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining mahsus qonunlariga bo’ysunadi. Bulardan tashqari odamning komil inson bo’lib etishuvida aniq maqsad asosida tashkil etilgan hatti-harakat, iroda sifatlarining kamol topishi asosida ayrim nuqsonlarning bartaraf etilishi qiyinchiliklarni engib o’tishga bo’lgan ishonchi ham muhim ahamiyatga egadir.
Ma’lumki, hayoti davomida inson jismoniy va psihik jihatdan o’zgarib boradi. Lekin bolalik, o’smirlik va o’spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo’ladi.
Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o’sishi, o’zgarishi tufayli Shaxs sifatida kamolga etadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar sistemasida o’ziga munosib o’rin egallaydi.
Anatomik va fiziologik harakterdagi o’zgarishlar jismoniy rivojlanishga taalluqlidir. Odam bo’yining o’sishi, gavda oo’irligining ortib borishi, gavda tuzilishining o’zgarishi, qon bosimi, o’pka sio’imi, tayanch-harakat apparatining holati va boshqalar jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlaridir.
Ruhiy jarayonlar va bola ruhiyatidagi o’zgarishlar, chunonchi, diqqat va hotira darajasi, tafakkur hususiyatlari, so’z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqalar ruhiy rivojlanishga taalluqlidir.
Shaxs rivojlanishida u yoki bu faoliyat turlari (o’yin, o’qish, mehnat va boshqalar)ning turli yoshdagi faoliyatlar mazmuni (maqsadga yo’naltirilganlik, harakatning ongli, rejali bo’lishi, ularning samaradorligi va h.k) shuningdek, aloqa, muomala hamda kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ijtimoiy-ahloqiy me’yorlarga bo’ysunish, ijtimoiy burchni anglash, unga nisbatan mas’ullik kabi hususiyatlar ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Shaxsning shakllanishida Shaxsiy hislat va sifatlarning rivojlanib, taraqqiy etib borishi muhim o’rin tutadi. Shaxs sifatlarini to’o’ri aniqlash uchun turli munosabatlar jarayonida uni o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimi kadrlarning yangi avlodi tafakkurini, ongini shakllantirishga hizmat qiladigan zarur bir soha sifatida namoyon bo’layotgan ekan, Shaxs ta’rifi ham birmuncha oydinlashadi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismiga kirgan "Shaxs" quyidagicha ta’riflanadi:
Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi hizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi.
Demak, Shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo’lib, ongli faoliyat bilan shuo’ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o’z o’rni bor.
Shaxsning rivojlanishi esa barcha tuo’ma va hosil qilingan hususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, fiziologik va psihologik hususiyatlar, faoliyat va hatti-harakatning miqdoriy va sifati o’zgarish jarayonidir.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish